Turizm sohasidagi birinchi mutaxassis Tomas Kuk turizmning rivojlanishida qanday ishlar qilgan
-Tomas Kuk angilyalik Turizm sohasida birinchi mutaxassis
-1843 yilda birinchi marta 570 kishidan iborat etiqod qiluvchilarni to‘plab Angliyaning Lestera va -Lafebaro shaharlari o‘rtasida turistik guruhni poyezda sayohatga olib chiqadi va ommaviy turizmga asos solgan.
-Kuk turistlarni chipta (bilet)lar narxini belgilashda kattagina skidka berib o‘z ishini rivojlantiradi.
anglichanlarning London shahrida o‘tkazilgan Xalqaro ko‘rgazmada 165 kishi ishtirok etishini ekskursiyalar tashkil etib ta’minlaydi.
-1855 yilda birinchi bor angliyalik turistlarni to‘plab Parijdagi Xalqaro ko‘rgazmada qatnashadi.
-1851 yilda «Tomas Kuk va o‘g‘li» sayyohlik kommersiyali firmani tashkil qiladi.
-1865 yilda boy-badavlat kishilarni to‘plab dam olish uchun Shveytsariyaga sayohat uyushtiradi.
-1866 yil Tomas Kuk ikkita angliyalik turistlar guruhini AQShga borishni tashkil etadi.
11-savol
1838-yil qurilgan Angilyaning Bristol shahridan Nyu Yorkga suzgan kemaning nomi nima
“GrateWestern”- 68 pasajjirni Amerikadan Yevropaga olib borib qo’ydi va shunday qilib Nyu-York va London shaharlari o‘rtasida muntazam kema qatnovi tashkil etildi.
12-savol
XIX asrda Rossiyada qanday klub, tashkilot va jamiyatlar tashkil topdi
Tabiatshunoslikka qiziquvchilar jamiyati, Qrim tog‘i klubi, Kavkaz tog‘i jamiyati kabi sayyohlik tashkilotlari tuziladi, 1885 yili Peterburgda L.Linson turistik tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. 1899 yilda Moskvada umumiy ta’lim o‘quvchilari uchun ekskursiyalarni tashkil etish bo‘yicha Pedagoglar jamiyati komissiyasi ish boshladi. 1895 yilda Qrim - Kavkaz tog‘ klubi Yalta byurosi tashkil etildi.
13-savol
1930-yillar Turizm rivojlanishidagi pasayish qanday sabablar bilan izohlanadi
1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi(krizis) ning kuchayishi
Yevropada siyosiy vaziyatning keskinlashuvi
Germaniyada davlat xokimiyatiga Gitler boshchiligidagi natsistlar partiyasining kelishi
14-savol
Ikkinchi jahon urushi davrida Turizmning rivojlanishi qanday kechdi
Urushdan keyin ko‘pgina Yevropa mamlakatlari shaharlari xarobalikka aylanib qoldi. Hamma mamlakatlarda pul tanqisligi, yoqilg‘i-enegetika resurslari, oziq-ovqat va malakali kadrlarning yetishmasligi davlatlarning milliy iqtisodiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu borada dunyo mamlakatlaridagi siyosiy vaziyatning keskinlashuvi, harbiy qurollanish poygasining to‘xtovsiz kuchayishi xalqaro turizm rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Millionlab ishchilar uchun tashqi dunyo qo‘rqinchli va xavfli manba bo‘lib qoldi.
15-savol
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan o’tkazilgan “Turizm va sayohatlar” bo’yicha I Konferensiya qachon va qayerda tashkil etildi va qanday masalalar ko’rildi
1963 y. Rimda (Italiya) BMT turizm va sayohatlar bo‘yicha I konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada «Vaqtinchalik keluvchi», «Turist», «Ekskursant», kabi turizmda maxsus tushunchalarga aniqlik kiritish konferensiyada statistik hisobotlarni bir xil qilish va ularni tahlil qilish, turizm rivojlanishi istiqbolini belgilash, chegaralarda turistlarni chiqarish va kiritishning rasmiyatchilik tartib qoidalarini soddalashtirish ko‘rib chiqildi.
16-savol
UNWTO-Butun Jahon Turizm Tashiloti qachon tashkil etildi, vazifasi nima
1969 yil BMT bosh Assambliyasi rezalyutsiyasiga muvofiq nodavlat xalqaro turistik tashkilotlarning maxsus ittifoqi (MSOTO) qaytadan tashkil etilib, BTTga aylantirildi. BTT 1975 yil 2 yanvarda o‘z ustavini qabul qildi. Uning tarkibiga 51 davlat a’zo bo‘lib kiritilgan. BTT tashkilotining asosiy maqsadi - turizm sohasida davlatlarning bir-birlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yilganini ta’min etish, turizm sohasida rivojlanishni rag‘batlantirish, tinchlik, taraqqiyot va inson haq-huquqlarini himoya qilish, jadal iqtisodiyot yuksalishiga o‘z hissasini qo‘shishdan iboratdir.
17-savol
Ibn Batuta kim va turizmning rivojlanishiga qanday hissa qo’shgan
Taniqli arab sayohatchisi, olim va yozuvchi Ibn Batuta (Abu-Abdulla – Muhammad, ibn – Abdulla – el – Davati at-Tanji) asli Tanjeralik (Afrika) 1304 yilda tug‘ilib, 1368 (69) yilda vafot etgan. Birinchi bor u Afrikadagi Sahroi Kabr dashtini 21 kunda savdo karvonlari bilan kezib o‘tadi. 1324 yilda u o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahridan katta sayohatga chiqib Afrikaning shimoliy qismidagi mamlakatlarga, undan so‘ng Suriya, Eron, Arabiston, Anatoliya (Turkiya), Krim, Oltin O‘rda, Buxoro, Hindiston, Zond orollarigacha boradi va yana orqaga qaytib yo‘lda Ispaniya va Afrikaning ichki qismi Timbuktugacha yetib keladi.
Ibn Batuta 29 yil davomida sayohatda bo‘lib, ko‘pgina mamlakatlar to‘g‘risida safar qo‘lyozmalarini yozib qoldirgan. Sayohat davomida ko‘rgan bilganlarini «Rixle» kabi bebaho geografik asarida yozgan. U o‘z asarida dunyo xalqlarining urf-odatlari, turmush tarzlarini, kasb-korlarini ta’riflaydi. Ibn Batuta asari 1818 yilda lotin tiliga, 1829 yilda ingliz tiliga va 1841 yilda rus tiliga tarjima qilingan.
18-savol
Dostları ilə paylaş: |