Protuberanetslar- xromosfera gardishining chekka qismlarida limb chegarasidan bir necha yuz ming kilometrgacha ko’tarila oladigan “olovli tillar” dir. Ular turli formalarda, xususan pichan g’arami, halqasimon shakllarda bo’lib, ko’pincha Quyosh sirtiga perpendikulyar bo’ladi. Protuberanetslarning asosi xromosferada yotib, uch qismi Quyosh atmosferasining toj qismigacha boradi. Protuberanetslarning temperaturasi 20000 K ga yaqin.
Protuberanetslar fizik tabiatiga ko’ra uch guruhga bo;linadi: sokin, aktiv va eruptive.
Sokin protuberanetslarvaqt o’tishi bilan shaklini deyarli o’zgartirmaydi va uzoq vaqt yashay olishi bilan boshqalardan farq qiladi. Bunday protuberanetslarvaqt davomida o’z ravshanligini ayrim uchastkalaridagina o’zgartirib, ichki harakat bilan chegaralanadi.
Aktiv protuberanetslarasosan Quyosh dog’lari bilan bog’langan bo’;ib, uzluksiz turli harakatlarda ishtirok etadi. Ba’zan ular ma’lum kanal bo’ylab xromosferadagi “tortishish markazi” deb yuritiladigan nuqtalarga tomon harakatlanadi.
Eruptiv protuberanetslarga xos xususiyatlardan biri – ular kutilmaganda va katta tezlik bilan tartibsiz harakatda bo’lishidadir. Bunday protuberanetslarlarningharakat tezligi sekundiga 500 dan 1000 kmgacha bo’ladi. Aktiv protuberanetslarlarningaksariyati murakkab Quyosh dog’lari bilan bog’langan.
Xromosfera chaqnashlari.Chaqnashlar asosan aktiv sohalarda kuzatiladi. Bu ob’yektlar juda murakkab bo’lib, chaqnash jarayoni , quvvati jihatdan minglab vodorod bombasi portlaganda ajraladigan energiyasiga teng. Chaqnash davomida Quyoshdan yulduzlararo bo’shliqqa millionlab tonna korpuskulyar zarrachalar oqimi sekundiga 500 ÷ 1000 km tezlik bilan otiladi. Chaqnash kuzatiladigan joyda ultrabinafsha, roentgen va radiodiapazonda nurlanish bir necha martaga ortadi. Chaqnashlarning eng kuchlilari kuzatilganda, ular asosan protonlardan iborat kosmik nurlar bilan nurlanishi ma’lum bo’ladi.