17
Mashqlarning xarakterli xususiyati ayni bir harakatning takrorlanishi bo’lgani
uchun o’quvchilarda bajarilayotgan ishga nisbatan qiziqishini saqlash talab
etiladi.
Mashqlar yakunida ishlarni tahlil qilish, eng yaxshi ishlarning tahliliga
tayanib, kim qanday natijalarga erishganligini ko’rsatish lozim. Ayni bir vaqtda
kamchiliklar ustida ham to’xtash va ishning sifatini yaxshilash yoki bajarish
tezligini oshirish uchun nimalar qilish kerakligini tushuntirish lozim.
Amaliy ishlar o’quvchilarga egallangan bilimlarini amalda qo’llashni
o’rgatishga yordam beradi. Amaliy ishlarni bajarish rejasini o’quvchilarning
o’zlari mustaqil tuzishlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Ko’rgazmali qurollarni o’quvchilar tomonidan bajarilishini ham amaliy
ishlarga kiritish mumkin. Bu egallagan bilimlarni mustahkamlashga yordam
beradi.
Laboratoriya ishlari ishlari tahlimning turli bosqichlarida bo’lishi
mumkin. Laboratoriya ishlarini o’tkazilishi egallagan bilimlarni ishonarlilik
kuchini oshiradi, bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi, ularni amalga
qo’llashga o’rgatish uchun xizmat qiladi.
Laboratoriya ishlari yangi bilimlarni berish maqsadlarida ham o’tkazilishi
mumkin.
Laboratoriya ishlari jarayonida o’quvchilarda mahsuliyatni his etish,
kuzatuvchanlik, diqqatlilik rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: