Механика кириш


-§. ELEMENTAR ZARRALAR HAQIDA TUSHUNCHA. TABIATDA FIZIK



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/18
tarix23.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#120538
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1,2,3,4-maruzalar

9-§. ELEMENTAR ZARRALAR HAQIDA TUSHUNCHA. TABIATDA FIZIK 
TA’SIR TURLARI. KOSMIK NURLAR 
Hozirgi vaqtda elementar zarracha aniq ta’rif berish qiyin. CHunki bu termin 
hozir o’zining haqiqiy ma’nosida ishlatilmaydi. Sababi ―elementar‖ degan so’z 
―bo’linmas‖ degan ma’noni anglatadi. SHu tufayli, elementar zarralar deb, inson 
tafakkurida bo’linmaydigan, atom yoki atom yadrosi bo’lmagan mayda zarralarning 
katta guruhiga aytiladi. 
Hozirgi vaqtda elementar zarralar jadvalida 400 tadan ortiq elementar zara 
mavjud bo’lib, ularning soni yil sayin ortib bormoqda. Elementar zarrachalarni 
xarakterlrovchi kattaliklarga geometrik kattaliklar va ichki kattaliklar kiradi. 
Fazo va vaqtning simmetriyaga ega ekanligidan kelib chiquvchi kattaliklarga 
geometrik kattaliklar deyiladi. 
Fundamental ta’sirlashuv siimmetriyasini aks ettiruvchi kattaliklarga ichki 
kattaliklar deyiladi. 
Hozirgi kunda tabiatda mavjud fundamental ta’sirlashuvlarr quyidagilardir: 
1. Gravitatsion ta’sirlashuv. Bu ta’sirlashuv istalgan jismlar o’rtasida mavjud. 
Gravitatsion ta’sirlashuv gravitonlar deb atalgan zarrachalar hisobiga amalga 
oshiriladi. 
2. Kuchsiz ta’sirlashuv. Bunda fotondan boshqa hamma zarralar ishtirok etadi. 


62 
3. Elektromagnit ta’sirlashuv. Bunday ta’sirlashuv butun zaryadlangan zarralarga va 
fotonlarga xosdir bo’lib barcha ta’sirlashuvlar ichida ma’lum va ancha keng 
o’rganilgan bo’lib, uning tashuvchisi fotonlardir. 
4. Kuchli ( yadroviy ) ta’sirlashuv. Bunda faqat adronlar ishtirok etadi. Kuchli 
ta’sirlashuvga misol tariqasida yadrolarning mavjudligini ta’minlovchi yadro 
kuchlarini keltirish mumkin. 
Kosmik fazoni to’ldirruvchi yuqori energiyali zarralarga kosmik nurlar deyiladi. 
Kosmik nurlar yer sirtiga yetib kelishi uchun qalin qatlamli modda – atmosferani 
o’tishi zarurdir. U yerda esa murakkab aylanishlar zanjiri sodir bo’ladi. SHu tufayli 
yer sirtiga kosmik fazoda yuzaga kelgan nurlanish bilan hech qanday umumiylikka 
ega bo’lmagan nurlanish yetib keladi. Mana shu nurlanishni ikkilamchi kosmik 
nurlanish deyiladi. Yerdan uzoqdagi ob’ektlardan Quyoshda, Galaktikalarda yuzaga 
kelgan nurlanishga birlamchi kosmik nurlanish deyiladi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin