KORXONALARNI SANITARIYA JIHATDAN SINFLANISHI.SANITAR HIMOYA ZONASI HAQIDA TUSHUNCHA
ANITARIYA-EPIDEMIYA MASALALARIDA AHOLINING XOTIRJAMLIGINI, RADIATSIYA XAVFSIZLIGINI TA’MINLASh TALABLARI VA ULARNI BAJARISh MAJBURIYATLARI 7-modda. Davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslarning sanitariya-epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini ta’minlashga doir majburiyatlari
Davlat idoralari, mulkchilikniing shakllaridan qat’i nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar:
belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etishlari;
davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan idoralar, muassasalar, mansabdor shaxslarga ro‘y bergan avariyalar, sanitariya- epidemiya, radiatsiya vaziyati to‘g‘risida haqqoniy va to‘la-to‘kis axborot berishlari shart.
8-modda. Normativ-texnika hujjatlarini ishlab chiquvchilarning majburiyatlari
Normativ-texnika hujjatlarini ishlab chiqayotgan davlat idoralari, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar aholining salomatligini saqlashni va sanitariya-epidemiya masalalarida xotirjamligini ta’minlashga qaratilgan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilishlari shart.
Qayd etilgan idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar yangi kimyoviy va biologik moddalarni, ion hosil qiluvchi nurlanish manbalarini hamda mana shu manbalarga ega bo‘lgan asboblarini, atir-upa va pardoz mahsulotlarini, materiallar, texnologiya jarayonlari, uskunalar va boshqa xalq iste’moli mollarini joriy etishdan oldin aholining sanitariya-epidemiya xavfsizligini ta’minlashga doir normativlar bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni, ularga rioya etilishi ustidan nazorat qilish usullarini, zararli mahsulot va chiqitlarni zararsizlantirish yo‘llarini ishlab chiqishlari hamda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachiga taqdim etishlari shart.
9-modda. Obyektlarni loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish chog‘ida sanitariya talablariga rioya etishning shartligi
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, birlashmalarning rahbarlari va alohida shaxslar obyektlarni loyihalash, qurish, qayta qurish, yangilash chog‘ida, korxonalarni texnika bilan qayta qurollantirish va ularni foydalanishga topshirish chog‘ida sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga amal qilishlari shart.
10-modda. Maydonlar, inshootlar, binolarni saqlab turish, uskunalar va transport vositalaridan foydalanishga qo‘yiladigan talablar
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar texnologiya va boshqa uskunalardan foydalanilishini, maydon, inshootlar, ishlab chiqarish binolari va sanitariya-maishiy binolar, ish joylari, turar joy binolari, bolalar va davolash-profilaktika muassasalari, o‘quv yurtlari, madaniyat, sport va boshqa muassasalar binolari, shuningdek transport vositalari sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq saqlab turilishini ta’minlashlari shart.
11-modda. Kimyoviy moddalar, biologiya vositalari va materiallarini qo‘llanishga, zararsizlantirishga, qayta ishlashga, ko‘mib tashlashga qo‘yiladigan talablar
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar kimyoviy moddalarni, biologiya vositalari va materiallarini saqlash, qo‘llanish, zararsizlantirish, qayta ishlash va ko‘mib tashlash chog‘ida sanitariya-epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini ta’minlaydigan sanitariya normalari, qoidalari hamda gigiyena normativlariga rioya qilishlari shart.
Yangi kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni, materiallarni, polimer va plastik massalarni, atir-upa hamda pardoz mahsulotlarini qo‘llanishga ular zaharliligi va gigiyena jihatidan baholanganidan, gigiyena normativlari belgilanganidan keyingina O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ruxsatnomasiga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
12-modda. Radiatsiya xavfsizligini ta’minlash sohasidagi talablar
Davlat boshqaruvi idoralari, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, mehnat jamoalari va ayrim shaxslar radioaktiv moddalar va boshqa ion hosil qiluvchi nurlanish manbalari bilan ishlaganda radiatsiya xavfsizligi normalari va sanitariya qoidalariga, shuningdek radioaktiv moddalar va boshqa ion hosil qiluvchi nurlanish manbalarini qazib olish, tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni tashish, saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash chog‘ida standartlarga, texnika shartlariga va boshqa normativ hujjatlarning talablariga rioya qilishlari shart.
13-modda. Turar joy binolariga odam qo‘yish va ularda yashash tartibi
Yashash uchun turar joy binolarini beradigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, boshqa mulkdorlar ana shu binolarga odam qo‘yish chog‘ida amaldagi sanitariya normalarini bajarishlari shart.
Amaldagi gigiyena normativlariga javob bermaydigan turar joy binolariga odam yashashiga yo‘l qo‘yilmaydi, uylarda yashovchilar turar joy binolarini saqlash va ulardan foydalanishning mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlagan qoidalarini bajarishlari shart.
14-modda. Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlash va sotishga qo‘yiladigan sanitariya talablari
Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xomashyosi ishlab chiqarish, ularni saqlash, tashish, sotish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar tibbiyot-biologiya talablariga, sanitariya normalariga va gigiyena normativlariga rioya etishlari shart.
Yangi ozuqa qo‘shimchalarini, maxsus qo‘shiladigan biologik aktiv moddalarni olib kirish hamda ishlab chiqarishga ular zaharliligi va gigiyenasi jihatidan baholanganidan keyingina O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ruxsati (xulosasi) bilan yo‘l qo‘yiladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
15-modda. Xo‘jalik-ichimlik suvi ta’minotiga qo‘yiladigan sanitariya talablari
Davlat idoralari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar xo‘jalik-ichimlik suvi ta’minotining markazlashtirilgan tizimlari yetkazib beradigan suvning sifati gigiyena talablariga va davlat standartlariga mos bo‘lishini ta’minlashlari shart.
Markazlashtirilgan tartibda xo‘jalik-ichimlik suvi yetkazib beradigan suv quvurlari va ularning manbalari uchun maxsus tartiblar o‘rnatilgan sanitariya muhofazasi maydoni belgilab qo‘yiladi.
Suv quvurlarining, ular suv oladigan manbalarning sanitariya muhofazasi maydonlari, ularning sanitariya tartiboti mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat idoralari, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar ro‘zg‘orda va maishiy maqsadlarda ishlatiladigan havzalardagi suvning, shu jumladan markazlashtirilmagan tartibda ta’minlanadigan suvning sifati amaldagi sanitariya normalari va qoidalariga mos bo‘lishini ta’minlashlari shart.
16-modda. Chet ellardan sotib olinadigan mahsulotni yetkazib berish va sotishga qo‘yiladigan talablar
Davlat idoralari, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar chet ellardan sotib olinadigan texnologiyalar, materiallar, xomashyo va mahsulotlarni yetkazib berish, sotish va ulardan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilishlari shart.
17-modda. Ta’lim sharoitlarini tartibga solib turuvchi sanitariya normalari va qoidalariga rioya etish talablari
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ta’lim muassasalarida va korxonalarda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini ta’minlashlari shart.
18-modda. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishning majburiyligi
Yuqumli va parazitar kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, kasb kasalliklari, zaharlanishlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasa, tashkilot va birlashmalarning xodimlari dastlabki hamda davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish tartibi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbkiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Kengashi bilan kelishgan holda belgilanadi.
19-modda. Kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish sohasidagi majburiyatlar
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarning rahbarlari va alohida shaxslar yuqumli, parazitar va boshqa ommaviy kasalliklar, shu jumladan radiatsiya omili bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarning, shuningdek ular kelib chiqqan taqdirda bu kasalliklarni yo‘qotish choralarini o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashlari shart.
Yuqumli, parazitar, boshqa ommaviy kasalliklar kelib chiqish va tarqalish xavfi tug‘ilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari bosh davlat sanitariya vrachlarining taqdimiga muvofiq belgilangan tartibda tegishli hududlarda ishlash, o‘qish, harakatlanish va odam va yuk tashishning alohida shartlari va tartibini joriy qilishlari mumkin.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Yuqumli va parazitar kasalliklar o‘chog‘larida karantin-tashkiliy va profilaktika tadbirlarni o‘tkazish, kasallikka chalingan bemorlarni kasalxonalarga yotqizish tartibi va muddatlarini tegishli hududlardagi hokimiyat va boshqaruvning mahalliy idoralari hamda bosh davlat sanitariya vrachlari belgilaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
20-modda. Maxsus ekspertizalarni o‘tkazish sohasidagi talablar
Aholi va alohida shaxslar salomatligi va kasallanish holatini maxsus ekspertiza qilishning sanitariya-gigiyena, sanitariya-ekologiya, tibbiy, biologik, texnikaviy, sotsiologik va boshqa turlari, shuningdek loyiha, texnika hujjatlarini va boshqa hujjatlarni, uskunalarni, asboblarni va apparatlarni, kimyoviy moddalarni, turli birikmalarni, materiallarni va muhitlarni, oziq-ovqat xomashyosini va mahsulotlarini, sanoat buyumlarini, radioaktiv materiallarni, radiatsiya texnikasini ekspertiza qilish sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar va muassasalar, shuningdek ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlari, boshqa muassasa va tashkilotlar tomonidan buyurtmachining mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qaroriga binoan o‘tkaziladi.
Maxsus ekspertizalarni o‘tkazish tartibi, buyurtmachilarning, ekspert muassasalari va ekspertlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek belgilangan qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
IV BO‘LIM. DAVLAT SANITARIYA NAZORATI VA TEKShIRUVI
21-modda. Sanitariya nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi idoralar va muassasalar
O‘zbekiston Respublikasining davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati qaysi idoraga bo‘ysunishidan va mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etishlari ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi.
Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi ushbu Qonunga hamda ular to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ish ko‘ruvchi tibbiy profilaktik muassasa hisoblanib, sanitariyaga doir va epidemiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarining majmuini uyushtirilishini va o‘tkazilishini ta’minlaydi hamda davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklarining, Milliy xavfsizlik xizmatining va O‘rta Osiyo temir yo‘lining ishlatilayotgan va qurilayotgan obyektlarida idoraviy sanitariya nazoratini tegishli vazirliklar va idoralarning sanitariya-epidemiologiya stansiyalari amalga oshiradilar.
Sanitariya militsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlagan Nizomga muvofiq sanitariya tekshiruvini amalga oshiradi.
Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati idoralari, muassasalari va mansabdor shaxslari qaysi idoraga bo‘ysunishidan qat’i nazar, sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib rahbarlik qiladilar, uni uyg‘unlashtirib va tekshirib boradilar.
22-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar
Davlat sanitariya nazoratini tashkil etish va amalga oshirish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va uning o‘rinbosarlari, viloyatlar, shaharlar, nohiyalar bosh davlat sanitariya vrachlari va ularning o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatiladi.
23-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar faoliyatining asosiy kafolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmatining davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi bosh davlat sanitariya vrachlari, boshqa mansabdor shaxslari va mutaxassislari hokimiyat vakili hisoblanadilar va davlat himoyasida bo‘ladilar.
24-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish sohasidagi faoliyatga aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi
Boshqa tashkilotlarning davlat sanitariya nazorati idoralarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish maqsadida ularning ishiga aralashishi, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarga biron-bir yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatishi taqiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi:
davlat sanitariya epidemiologiya xizmati idoralari va muassasalariga rahbarlik qiladi, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirishning asosiy vazifalarini va ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarini tasdiqlaydi;
atrof-muhit omillarining inson organizmiga ta’sirini aniqlashga doir respublika normativ-texnika hujjatlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr etadi;
avariya vaziyatlarini yo‘qotish chog‘ida sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan muvaqqat sanitariya normalari va qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
viloyatlar va Toshkent shahri, bosh davlat sanitariya vrachlarini tayinlaydi;
sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasasi rahbarlarining xatti-harakatlari ustidan tushgan shikoyatlarni ko‘rib chiqadi;
odamlarning hayoti va salomatligi uchun xavfli bo‘lgan yashash va xo‘jalik faoliyatini yuritish taqiqlanadigan hududlarni belgilaydi;
hududlarni karantin infeksiyalari olib kirish va tarqatishdan sanitariya muhofazasi tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan respublika va mahalliy epidemiyaga qarshi jamg‘armalardan va moddiy-texnikaviy resurslardan maqsadga muvofiq foydalaniyotganini nazorat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 3-sentabrdagi O‘RQ-253-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 299-modda)
Korxona laboratoriyalari asosiy tsehlarga yaqin qilinib ishlab chiqarish binolarida joylashadi. Аyrim hollarda ma`muriy binolar joylashgan bo’ladi. Аyrim hollarda laboratoriya alohida binolarda joylashgan bo’ladi. Laboratoriyani loyihalashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
Binoning joylashishi, shimolga, shimoliy sharq yoki shimoliy g’arbtomonida joylashishi kerak.
Laboratoriyalarni 1-qavatda joylashishi, juda bo’masa 2-qavatdajoylashishi kerak.
Laboratoriya binosi odamlar ko’p yuradigan yoki ko’p faoliyatko’rsatadigan joylardan uzoq bo’lishi kerak.
Binolar iloji boricha kunduzgi yoritish vositalari (lampalari) bilanyoritilishi kerak.
Laboratoriya binolari qayishqoq tebrantiradigan shovqin chiqaradigan,issiqlik chiqaradigan, namlik tarqatadigan tsexlardan holi bo’lishi kerak.
Laboratoriya binolari balandligi 3 m dan kam bo’lmasligi kerak.
Laboratoriya iloji boricha xizmat ko’rsatadigan bo’limlarga yaqin bo’lishikerak. Xom ashyo omboriga uzoq bo’lmasligi kerak.
Laboratoriyaning rejalashtirishning 2ta yo’nalishi mavjud:
Katta zallardan yirik bo’limlarni joylashtirish.
Kichik-kichik bo’limlarga ajratib katta bo’lmagan xonalarga joylashtirish.
Kichkina laboratoriyalarda 10-15 ta xodimlar ishlaganda bo’limlarning soni 3-4 ta bo’ladi. Аgar laborantlarning soni 40-50 ta bo’lsa, bo’limlarning soni 10-15 tagacha bo’lishi mumkin.