Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining keyingi bir qator hujjatlarida
talabalarning mustaqil ta'Iimni tashkil etish masaiasiga alohida ahamiyat
berilmoqda.
«Mehnat o’qitish
va predmet amaliy ta’lim tehnologiyasi » fani
defektolog talabalarning tayyorlash tizimida muhim o’rinni egallaydi.
Kursning asosiy vazifalariga « mehnat o’qitish va predmet amaliy ta’lim
tehnologiyasi » fanining barcha bo’limlarini mazkur fan bilan bog’liq bo’lgan
(pedagogika, maxsus pedagogika, psixologiya, maxsus psixologiya, anatomiya,
fiziologiya) fanlaridagi yangi ilmiy hisobga olgan holda umumiy va maxsus
bilimlarni egallash kiradi.
«Mehnat o’qitish
va predmet amaliy ta’lim tehnologiyasi» fanini
muvaffaqiyatli o’rganish-nazariy bilimlarning keng doirasini o ’zlashtirish,
maxsus adabiyotlar bilan ishlash malakasini egallashga imkon yaratadi,
shuningdek eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar maktabgacha ta'lim muassasasi
bamda maktab intematida o’quv ishlarini tashkil etish uchun mashg’ulotlar
rejalashtirish, maxsus va umumta'lim darslar uchun reja matn tuzish, mazkur
mashg’ulotlar uchun ko’rgazmali qurollar va didaktik materiallarni tanlash va
tayyorlashni o ’z ichiga oladi.
Talabalarning mustaqil ta'limini tashkil etish « mehnat o ’qitish
va
predmet
amaliy
ta’lim tehnologiyasi»
fanini
yaxshi,
muvaffaqiyatli
o’zlashtirishlarida muhim xisoblanadiki, bunda ta'lim jarayonida olib
boriladigan mustaqil ta'limning turli ko’rinishlari (konspekt olish, referat yozish,
ilmiy - metodik adabiyotlar analizi, ma'ruzalar tayyorlash, mavzu yuzasidan
internet ma'lumotlarini to ’plash) talabalarning ilmiy ma'lumotlarni analiz
qilishni, umumlashtirish, xulosalar chiqarishni nazarda tutadi.
Ushbu qo’llanmada keltirilayotgan nazorat savollar kollokvium, oraliq
nazorat imtihonlariga muvaffaqiyatli tayyorlanishga imkon yaratadi. Bular
o’zlashtirilgan bilimlarni talabaning o’zi tomonidan tekshirishga, ya'ni o’z-
o’zini nazorat qilishga xizmat qiladi. Talabalarning olib borayotgan mustaqil
ta'limlarini turli usullar: mavzuli ro'yxatlar, konspektlar, maxsus adabiyot
analizlari, og’zaki bayon etishlarini tekshirish orqali nazorat qilish mumkin.
Mazkur qo’IIanmada, savol va topshiriqlar taxminiy xarakterga ega bo’lib,
pedagogik
mahorat,
ijodiy
yondoshuv
orqali
ularning
birmuncha
takomillashtirish to’plamni kengaytirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: