Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish
Ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatadigan har bir ishchi va xodim o‘ziga berkitilgan ishni xavfsiz bajarishi uchun chuqur bilimga ega bo‘lishi zarur. Buning uchun esa ularni mehnat muhofazasi va xavf- sizlik texnikasi bo‘yicha malakali o‘qitish talab etiladi.
IshIab chiqarishdagi barcha ishchilar ishlab chiqarish ishlarining xarakteri va xavfsizlik darajasidan qat’i nazar mehnat xavfsizligi boyicha o‘qitilib, bilimlari tekshirilib ko‘rilgandan keyin ishga ruxsat etiladi. Ishchilarni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish ularga уo‘riqnoma («instruktaj»)lar o‘tish orqali amalga oshiriladi. Yo‘riqnomalar mazmuni, xususiyati va o‘tkazilish davriga bog‘liq holda quyidagi turlarga bo‘linadi:
Kirish уo‘riqnomasi. Kirish уo‘riqnomasini korxonadagi xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandis korxona rahbari yoki bosh muhandis hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tasdiq-langan dastur asosida o‘tkazadi. Uni mehnat muhofazasiga oid zamonaviy vositalar va ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlangan meh-nat muhofazasi xonalarida o‘tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Kirish уo‘riqnomasi quyidagi masalalarni o‘z ichiga olishi mumkin:
korxonaning ish rejimi va ichki tartib-qoidalari bilan tanishtirish;
mehnat intizomi va uni mehnat xavfsizligiga ta’siri;
mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoa shartnomalari;
korxonada sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va ularni kelib chiqish sabablari;
yong‘inning oldini olish tadbir1ari;
elektr xavfsizligining asosiy qoidalari;
yuklarni ko‘tarish va tushirishdagi, ximikatlar va kislotalar bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalari;
ishga kelish yoki ishdan qaytishdagi xavfsizlik
qoidalari;
maxsus kiyim-boshlar va saqlash qurilmalaridan foydalanish qoidalari;
jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartib- qoidalari;
ichkilikbozlikka qarshi kurash tadbirlari;
jamoa o‘rtasida ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar.
Kirish уo‘riqnomasi dasturiga kiritilishi lozim bo‘lgan masalalar mahalliy sharoitlar, ishlab chiqarish xususiyati va ishga qabul qilingan ishchining kasbiga bog‘liq holda qo‘shimcha tadbirlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Ushbu уo‘riqnoma maxsus jurnalga qayd etilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |