Mehnat muhofazasini rejalashtirish



Yüklə 31,04 Kb.
səhifə1/7
tarix07.01.2024
ölçüsü31,04 Kb.
#210470
  1   2   3   4   5   6   7
Mehnat muhofazasini rejalashtirish-www.fayllar.org


Mehnat muhofazasini rejalashtirish

Mehnat muhofazasini rejalashtirish



Reja:


  1. Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish


  2. Maxsus kiyim-boshlar, shaxsiy himoya vositalari va parhez oziq-ovqatlar bilan ta’minlash


  3. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish


Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish
Ishlab chiqarishda mehnat sharoitini yaxshilash hamda sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini tashkil etish uchun birinchi navbatda mehnat muhofazasini yaxshilash bo‘yicha rejali tadbirlar ishlab chiqish talab etiladi. Bu rejali tadbirlar Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tuzilmog‘i va zarur mablag‘lar bilan ta’minlanmog‘i zarur. Mehnat muhofazasini yaxshilash bo‘yicha bajariladigan barcha ishlar bir yilga, besh yilga va kelajakka mo‘1jallangan rejalar asosida amalga oshiriladi.

Mehnat muhofazasini yaxshilash bo‘yicha tuziladigan bir yillik rejada ko‘zda tutilgan tadbirlar ma’muriyat bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoaviy shartnomada o‘z ifodasini topadi. Jamoaviy shartnoma loyihasi yil boshida ishchilarning umumiy majlisida muhokamaga qo‘yiladi va u ma’qullangach, tashkilot ma’muriyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.



Mehnat muhofazasini yaxshilash bo‘уicha tuziladigan tadbirlar asosan quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga olishi mumkin:

а) Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning oldini olish:
  • barcha yangi qurilayotgan оbyektlarni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi masalalarini qamrab olgan ishlab chiqarish ishlari loyihasi bilan ta’minlash;


  • ish joylarida ishlayotgan barcha mashina va mexanizmlarning sozligi va texnikaviy holati ustidan qat’iy nazorat qilib borish hamda ularni belgilangan vaqtlarda sinovdan o‘tkazish;


  • sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar yana takrorlanmasligi uchun ularni tahlil qilib borish;


  • xavfsizlik texnikasi holati ustidan uch bosqichli ma’muriy- jamoat nazoratini doimiy ravishda olib borish;


  • xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlaydigan yangi moslama va vositalar ishlab chiqish;


  • elektr qurilmalari va jihozlarining yerga ulanganligini tekshirib borish;


  • ishchilarni maxsus kiyim-boshlar va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash, ulardan foydalanish darajasini nazorat qilib borish;


  • ishchilar va injener-texnik xodimlarni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha qo‘llanmalar bilan ta’minlab borish.





Yüklə 31,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin