Medova asalxonning,,Maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil qilish ‘’ fanidan tayyorlagan



Yüklə 146,77 Kb.
səhifə6/10
tarix13.05.2023
ölçüsü146,77 Kb.
#112986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Asalxonning kurs ishi

Ta’lim tizimi va turlari.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da uzluksiz ta'limni isloh qilish yo'nalishlari ham aniq ko'rsatib berilgan. Mazkur yo'nalishlar sirasiga quyidagilar kiradi: kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash; pedagoglarning kasbiy nufuzini oshirish; davlat va nodavlat ta'lim muassasalarining turlarini rivojlantirish; ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish; ta'lim dasturlarini tubdan o'zgartirish; majburiy o'rta umumiy ta'limdan o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limiga o'tilishini ta'minlash; yangi tipdagi o'quv muassasalarini vujudga keltirish; yangi kasb-hunar va mutaxassisliklar bo'yicha kadrlar, shu jumladan, boshqaruv tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; ta'limning barcha daraja va bo'g'inlarida ta'lim oluvchilarning ma'naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirish; ta'limni boshqarish tizimini takomillashtirish, ta'lim muassasalarini mintaqalashtirish; shaxsga ta'lim berish va uni tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish; ta'lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini yaratish; ta'lim tizimini moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa tarzdagi resurslar bilan ta'minlash mexanizmlarini shakllantirish; uzluksiz ta'limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashtirishning puxta mexanizmlarini ishlab chiqish; chet el va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish; tub yerli millatga mansub bo'lmagan shaxslar zich yashaydigan joylarda ularning o'z ona tillarida ta'lim olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlarni yaratish; ta'limning barcha darajalarida ta'lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigiyena ta'limi hamda tarbiyasini takomillashtirish. Uzluksiz ta'lim quyidagi ta'limturlarini o'z ichiga oladi: maktabgacha ta'lim; umumiy o'rta ta'lim; o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; oliy ta'lim; oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta'lim.
Maktabgacha ta'lim bolaning sog'lom, hartomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta'lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Keyingi yillarda maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi tarmog'i shakllanib bormoqda. Bu o'rinda «Xonadon bog'chasi» hamda «Bolalar bog'chasi - boshlang'ich maktab» majmualarini misol qilib keltirish mumkin. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga tasviriy san'at, musiqa, til va komputer savodxonligini o'rgatuvchi guruhlar tashkil etilmoqda. Bu kabi harakatlar maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ma'naviyaxloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi.
Umumiy o'rta ta'lim to'qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy hamda uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limidan iborat. Umumiy o'rta ta'lim boshlang'ich ta'limni ham qamrab oladi. Mazkur bosqichda o'quvchilarning fanlar asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish chtiyojining yuzaga kelishi, asosiy o'quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarning o'zlashtirishlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo'lish, shuningdek, kasb tanlash ko'nikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat o'quvchilarning umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga egaliklarini belgilaydi.
O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish vazifasi maktab jamoasi va ota-onalar hamkoriigida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi.
O'qish muddati uch yil bo'lgan maiburiv o'rta maxsus. kasb-hunar ta'limi uzluksiz ta'lim tizimining mustaqil turi sanalib, umumiy o'rta ta'lim negizida tashkil etiladi. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining ikki muhim yo'nalishi bo'lgan — akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta'lim olish o'quvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi.
Akademik litsev o'quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo'naltirilgan ta'lim olishlarini ta'minlash maqsadida davlat ta'lim standartlariga muvofiq o'rta maxsus ta'lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta'lim muassasasidir.
Akademik litseylarda o'quvchilar o'zlari tanlab olgan ta'lim yo'nalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bo'yicha bilim saviyalarini oshirish hamda o'zlarida fanni chuqur o'rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko'nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Akademik litseylar asosan oliy o'quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari esa o'quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi, layoqatlari, bilim va ko'nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlangan yo'nalishlar bo'yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb sirlarini egallash imkonini beradi.
Kasb-hunar kolleji o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko'nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta'lim standartlari doirasida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta'lim muassasasidir. Kasb-hunar kollejlari yangi tipdagi ta'lim muassasalari bo'lib, ularning jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning puxta tanlanganligi, shuningdek, o'quv jarayonining zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida tashkil etilishi alohida e'tiborga loyiq. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Ushbu diplomlar asosida bitiruvchilarta'limning keyingi bosqichlarida o'qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo'yicha mehnat faoliyati bilan shug'ullanish huquqini qo'lga kiritadilar.
Oliy ta'lim o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriat hamda magistratura)da tashkil etilib, mutaxassisliklar yo'nalishlari bo'yicha xalq xo'jaligining turli sohalariga oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy ta'lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullikshartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Bakalavriat — mutaxassisliklar yo'nalishi bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta'lim olish muddati kamida to'rt yil davom etadigan tayanch oliy ta'lim.
Bakalavr darajasiga ega bo'lgan shaxs oliy ta'lim tizimi yo'nalishidagi o'zi tanlagan soha bo'yicha oliy ma'lumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo'ladi.
Magistratura aniq mutaxassislik bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta'lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'lim boiib, magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasiga muvofiq olib boriladi.
Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli ma'lum ixtisoslik bo'yicha ta'lim olgan yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mas'uliyatli lavozimlarida faoliyat ko'rsatadi. U aspiranturaga kirish huquqiga ega. Oliv o'quv yurtidan keyingi ta'lim iamivatning oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta'lim — kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o'quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida aspirantura, ad'yunktura va doktoranturada ta'lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyalarining himoyasi bilan yakunlanadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan olib borilgan yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomga ega bo'lish huquqini beradi.
Har ikki (aspirantura, doktorantura) darajada ham maqsad muayyan mutaxassisliklar bo'yicha oliy toifali ilmiy-pedagogik kadrlarni shakllantirishdan iborat. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonida asosiy e'tibor mutaxassislarning kasb bilimlari va ko'nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratiladi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ana shu yo'nalishda faoliyat yurituvchi ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi. Bu muassasa tinglovchilari o'qish natijalariga ko'ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatga ega bo'ladilar.
Maktabdan tashqari ta'lim maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta'lim muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo'nalishlarda yo'lga qo'yilib, bolalar hamda o'smirlarning taiimga bo'lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularningbo'sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida olib boriladi.
Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari. Pedagogika (yunoncha paidagogike bo'lib, paidagogos «bola» va «yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini o'rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g'oyalari asosida tarbiyalash, unga ta'lim berish muammolarini o'rganadi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati — uni o'qitish va tarbiyalashga asosiy e'tiborni qaratganligi bois didaktika (ta'lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Didaktika (ta'lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o'rgatuvchi». didasko
«o'rganuvchi») ta'limning nazariy jihatlari, ta'lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o'qituvchi va o'qituvchi faoliyatlari, ta'limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo'llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.
Ta'lim o'z mohiyatiga ko'ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta'lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni berishga yo'naltiriladi. Umumiy ta'lim asosida o'zlashtirilgan ma'lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta'minlashga imkon beruvchi maxsus ta'lim olishi uchun asos bo'ladi. Maxsus ta’lim — o'zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko'nikma hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ta'lim, shuningdek, turli darajadagi ta'lim dasturlarini amalga oshirishiga ko'ra maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta'lim kabi turlarga bo'linadi.
Tarbiya nazarivasi — pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o'rganadi.
Tarbiva muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo'nalishlarda tashkil etiladi.
Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta'minlashga alohida hissa qo'shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, lining hayotida yetakchi o'rin tutuvchi g'oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.
O'zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g'oyasi asosida ta'lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e'tibor qaratiladi:
1. Ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o'rganish. Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.
Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelibchiqqan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta'lim tizimi tajribasini o'rganish asosida uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirish. Ta'lim muassasalari hamda, ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.
Ilg'or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.

  1. Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta'lim – tarbiya usullari bilan qurollantirish.

  2. Ta'lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo'nalishlari o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikni ta'minlashning pedagogik shart- sharoitlarini o'rganish. O'qitish hamda tarbiyalash jarayoniningsamarali texnologiyalarini yaratish.

Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma'lumki, har bir fan o'zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e'tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriva deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta'minlash, ta'lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlaming umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta'lim (o'qitish, o'qish), bilim, ko'nikma, malaka, ma'lumot, rivojlanish.
Shaxs — psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo'lgan jamiyat a'zosi.
Tarbiva — muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni hartomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta'lim —o'quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o'stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo'naltirilgan jarayon.
Bilim — shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma'lum obrazlar ko'rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma'lumotlar majmui.
Ko'nikma - shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka — muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. Ma'lumot — ta'lim-tarbiya natijasida o'zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko'nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. Rivoilanish — shaxsning fiziologik va intellektual o'sishida namoyon bo'Iadigan rniqdor va sifat o'zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.


Yüklə 146,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin