Mehnat sig‘imi kamayishiga ta’sir qiluvchi aniq sabablarni belgilash uchun tashkiliy-texnik tadbirlar rejasi, yetkazib berishlar rejasi, ishlab chiqarish me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish, bajarilishini tekshirish talab qilinadi. Mehnat sig‘imining bunday tahlili mahsulot tayyorlashning me’yorlashtirilgan mehnat sig‘imi, norma-soatlarda asosiy ishchilar mehnat sarfi bo‘yicha ma’lumotlar asosida olib boriladi.
Norma-soatlarda mehnat sig‘imining qisqarishi turli omillar ta’sirida sodir bo‘ladi. Ularga quyidagilar kiritiladi: yanada mukammal mehnat asboblari paydo bo‘lishini ta’minlovchi ilmiy-texnik taraqqi- yot, yangi texnik qarorlar, foydalanilayotgan mashina, uskuna va instrumentlarning qo‘llanilish sohasini takomillashtirish va kengay- tirish; mehnat va ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash bilan bog‘liq chora-tadbirlar, ishchilar malakasi ortishi, ilmiy asoslangan ish- lab chiqarish me^yorlarini joriy qilish va mehnatni me’yorlashtirishni tartibga solish; sotib olinadigan yarimfabrikatlar ulushi o‘zgarishi.
II.Bob.Mehnat unumdorligi o'zgarishining omillari 2.1. Mehnat unumdorligi tushunchasi va uni o’lchash uslublari.
Mehnat faoliyatining maqsadi biror natijaga erishish, masalan, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat k’rsatishdan iborat. Har qanday hodim yoki ularning guruhi uchun natija samaradorligi, ya’ni vaqt birligi – soat, kun, yil mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot, ko’rsatilgan xizmat miqdori muhim ahamiyatga ega. Bu natija qanchalik yuqori bo’lsa, uning birligiga sarflangan xarajat shu jumladan, xona, bino uchun ijara haqi elektr quvvatidan foydalanish haqi va shu kabilar shunhcalik kamroq bo’ladi. Mehnat samaradorligi mahsuldorligi mehnat ko’rsatkichi bilan o’lchanadi. Mehnat
unumdorligi – hodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan yoki ko’rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, ya’ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha a’zolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o’sishiga bog’liqdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini ham, hatto ijtimoiy-siyosiy tuzumning o’zini belgilab beradi. Mehnat unumdorligi ko’rsatkich imehnat samaradorligi va natijadorligining barcha jihatlarini aksettirmaydi, masalan, umehnat sifatinihisobgaolmaydi, bundan tashqari, mehnat resurslaridan oqilonafoydalanish zarurligini ifodalamaydi.
“Mehnat unumdorligi” tushunchasiga o’z ahamiyati jihatidan yaqin, lekin mazmunan yanada kengroq bo’lgan tushuncha “mehnat samaradorligi” tushunchasidir.Mehnat samaradorligi eng kam mehnat harajatlari bilan yuqori mehnat natijadorligiga erishish darajasini ifodalaydi. Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan farqli o’laroq faqat mehnatning miqdor ko’rsatkichlarini emas, shu bilan birga sifat natijalarini ham ifodalaydi. Mehnat samaradorligi ko’rsatkichining yana bir muhim ustunligi unda mehnat resurslarini tejashningaks etishidir. Mehnat unumdorligi va intensivligi mahsulot qiymati o’lchamiga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Mehnat unumdorligi ortishi ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini oshiradi va shunga muvofiq bitta mahsulotning qiymatini pasaytiradi, lekin ularning yangi umumiy yangi yaratilgan qiymatini o’zgartirmaydi, mehnat intensivligini ortishi esa ishlab chiqarilgan mahsulotlar va umumiy yangi yaratilgan qiymatni oshiradi, lekin mahsulot birligining qiymatini o’zgarirmaydi. Mehnatunumdorligiqanchalikyuqoribo’lsa,
ishsifatizarurdarajadabo’lganiholdamehnatharajatlariqanchalikkambo’lsa, mehnatsamaradorligishunchalikyuqoribo’ladi.Tadbirkor korxona egasi uchun vaqt birligi ichida qanday ishlab chiqarish darajasiga erishilgani emas, shu bilan birga u qanday mehnat harajatlari bilan ta’min etilgani ham muhimdir. Mehnat harajatlar hodimlar soni va mehnatga to’langan haq harajatlari bilan o’lchanadi. Unisi ham bunisi ham ish vaqti bilan o’lchanishi mumkin.Shuning uchun ham mehnat samaradorligini tahlil qilganda vaqt birligi ichida sarflangan mehnat xarajatlari ham, shu bilan birga uning tuzilishi hisobga olgan holda ham qarab chiqiladi. Mehnat unumdorligini hisoblashda quyidagilarni ta’minlash imkonini beradigan uslubiyot ideal hisoblanishi mumkin:
- korxona ishining ijtimoiy qadriyatlar bilan bog’liqligi;
hodimgarag’batlantiruvchita’sirko’rsatish;
mehnat unumdorligining umumiy va hususiy ko’rsatkichlari bir o’lchov bilan o’lchanishi mumkinligi; -
mehnatmiqdoribilansifato’rtasidagibog’liqlik;
Harqandaymahsulot, buyum, xizmatda jonli va buyumlashgan mehnat jamlangan bo’ladi. Bunday jami mehnat tufayli moddiy boyliklar yaratiladi. Jamiyat
ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanib borgani sari jonli mehnat moddiylashgan mehnatning tobora ko’proq massasini qamrab oladi.Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi ko’payib brogan sari jonli mehnatning ulushi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi oshganligining asosiy belgisidir. Ishlab chiqarishning takomillashib borishi va fan tehnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi oshishining asosiy shartlaridir. Yangi tehnologik jarayonlar, materiallar va avtomatlashtirish vositalarining joriy etilishi mehnatni mexaniztsiyalash darajasining ortishiga olib keladi. Bu ko’rsatkichni quyidagi ko’rsatkich bilan ifodalash mumkin:
Md=
Bu yerda:
Md – mehnatning mexanizatsiyalsh darajasi, %
Mehnat unumdorligini o’lchash darajasi bo’yicha bir
xildagi mahsulaotni ishlab chiqaradigan alohida ish o’rinlari (brigada, uchastkalar)ni ko’rsatib o’tish mumkin. Bu o’rinda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini va ishlab chiqarish normalarini (dona, tonna, kub yoki kvadrat metr va hokazo) aniqlashning natural (tabiiy) usulini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Bu usul oddiy, qulay va ishonchli bo’lsada, u faqat bir hil mahsulot ishlab chiqariladigan ish joylarida qo’llaniladi, shuning uchun ham amalda undan kamroq foydalaniladi. Korxonaning brigade va uchastkalarida butunlay bir xil mahsulot ishlab chiqarilsa, bunday holatdagina natural usul qo’llanilishi mumkin: Natural usulning bir
ko’rinishi shartli natural usul bo’lib bunda ish hajmi bir xil mahsulotning shartli birligida hisobga olinadi. Masalan, turli hajmdagi vagonlarga, turli hajmdagi konserva bankalari shartli bankalarga, turli poyabzallar shartli juftga aylantiriladi.Shartli o’lchovlarga aylantirish, odatda, o’tqazish birliklari koeffitsentlari yordamida amalga oshiriladi.
Shartli natural usul qo’llanilishi uchun qulaydir,
chunki ko’pgina xixma-xil tovarlarning, xizmatlarning aylantrish koeffitsentlari yordamida ishlab chiqarishni qiyoslaydigan turga kirish mumkin. Masalan, un, non va makaron mahsulotlari sotish xarajatlarini non-bulka mahsulotlarini shartli kilogramiga aylantirish orqali ifodalash mumkin.
Mehnat unumdorligini o’lchashning yana bir keng tarqalgan usuli mehnat usulidir.
Mehnat unumdorligini mehnat usuli bilan o’lchashda mahsulot birligini ishlab chiqarish yoki tovar birligini sotishga doir normative vaqtdan foydalaniladi:
Um = Bu yerda:
Um – mehnat usuli
bilan o’lchangan mehnat unumdorligi. Mehnat usulining afzal
tomoni uning barcha ish turlari va xizmatlarga tadbiq etish mumkinligidir. Biroq bu usuldan keng foydalanishda har bir ish turi uchun vaqt normativlari zarurdir, ular hamisha ham mavjud bo’lavermaydi.Bu usulda ishbay ishlovchi hodimlar mehnat unumdorligini hisoblash uchun foydalanib bo’lmaydi.Chunki ular uchun vaqt
normativlari tadbiq etilmaydi. Unumdorlik o’lchashning mehnat usuli bir qator kamchiliklarga ham ega (normalar yetarli darajada asoslab berilmagan bir xil darajada jiddiy emas, ular tez-tez qayta ko’rib chiqiladi va hokazo), bu hatto esa ayrim ish joyidagi va brigadalardagi mehnat unumdorligini darajasi va o’sishiga holisona baho berilishiga imkon tug’dirmaydi.
Mehnat unumdorligigga ishlarning sermehnatligi ta’sir ko’rsatadi. Sermehnatlik – bu, jonli mehnat sarflarini aks ettiruvchi ko’rsatkich bo’lib, u ish vaqtida, mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar)da ifodalangan. Sermehnatlik, odatda, norma-soatlarda (haqiqiy soatlarda) o’lchanadi, bu vaqt ish birligini bajarishga sarflangan bo’ladi. Bu ko’rsatkich mehnat unumdorligi ko’rsatkichiga qarama-qarshi bo’lib, quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: S =
Bu yerda:
S –sermehnatlik;
Iv – ish vaqti;
Im – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.
Korxonalar va ularning yirik bo’linmalari darajasida, xuddi iqtisodiyot tarmoqlarida bo’lgani kabi, ishlab chiqarish va mehnat unumdorligi hajmlarini o’lchash uchun asosan qiymat usuli tatbiq etiladi. Qiymat usul bo’lib, u mahsulotning barcha turlari va hajmlari, ishlar va hizmatlar yagona pul ko’rsatkichlari bo’lgan so’mda hisoblanadi, u hajm ko’rsatkichlarini tegishli ulgurji narxlarga ko’paytirish bilan aniqlanadi.
Mehnat unumdorligini o’lchashning
qiymat usuli turli kasb va malakaga ega bo’lgan hodimlarning mehnat unumdorligi masalan, qandolatchi va novvoyning, chilangar va haydovchining mehnat unumdorligini taqqoslash imkonini beradi. Biroq bu usul ko’rinishdan universal usul bo’lishiga qaramay, bir qancha kamchiliklarga ham ega. Xususan unga narx omili, ya’ni bozor konyukturasi vainflyatsiya ko’proq ta’sir ko’rsatadi.
Mehnat unumdorligiтш o’lchash usullarining har uchalasi
ham o’z afzalliklari bilan bir qatorda turli kamchiliklarga ega. Ularni quyidagi jadvalda ko’rish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |