bu yerda - kuch bilan ko’chish orasidagi burchak.
Ma’lum yo’lni bosilganda bajarilgan ishni topish uchun (6.1) ni butun yo’l bo’yicha integrallash kerak:
A∫FcosdS , (6.2)
bu yerda Fcos- harakatlanuvchi kuch.
Agar F kuch dS ko’chishga perpendikulyar bo’lsa, ish nolga teng bo’ladi. Agar jism to’g’ri chiziq bo’yicha doimiy kuch ta’sirida harakatlansa, ish quyidagiga teng bo’ladi:
AFSsos, (6.3)
Burchak =0 bo’lsa, ish shunday ifodalanadi:
AFS. (6.4)
Ish birligi XBS da 1Joul. 1J1N*1m.
Vaqt birligida bajarilgan ishga quvvat deyiladi. quvvat birligi
1vatt. 1Vt 1J/1c.
Ish tushunchasi bilan energiyatushunchasi juda yaqin bog’langan. Energiya jismni yoki jismlar sistemasini ish bajarish kobiliyatini xarakterlaydi. Energiya ham XBS da Joul birligida o’lchanadi. Mexanik energiya ikki — potensial va kinetik energiyalardan iborat.
Kinetik energiya jismning harakati bilan bog’langan energiyadir va u jism tezligiga bog’liq bo’ladi: