Xavf-xatarni boshqarish vositalari va xavf-xatarni boshqarish dasturlari savollari bo’yicha ularni bajarish, boshqarish va maslahat berish.
Baxtsiz hodisa, ta’sir o’tkazish, yo’qotishlar hodisasi va boshqa ma’lumotlarni tahlil qilish va sharhlashga asoslangan hamda xavf-xatarni boshqarish vositalari uchun haqiqiy va har tomonlama tavsiyalar haqida xabar beruvchi dokladlarni tayyorlash.
Xavf-xatarni boshqarish vositalari va xavf-xatarni boshqarish qonunlari, taomillarni va dasturlarni xodimlarga tavsiya qilish uchun yozma va grafik materiallarni, taqdimotlar va boshqa ommaviy kommunikatsiya (aloqa yo’li) vositalarni qo’llash.
Ta’limga oid va o’quv materiallari va kurslarni rejalashtirish va rivojlantirishda yo’nalish yoki yordam berish. Xavfni va nazoratni aniqlashni o’z ichiga olgan loyihalar, siyosat, ish tartibi va dasturlar bilan bog’liq kurslarni o’tkazish yoki yordam berish.
Ular SMI, uyushma, jamoatchilik bilan muloqotda bo’lganlarida xavfsizlik bilan bog’liq bo’lgan xavf-xatar, xavfni boshqarish vositalari, nisbiy xavf-xatar va savollar haqida boshqalarga maslahat berish.
Xavfsizlik bo’yicha mutaxassis lavozimining insoniylik majburiyatlari hisoblangan xavfni boshqarish vositalari va xavfni boshqarish dasturlarini boshqarish va amalga oshirish.
natijasini o’lchash, hisobotni tekshirish va baholash.
Xavf-xatar darajasining tahlilini, qiymatini, rentabellik tahlilini, ishni tanlab olishni, yo’qotishlar koeffitsiyenti va shunga o’xshash uslubiyatni o’z ichiga olgan uslublarni tuzish va amalga oshirish. Xavfni boshqarish va xavfni nazorat qilishni boshqarish dasturining natijasini vaqti vaqti bilan va muntazam baholash uchun.
To’liq samaradorlik uchun xavfni boshqarish vositalari va dasturlari samaradorligi hamda sarflarni baholash va tizim, tashkilot, ishlab chiqarish va operatsiya xissasini o’lchash uchun uslublarni rivojlantirish.
Boshqarilishi va ularning joriy qilinishiga mas’ul bo’lgan insonlarga va tashkilotlarga xavfni boshqarish vositalari yoki xavfni boshqarish dasturlariga kiritilgan tavsiya qilingan saralash va o’zgartirishlarni o’z ichiga olgan baho sifatini aniqlash natijasini ta’minlash.
Barcha tizimlar, tashkilotlar, jarayonlar va operatsiyalar yoki ularning komponentlarining ko’rsatkichlarini baholaydigan boshqarish va nazorat dasturlarining hisob-kitobini yo’naltirish, rivojlantirish yoki yordam berish.
Xulosa Mehnatni va sog’liqni muhofaza qilish kasbining ildizi sanoatlashgan jamiyat boshlariga borib taqaladi. Inson salomatligi, xavfsizligi, mulkchiligiga nisbatan havotiri ushbu kasbning negizini tashkil qiladi. Kitobning keyingi boblarida mehnatni muhofaza qilishni boshqarishning yaxshi dasturlarini joriy qilish uchun muhim bo’lgan elementar bilim va ko’nikmalarga yanada batafsilroq to’xtalib o’tiladi.