Kurs ishining ahamiyati: Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishda aqliy jihatdan tarbiyalashi bilan tanishish uchun zarur bo’lgan adabiyotlarni o’rganish jarayonini tashkil etishga bag’ishlangan.
Kurs ishining tuzulishi: 2 bob 4 paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
1.1 O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. O'zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo'lga kiritgach, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Totalitar boshqaruv usuli asosida, ish yuritilayotgan xalq ta'limi tizimida ham so'nggi o'n yilliklar davomida yuzaga kelgan muammolarni hal etish vazifasi Respublika hukumati hamda mutasaddi tashkilotlarni ta'lim tizimida ham jiddiy o'zgarishlarni amalga oshirishga undadi. Bu boradagi say – harakatlarning samarasi sifatida 1992-yil iyul oyida mustaqil O'zbekistonning ilk «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun mazmunida Respublika ta'limi tizimi, uning asosiy yo'nalishlari, maqsad, vazifalari, ta'lim bosqichlari va ularning mohiyati kabi masalalar o'z ifodasini topdi. Biroq, 1997yilga kelib, O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va uning mazmunida ilgari surilgan g'oyalarning amaliyotga tatbiqi tahlil etilganda, bu borada muayyan kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi aniqlandi. O'tkazilgan tahlil natijalariga ko'ra, ta'lim tizimida olib borilayotgan islohot aksariyat o'rinlarda chuqur ilmiy asoslarga ega bo'lmaganligi ma'lum bo'ldi hamda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish zarurligi belgilandi. Shu bois O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni qabul qilindi.
Har qanday mamlakatning kuchi uning, fuqarolarining ma'naviy yetukligi, intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. Fuqarolarning ma'naviy yetukligi, intellektual salohiyati esa ta'lim tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma'naviy shart – sharoitlarning mavjudligi, jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog'lom muhit darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari, axloqiy qarashlari va hayotiy e'tiqodlari asosida shakllantiriladi.
Milliy dastur asosini O'zbekistonning taraqqiyotini ta'minlay oladigan, uni jahonning ilg'or mamlakatlari darajasiga ko'tarilishiga hissa qo'shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo'lgan kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish jarayoni tashkil etadi.
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir. Ta’lim to’g’risidagi qonunning maqsadi — ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali «Ta'lim to'g'risida»gi Milliy tizimini yaratishdan iboratdir 2 «Ta'lim to'g'risida» qonunda ilgari surilgan maqsadni to'laqonli ro'yobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal qilinishini nazarda tutadi. Dasturda bu boradagi vazifalarning quyidagilardan iboratligi ko'rsatiladi:
— «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta'lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida, raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim tizimini yagona o'quv, ilmiyishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta'minlash;
— ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish; kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko'tarish; kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
ta'lim oluvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma'rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
ta'lim va kadrlartayyoiiash, ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o'tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish; yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta'limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko'rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta'minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;
ta'lim, fan, ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta'minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish; uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimiga budjetdan tashqari mablag'lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; kadrlar tayyorlash sohasida o'zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har bir bosqichda muayyan vazifalarning hal etilishi1 nazarda tutiladi. Ushbu vazifalar quyidagilardan iboratdir:
Birinchi bosqich (1997—2001 -yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish. Ikkinchi bosqich (2001 —2005-yillar) - Milliy dasturni to'liq ro'yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. Bu bosqichda, shuningdek, ta'lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to'ldirish ta'minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadini ro'yobga chiqarishning ikkinchi bosqichida ta'lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o'quv-tarbiya jarayonining yuqori sifatli.o'quv adabiyotlari va ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash, uzluksiz ta'lim tizimini axborot lashtirish vazifalarining ham hal etilishiga alohida urg'u beriladi.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to'plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish vayanada rivojlantirish. Bu bosqichda, yana shuningdek,
— ta'lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash;
— o'quv – tarbiya jarayoni yangi o'quv-uslubiy majmualar, ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan to'liq ta'minlanishi;
milliy (elita) oliy ta'lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish; ta'lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta'lim tizimi jahon axborot tarmog'iga ulanadigan komputer axborot tarmog'i bilan to'liq qamrab olinishiga erishish kabi vazifalarning ham ijobiy yechimi ta'minlanadi.
Kadrlar tayyorlash Milliy modeli va uning tarkibiy qismlari.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli faqat ta'lim-tarbiya jarayoninigina qamrab olmay, ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarni ham o'z ichiga oladi. Kadrlar tayyorlash milliy modeli shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning o'zaro hamkorligi, ular o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik asosida «yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash Milliy tizimi» mohiyatini aks ettiruvchi andoza, loyiha hisoblanadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosida kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati yoritiladi. Milliy modelning o'ziga xos xususiyati mustaqil ravishda to'qqiz yillik umumiy o'rta hamda uch yillik o'rta maxsus, kasb-hunar ta'liminining joriy etilishi bilan belgilanadi. Bu esa o'z navbatida umumiy ta'lim dasturlaridan o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi dasturlariga o'tilishiga zamin yaratadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir: 1. Shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchidir.
Shaxs uzluksiz ta'lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o'zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o'zida ijtimoiy ta'sirlar yordamida ma'naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. Shaxsda o'zlashtirilgan bilim, faoliyat ko'nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy malakaga ega bo'1 ish uchun shaxs o'z oldiga muayyan maqsadni qo'ya olishi hamda unga erishish yo'lida tinimsiz izlanishi, o'qib-o'rganishi lozim. Shundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo'lib shakllanadi.
O'z-o'zini anglash tuyg'usiga ega bo'lish, ta'lim sohasidagi xizmatlardan to'laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy bilimlarni puxta o'zlashtirishga erishish shaxsga yetuk mutaxassis bo'la olishi uchun poydevor yaratadi. Inson kamoloti, eng avvalo, uning o'ziga bog'liqdir. Shu bois milliy dasturda shaxs va uning kamolotini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilgan.
«Ta'lim xizmatlarining iste'molchisi sifatida shaxsga davlat ta'limini olish va kasbhunar tayyorgarligidan o'tish kafolatlanadi. Ta'lim olish jarayonida shaxs davlat ta'lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.
Shaxs ta'lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta'lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko'rsatish sohasida faoliyat ko'rsatadi va o'z bilimi hamda tajribasini o'rgatishda ishtirok etadi».
2.Davlat va jamiyat ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.
Shaxs kamoloti nafaqat o'zi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqiyoti, ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, fuqarolari yuksak ma'naviyatga ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi.
Shaxs va davlat (jamiyat) o'rtasidagi aloqa ikki tomonlama xususiyatga ega. Shu bois har qanday davlat (jamiyat) o'z fuqarolarining yashashi, mehnat qilishi, iqtidori va salohiyatini ro'yobga chiqarishi, uni namoyon eta olishi uchun yetarli darajada shartsharoit yaratib bera olishi lozim. Respublika ta'lim tizimida davlat va jamiyat shaxsning har tomonlama shakllanishi, o'zligini namoyon eta olishi uchun yetarli darajada shart-sharoit yaratib berish mas'uliyatini o'z zimmasiga oluvchi subyekt sifatida namoyon boiadi.
Davlat va jamiyat ta'lim muassasalarining yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yo'lidagi faoliyatini ham uyg'unlashtiradi hamda quyidagilarga kafolat beradi: fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o'z malakasini oshirish huquqlarining ro'yobga chiqarilishiga; majburiy umumiy o'rta ta'lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta'lim olish yo'nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini olishga;
davlat grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta'lim va oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limni olish huquqiga;
davlat ta'lim muassasalarini mablag' bilan ta'minlashga; ta'lim oluvchilarning o'qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga; ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlashga; sog'liq va rivojlanishida nuqsoni bo'lgan shaxslarning ta'lim olish iga1.
3.Uzluksiz ta'lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlari, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish muhitini o'z ichiga oladi.
Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha boiib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarurshart-sharoitlarni yaratadi.
Uzluksiz ta'lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davrsanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar ma'lumotlarini o'zlashtiradi, yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi.
O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim Davlat ta'lim standartlari hamda o'quv dasturlari talablariga muvofiq tashkil etiladi. Uzluksiz ta'limni tashkil etish muayyan tamoyillarga asoslanadi. Jumladan:
ta'limning ustuvorligi; ta'limning demokratlashuvi; ta'limning insonparvarlashuvi; ta'limning ijtimoiylashuvi; ta'limning milliy yo'naltirilganligi;
ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo'naltirilganligi; iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta'limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi bo'lib, «kadrlar tayyorlash milliy tizimida tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to'g'risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va ilmiypedagog kadrlar tarkibini shakllantirishni, ulardan ta'lim tizimida unumli foydalanishni, shuningdek, kadrlar tayyorlash jarayonining ilmiy tadqiqotlar infrastrukturasini yaratish, ta'limning axborot tarmoqlarida foydalanish uchun bilimning turli sohalari bo'yicha axborot bazasini shakllantirishni hamda ilmiy tadqiqotlar darajasiga yangicha qarashlar zamirida yosh olimlarning, ilmiy-pedagogik xodimlarning ijtimoiy mavqeyi va obro'sini oshirishni va shu kabilarni qamrab oladi». Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida fan, yana shuningdek, «ta'lim mazmunini tubdan yangilashda: ta'lim standartlari, ta'lim dasturlari, o'quv darsliklari va qo'llanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik ta'minotni amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi».
Ishlab chiqarish - kadrlarga bo'lgan ijtimoiy ehtiyojni shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo'yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnika jihatdan ta'minlash jarayonining qatnashchisi.
«Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo'nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta'limning zamonaviy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo.etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi».
Ishlab chiqarish muassis, homiy va boshqa sifatlarda alohida mutaxassislarni tayyorlashni, guruhlarni va o'quv yurtlarini moliyalash jarayonida ishtirok etib, mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi va shaxsiy faolligini rag'batlantiradi, ularni moddiy va ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlashda bevosita ishtirok etadi». Avvallari ishlab chiqarish tayyor kadrlar kuchi va salohiyatidan foydalanuvchi iste'molchi sifatidagina faoliyat olib borgan bo'lsa, bugungi kunda ushbu faoliyatning mazmuni tubdan o'zgardi. Endilikda ishlab chiqarish kadrlarni tayyorlash sifati va saviyasiga nisbatan o'z talablarini qo'ya oladi. Shu bilan birga sifatli hamda yuksak saviyali mutaxassisni tayyorlab yetishtirish yo'lida uzluksiz ta'lim hamda fan tarmoqlarining moliyaviy, moddiy-texnik jihatdan qo'llab-quvvatlash majburiyatini o'z zimmasiga oladi. Shu asosida kadrlar tayyorlash tizimining faol ishtirokchisiga aylandi.