Mehmonxonalarda virtual axborot tizimi Reja: Axborot tizimi tushunchasi



Yüklə 183,5 Kb.
səhifə7/11
tarix20.11.2023
ölçüsü183,5 Kb.
#166309
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mehmonxonalarda virtual axborot tizimi Reja Axborot tizimi tush (1)

Fidelio tizimi-Mehmonxonalar va restoranlar uchun boshqaruv tizimlari yaratishga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik Micros-Fidelio korporatsiyasining kompleksi eng ko‘p tarqalgan universal mahsul hisoblanadi. Fidelio tizimi 100 dan ortiq yirik mehmonxona tarmoqlari (Sheraton, Hilton, Marriot, Kempinsky, Hyatt va h.k.)da o‘rnatilgan. MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari hududidagi 90 dan ortiq mehmonxonalar ham o‘z faoliyatida mana shu texnologiyalardan foydalanadi.
Fidelio tizimi mehmonxona ishining nomerlarni kompyuterda rezervlashtirish, mehmonlarni ro‘yxatga olish, joylashtirish va ro‘yxatdan chiqarishdan nomerlar fondini boshqarish, buxgalteriya va moliya ishlarini yuritishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Tizim muomalada juda sodda bo‘lib, biron-bir alohida shaxsiy kompyuterlarni taqozo etmaydi va har qanday kattalikdagi mehmonxonalarda foydalanish uchun mosdir.
Kompleks funksional jihatdan bir nechta modulga ajratilgan: bronlashtirish, nomerlar fondini boshqarish bloki, tariflarni boshqarish (ko‘rib chiqish, o‘zgartirish, oqilonalashtirish), xizmatlarni paketlashtirish (konfiguratsiya, realizatsiya, kuzatish, xizmatlar ko‘rsatish, hisob-kitob qilish va sh.k.), mehmonlarni ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan chiqarish, hisobotlar tayyorlash va sh.k.
Bronlashtirish moduli 20 dan ortiq har xil vazifalarni bajarish, chunonchi: xonalarning mavjudligi haqidagi axborotni ko‘zdan kechirish, mijozlarning ma’lumotlar bazasini yuritish, har qanday toifaga mansub mehmonlar uchun nomerlarni bronlashtirish, hisob va statistikani yuritish, avtomatik faks jo‘natish imkonini beradi. Hisobotlar moduli mehmonxona ishida zarur bo‘lgan ma’lumotnomalar, shakllar, statistik materiallarning qayrib 300 turini tayyorlashga yordam beradi. Nomerlar holati, mehmonxonaning to‘lganlik darajasi, unda yashayotgan mehmonlar, joriy moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotlar shular jumlasidandir.
Fidelio tizimi to‘la rusifikatsiya qilingan va MDH bozori uchun moslashtirilgan. qoida tariqasida, Fidelio tizimini mehmonxonalar restoranlar uchun mo‘ljallangan Micros kassa-hisob-kitob majmui bilan birga o‘rnatadilar. qo‘shimcha tarzda moliya-xo‘jalik faoliyatini avtomatlashtirish dasturi, sotish va marketing bo‘limi ishini tashkil etish dasturi, bosh muhandis dasturi va boshqa dasturlar yetkazib berilishi mumkin.
Barcha dasturlar yagona birlashtirilgan tizim tarzida ishlaydi. Fidelio tizimi DOS operatsion muhitida faoliyat ko‘rsatadi. Fidelio FO tizimini o‘rnatish bahosi har bir buyurtmachi uchun alohida hisoblanadi va birinchi navbatda tizimning komplektlanishi va mehmonxonaning kattaligiga bog‘liq bo‘ladi.
MDH bozorida Micros-Fidelio firmasining eksklyuziv distribyutori sifatida so‘nggi yillarda HRS (Hotel & Restaurant Systems) kompaniyasi ish olib bormoqda. HRS dasturiy ta’minot va apparat vositalarini to‘liq o‘rnatadi, xodimlarga tizim bilan ishlashni o‘rgatadi va foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.

Yüklə 183,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin