Mehmonxonalarda virtual axborot tizimi Reja Axborot tizimi tush (1)
Lodging Touch tizimi mehmondo‘stlik sanoati uchun dasturlar ishlab chiqish sohasidagi yetakchi tashkilotlardan biri – AqShning MAI Hospitality kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Bugungi kunda Lodging Touch tizimi mehmonxona biznesini kompleks avtomatlashtirish dasturiy vositalarining eng zamonaviylaridan biri hisoblanadi. Dastur to‘la rusifikatsiya qilingan va MDH bozori uchun moslashtirilgan. Boshqa shunga o‘xshash tizimlardan farqli o‘laroq, Lodging Touch tizimi Windows NT operatsion muhitida faoliyat ko‘rsatadiki, bu uning faoliyat doirasini ancha kengaytiradi, shuningdek u bilan ishlash usulini oson o‘zlashtirish imkonini beradi.
Tizim mehmonxonaning turli bo‘limlari: porte, restoran xizmati, sotish, banketlar tashkil etish bo‘limini avtomatlashtiruvchi dasturlarning birlashtirilgan paketidan tashkil topgan. Lodging Touch tizimi buxgalteriya dasturlari, mehmonxona daromadini oqilonalashtirish tizimlari, pullik televideniye, telefon, nomerga kirishni nazorat qilish va b. tizimlar bilan bog‘lanishi mumkin.
Lodging Touch-Porte tizimi modul prinsipiga asosan tuzilgan. Operatsion blok tizimning bosh bo‘g‘inini tashkil etadi. U nomerlarni bronlashtirish (bronni rasmiylashtirish va bekor qilish, kutish varaqlarini yuritish, mehmonxona qavatlarini ko‘zdan kechirish), mehmonlarni joylashtirish va ro‘yxatdan chiqarish, to‘lovlarni kiritish va tungi audit taomili funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu yerda mehmonxonadagi holat to‘g‘risidagi hisobotni (grafik yoki jadval variantlarida) ko‘zdan kechirish, turli-tuman ma’lumotlar (mehmon kartochkalari, pasport ma’lumotlari va h.k.) olish mumkin.
Lodging Touch tizimining boshqa ayrim dasturiy modullari qatoriga tariflarni boshqarish bloki, nomerlar fondini boshqarish bloki (nomerlarni tozalash va xodimaning ish grafigini tuzish uchun mo‘ljallangan) kiradi. Lodging Touch tizimida turistik agentliklar bilan ishlash dasturiy bloki ham bo‘lib, u agentliklardan olingan buyurtmalarni rasmiylashtirish, vositachilik haqini hisoblash, skidkalar va maxsus takliflarni belgilash, statistika ma’lumotlarini ko‘zdan kechirish imkonini beradi.
Lodging Touch tizimining MDH mamlakatlaridagi rasmiy distribyutori LIBRA Interneshnl kompaniyasidir.