Mehmondorchilik va turizm tarixi



Yüklə 353,85 Kb.
səhifə2/4
tarix09.02.2022
ölçüsü353,85 Kb.
#52277
1   2   3   4
Turizm tarixi Oraliq nazorat savollari

Rim Imperiyasining Turizm sohasining rivojlanishida qanday hissasi bor

Qadimgi Rim imperiyasi turizm taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shgan mamlakat bo‘lib hisoblanadi. Bu yerda mustahkam imperiyaning tashkil etilishi, boyligi, mo‘l-ko‘lchilik, hududining kattaligi, dengiz sohilida joylashganligi kabi omillar turizmning rivojlanishi uchun zarurat hisoblangan. Rimliklar o‘sha davrda ajoyib yo‘llar tarmog‘ini qurishgan. Har kuni 100 mill masofagacha otda sayr qilish, ibodatxonalarni ziyorat qilish amallari bajarilgan.

Rim imperiyasi gullab yashnagan davrda rimlik boy-badavlat kishilar tomonidan Gretsiyaga sayohatlar uyushtirilishi o‘zlarining dunyoqarashlarini kengaytirish, bilimlarini oshirish zaruratidan kelib chiqqan. Keyinchalik fuqarolarning Gretsiyaga tashrifi ko‘ngil ochar, sayr tomosha qilish xarakteriga ega bo‘lgan. Mamlakat sayyohlarni o‘z festivllari, sport musobaqalari va boshqa xil o‘yin-kulgi, ko‘ngil ochar tomoshalari bilan o‘ziga jalb qila boshlagan. Boy-badavlat sayyohlar ko‘plab miqdorda ov qilish, dam olish, hordiq chiqarishni ko‘ngildagiday tashkil etishni talab qilaboshlaganlar. Ayniqsa Gretsiya, Italiyaning issiq mineral shifobaxsh buloqlariga kelib davolanish jadallik bilan rivojlana borgan. Eramizga qadar I asrda Rim imperiyasi hududida shaharlarning tashqi qismida, katta karvon yo‘llari chetlarida, qaysikim davlat xizmatchilari va chopar (kuryer)lar o‘tadigan joylarda bir kunlik otda yuradigan masofada joylashgan karvonsaroylar tashkil etilgan.

Biroq, keyinchalik Rim imperiyasining yemirilishi (eramizning I asrida) turizmning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunga mamlakatda boy-badavlat sayyohatchilarning kamayishi, yo‘llarning yaroqsiz holatga kelib qolishi, bosqinchi to‘dalarning ko‘payishi, sayyohlar xavfsizligining ta’min etilmaganligi kabi bir qator omillar sabab bo‘lgan.

Aleksandr Makedonskiy (eramizgacha bo‘lgan 334 yil) hukmronligi davrida Turkiyadagi Efes shahri qadimgi (antik) davrda eng muhim savdo markazi va asosiy shaharlardan biri bo‘lib hisoblangan. Turistlar, akrobatlar, huqqavoz (jongler)lar, sehrgarlar, shahar ko‘chalarini to‘ldirib yurganlar.
7-savol

Qadimgi davrda turizmning rivojlanishi murakkab kechganligiga sabab nima bo’lgan

Qadimgi davrda turizmning rivojlanishi juda murakkab kechgan. Safar muddati ham o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan. Kishilarning sayohatda yurish tezligi o‘rtacha soatiga 6 km. dan oshmagan. Bir kunlik bosib o‘tgan safarining umumiy masofasi esa 50-60 km atrofida bo‘lgan. Sayohatga chiqish imtiyozi va zarurati faqat savdogarlar, boy-badavlat kosib yoki mayda savdogarlar, dvoryanlar va aslzodalarga ta’luqli bo‘lgan.

Sayohatchilar safar davomida asosan ot ulovlardan (ot, tuya, eshak va boshqalar), qayiqlar va kemalardan foydalanishganlar. Ular sayohat davomida yakka holda yoki savdo karvonlariga qo‘shilib o‘z manzillariga yetib borishganlar.
8-savol

Uyg’onish davri ya’ni XV-XVI-asrlarda Turizmning rivojlanishi qanday kechgan

Turizmning rivojiga uyg‘onish davri (XV-XVI asrlarda Yevropada fan va san’atning taraqqiy etgan davri) ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Unda iqtisodiyotning jo‘shqinlik bilan rivojlanishi, yangi tarmoqlarning paydo bo‘lishi, davlatlararo savdo-sotiqning kengayishiga yanada imkoniyatlar tug‘diradi.

Shu bilan birgalikda moliyaviy resurslar imtiyozlarning mavjudligi, bo‘sh vaqtlarning ko‘pligi, boy-badavlat kishilar sonining ko‘payishi bilan xarakterlanadi.
9-savol

Yosh aristokratlar tarbiyalash dasturi” qanday dastur va maqsadi nima bo’lgan

XVI asrda Yevropa bo‘ylab sayohat qilish odat tusiga kiraboshlaydi. Bunday sayohatlarni uyushtirish «Yosh aristokratlarni tarbiyalash dasturi» ga kiritilib, unda o‘qish, bilim olish maqsadlari ko‘zda tutilgan. Bunday sayohatlarning yo‘nalishi Angliyada London shahridan boshlanib, Fransiyaning Parij shahrida, so‘ngra Italiyaga: Genuya, Milan, Florensiya, Rimgacha davom etgan. Orqaga qaytish yo‘li Shveytsariya, Germaniya, Gollandiya mamlakatlari orqali o‘tilgan. Aslzoda (aristokrat) yoshlar sayohat davomida xo‘jalik, siyosiy aloqalarini taniqli xorijiy oilalar bilgan o‘rnatishga kirishadilar. Ular nafaqat bilim olish, balki dam olish, ko‘ngil ochish uchun ham safarlarga chiqishgan.
10-savol


Yüklə 353,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin