Jizzax shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli 18-umumiy o’rta ta’lim maktabi
1-“A” sinfida o’qish fanidan “Mehmon bo’lish odobi” mavzusida o’tkazilgan
ochiq dars
B A Y O N N O M A S I
23.10.2023 yil Jizzax shahri
Qatnashdi:
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rin bosari, maktab o’qituvchilari,
sinf rahbari hamda 33 nafar o’quvchi.
Kun tartibi:
1. Sinf rahbari Usmonova Yulduz tashkil qilgan ochiq darsni kuzatish.
2. Ochiq dars yuzasidan kuzatuvchilarning fikrlarini o’rganish.
ESHITILDI:
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan ochiq dars mashg’uloti kuzatildi.
Dars salomlashishdan boshlandi, davomat aniqlandi, kun yangiliklari hamda ob-
havo ma’lumotlari aytib o’tildi. O’quvchilar guruhlarga ajratib olindi hamda ularga
nomlar qo’yildi. So’ngra o’tgan mavzu yuzasidan guruhlar o’rtasida “Tezkor
savol-javob” o’yini o’tkazildi. Yangi mavzuni tushuntirib berishda ko’rgazmali
qurollardan, tarqatma materiallardan va taqdimotdan foydalanildi. O’quvchilar
matn bilan tanishganlaridan so’ng o’zlarining ishtirokida
hikoya sahnalashtirib
ko’rsatildi. Bu narsa mavzuning o’quvchilar xotirasida yaxshi saqlanib qolishiga
yordam berdi. O’quvchilarda toliqish kuzatilganda “Quvnoq daqiqa” o’tkazildi.
Shundan so’ng matnda uchragan murakkab so’zlar va iboralar yuzasidan lug’at ishi
tashkil qilindi. Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantirib borildi
va baholandi. Dars so’ngida o’quvchilarga yangi mavzu mazmunini so’zlab berish
hamda hikoyaga mos rasm chizish topshirig’i yuklatildi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan o’quv ishlari bo’yicha direktor
o’rinbosari hamda ochiq darsni kuzatgan boshqa o’qituvchilarning fikr-
mulohazalari o’rganildi. Ular darsda erishilgan quyidagi yutuqlarni ta’kidlashdi:
- Fanlararo
integratsiya amalga oshirildi;
- vaqtdan unumli foydalanildi;
- barcha o’quvchilar darsga jalb qilib olindi;
- yangi mavzuni mustahkamlash to’g’ri amalga oshirildi;
- o’quvchilar kerakli o’rinlarda rag’batlantirildi.
Kamchilik sifatida biroz shovqin kuzatilganligi aytib o’tildi.
Ko rilgan masalalar yuzasidan yig ilish
ʼ
ʼ
QAROR QILADI
:
1. O’qituvchi Usmonova Yulduz tomonidan o’tilgan
ochiq dars yaxshi deb
topilsin.
2. Sinf tartib-intizomi kuchaytirilsin.
Yig’ilish raisi: Abduhakimova N.
Dars kuzatuvchilar: Tog’ayeva D.
Nosirova G.
Hakimova Y.