7-§. YORUG’LIK DISPERSIYASI YOrug’lik dispersiyasi deb, moddaning sindirish ko’rsatkichini yorug’lik to’lqin
uzunligiga bog’liqligidan yuz beradigan hodisalarga aytiladi. YOrug’lik dispersiyasini
matematik ravishda shunday yozish mumkin:
n f
( )
( )
(7.1)
Bu formulada
2
yorug’lik to’lqining chastotasi.
Agar chastota ortishi bilan absolyut sindirish ko’rsatkichi ortib borsa, bunday
dispersiya normal dispersiya deyiladi, aksincha chastota ortib borishi bilan chastota
kamaysa, bunday dispersiya anomal dispersiya deyiladi.
YOrug’lik dispersiyasini birinchi marta 1672 yilda ingliz olimi I.Nyuton
kuzatgan. U shisha prizmadan oq yorug’lik o’tganda rangli spektr hosil bo’lishini
aniqlagan. YOrug’lik dispersiyasini sindirish ko’rsatkichni aniqlaydigan har qanday
usul bilan kuzatish mumkin. Masalan, prizmalardan yorug’lik o’tganda, to’la ichki
qaytish hodisasi ro’y berganda va interferension asboblar yordamida. Umumiy holda,
yorug’lik dispersiyasi ro’y berganda to’lqin uzunligini kamayishi bilan sindirish
ko’rsatkichi orta boradi. Bunga normal dispersiya deyiladi. Lekin shunday hollar ham
kuzatiladiki, bunda to’lqin uzunligini kamayishi bilan sindirish kursatkichi ham
kamayadi. Bunday dispersiyaga anomal dispersiya deyiladi. Odatda anomal
dispersiya yorug’likni yutilish sohasida kuzatiladi.
Dispersiya sababli oq yorug’lik sindiruvchi muhitdan o’tganda turli to’lqin
uzunlikli monoxromatik nurlarga ajraladi. Agarda bu hodisani ekranda kuzatsak, turli
rangdagi yo’llar - ya’ni dispersiya spektrini yoki optik spektrni ko’ramiz. Odatda,
optik spektrlar maxsus asboblar - spektrometr va spektrograflarda hosil kilinadi.
Spektrlarning tashqi ko’rinishi yorug’lik manbaining xossalariga bog’liq bo’ladi.
Optik spektrlar 3 turga bo’linadilar:
1. Tutash spektrlar.
2. CHiziqli spektrlar.
3. Yo’l-yo’l spektrlar.
YOrug’lik manbai cho’g’langan qattiq va suyuq jismlar, siqilgan gazlardan
iborat bo’lsa, kuzatiladigan spektr tutash spektrdan iborat bo’ladi. CHiziqli spektrlarni
uyg’ongan alohida atomlar, yo’l-yo’l spektrlarni uyg’ongan alohida molekulalar
chiqaradi. Optik spektrlar yordamida moddalarni analiz qilish, atom va molekulalarni
tuzilishini o’rganish va boshqa ko’p ilmiy ishlar qilish mumkin. Bu sohaga spektral
54
analiz deyiladi. Hozirgi vaqtda yorug’lik dispersiyasini kvant mexanikasi asosida
tushuntiriladi.