Mehmonxonalarda virtual axborot tizimi Reja: Axborot tizimi tushunchasi



Yüklə 183,5 Kb.
səhifə9/11
tarix20.11.2023
ölçüsü183,5 Kb.
#166309
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mehmonxonalarda virtual axborot tizimi Reja Axborot tizimi tush (1)

Nimeta tizimi-Bu kichik va o‘rta mehmonxonalar uchun mo‘ljallangan nisbatan yangi mahsuldir. Nimeta tizimi Internet-texnologiyalar vositasida mehmonxonani boshqarish tizimini ijaraga olish va undan foydalanish imkonini beradi. Bu texnologiyaning ish prinsipi shundan iboratki, mehmonxona haqidagi barcha ma’lumotlar va mehmonxonani boshqarish tizimining dasturi mehmonxonadan tashqarida, buning uchun maxsus ajratilgan serverda joylashgan bo‘ladi. Mazkur server Internet-provayderning jihozlangan servis-markazida bo‘ladi. Shunday qilib, Nimeta tizimini ulash va undan foydalanish uchun kompyuterga ega bo‘lish va Internetga chiqish kifoyadir.
Mehmonxonalarni kompyuterlashtirishning boshqa tizimlari ham juda ko‘p. Amalda barcha tizimlar taxminan bir xil funksiyalar va imkoniyatlar to‘plamiga ega bo‘lib, ular o‘rtasidagi farq juda ahamiyatsizdir.
Masalan, «Edelveys» tizimida bronlash mehmonxona nomerlarining vizual rejasi yordamida amalga oshiriladiki, bu bronlash operatsiyasini ancha yengillashtiradi.
«AMADEUS» bronlash bilan shug‘ullanadigan eng mashhur kompyuter tizimidir. U boshqa tizimlarga qaraganda ko‘proq miqdorda xalqaro xizmatlar ko‘rsatishga qodir. «AMADEUS» Hotels tizimi yer yuzidagi 35 000 mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari haqida aniq ma’lumotlarni taklif qiladi. U mehmonxonaning joylashgan manzili, bo‘sh o‘rinlarning mavjudligi, ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘plami va narxlar haqida ma’lumotlar beradi.
Mehmonxona xizmatlarini bronlash bo‘limlari Internet tarmog‘ida ham mavjud. Ularning eng mashhuri Travel Web dir. U 1996 yilda AQShning «Pedasus Systems» kompyuter kompaniyasi tomonidan ochilgan. Travel Web jahonning 94 mamlakati, barcha yetakchi mehmonxona tarmoqlari va 200 dan ortiq aviakompaniya haqida axborot beradi. Bronlashdan tashqari, u ma’qul mehmonxonalar va aviareyslarni qidirish tizimiga ham ega.


5. Dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari

Kompaniyalarning turli rezervlash tizimlari bilan ishlash ko‘p yillik tajribasi elektron rezervlash tizimidan foydalanishga o‘tgan o‘rta mehmonxona mazkur tizim orqali har oyda qo‘shimcha tarzda bir necha o‘ntadan bir necha yuztagacha buyurtma olishini ko‘rsatadi.


Tarixan bu tizimlar aviachiptalarni rezervlash tizimi sifatida yaratilgan edi. Hozirda bu funksiyadan tashqari barcha tizimlar mehmonxonalardagi joylarni rezervlashtirish, ijaraga avtomobillar, turli tomoshalarga chiptalar va h.k. buyurtma qilish imkonini beradi.
Bugungi kunda jahonda to‘rtta dunyo miqyosida rezervlash tizimi (Global Distribution Systems – GDS) mavjud. Bular: Amadeus, Galileo, Sabre va Worldspan. Ular jami mehmonxonalar bozorining 90% dan ko‘prog‘ini qamrab olgan. Ularning terminallari yer yuzidagi 400 mingdan ortiq turistik agentliklarda o‘rnatilgan. Bu tizimlar «oltin to‘rtlik» deb atalishi bejiz emas. Jahon mehmonxona bozorining qolgan bir necha foizi mintaqaviy rezervlash tizimlariga va yuqorida zikr etilgan tizimlarga qo‘shilish arafasida turgan tizimlarga tegishli.
Rezervlash tizimlari bilan ishlashning universal resepti mavjud emas, shu bois har bir muayyan mehmonxona uchun mijozlarning strukturaviy tarkibini, narx-navo siyosatini va h.k.ni mufassal tahlil qilish lozim.
Har bir GDS, dunyo miqyosidagi tizim ekanligiga qaramay, jahonning muayyan qismida amal qiladi. Masalan, Amadeus va Galileo eng avvalo Yevropada, Sabre va Worldspan esa – Amerikada faoliyat ko‘rsatadi. SAHARA tizimi MDH mamlakatlarida hamda Afrika va Yaqin Sharqning ba’zi bir mamlakatlarida tarqalgan.
Inter-Continental, Radisson va boshqa mehmonxona tarmoqlariga kiruvchi mehmonxonalar uchun GDS bilan ishlash markazlashtirilgan tartibda tashkil etiladi va mehmonxona tarmog‘i marketing strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Mustaqil mehmonxonalar uchun dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari bilan ishlashning bir variantlari mavjud:

  • bir yoki bir nechta bronlash tizimlarining terminallarini o‘zida o‘rnatish va mustaqil ishlash;

  • bunday xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan vositachi kompaniya bilan shartnoma tuzish;

  • dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari bilan ishlaydigan yirik turoperator bilan shartnoma tuzish.




Yüklə 183,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin