Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha


X.Sanaqulov ,M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy  ishlar” 1996 yil  3



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

2. X.Sanaqulov ,M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy 
ishlar” 1996 yil 
3. R.A.Mavlonova ,Goroxova,Ogluzdina O., “Mehnat tahlim metodikasi” 
T., “O’qituvchi” 1986 yil 
4. 
SHumulevich 
N.M.“Qog’ozdan 
texnik 
modellar 
yasash” 
T.,“O’qituvchi” 1989 y 
5. 
Vorobg’yov 
A.SH. 
“Konstruktorlik 
va 
modelleshtirish” 
T., 
“O’qituvchi”1989 yil 
6. N.Gushkin. V.R.Xiltunin. “Mehnat eng yaxshi tarbiyachi”. T.1988y. 
7..Mavlonova.R.A. “Boshlang’ich sinf mehnat darsliklari”. T. 1996y. 
Mavzu: Mehnat darslarida o’quv jarayonini tashkil etish. 
 
Mehnat fanidan o’quv jarayonini tashkil qilish o’quvchilarni muayyan 
mehnat malakasi va ko’nikmalari bilan qurollantirishgagina xizmat qilib 
qolmay, balki ularning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini o’stirish va ularda 
mehnatga munosabatini tarbiyalashda ham juda muhim ahamiyatga ega 
bo’lgan mehnat darslari g’oyat zarurdir. O’qituvchining o’z fanini yaxshi 
bilishi o’quvchilarning muvaffaqiyat bilan o’qitishning eng muhim shartlaridan 
biridir. 
O’z fanini yaxshi bilgan o’qituvchi biror buyum narsani tayyorlash 
usulini mahorat bilan tushuntirish va ko’rsatib bera oladi, bu esa mehnat 
amallarini o’quvchi to’g’ri idrok etishni tahminlaydi. O’qituvchi shu 
munosabat bilan darsga puxta tayyorgarlik ko’rishi, bolalarga ko’zrsatadigan 
buyum narsani o’qituvchining o’zi oldindin tayyorlab ko’rishi lozim, chunki 
buyum narsani tayyorlash davomida qiyin ish usullarini qo’llashga to’g’ri kelib 
qolishi mumkin. Agar o’qituvchining o’zi narsalarni oldindan tayyorlasa 
o’quvchilarga uni tayyorlatishning xiyla mukammalashgan metod va usullarini 
ko’zda tutgan bo’ladi. 
Har bir dars o’quvchilarning bilim va malaka doiralarini kengaytirishi 
hamda mustahkamlashi, ularda barqaror ijobiy ko’nikma va odatlar hosil 
qilishga yordam berishi lozim. 
Dars vazifasini faqat bilim berish va ko’nikma hosil qilishdan iborat 
qilib qo’ymasligi balki tarbiya berish va kamol toptirish vazifalari bilan 
organik bog’lab olib borish ham zarur. 
SHuning uchun ham o’qituvchi o’zi o’qitayotgan bilimini bilishi lozim. 
Bu esa biror temaga tayyorlana turib, o’qituvchi mazkur dars materiali asosida 


26 
o’quvchilarning ahloqiylikning qanday g’oyalarini anglashga olib kelajagini 
diqqat, fikrlash, xotira, tasavvur, irodani rivojlantirish va boshqa shu kabilar 
sohasida shaxs sifatini qanday kamol toptirishga erishishini aniq tasavvur 
qilmog’i lozim. 
Agarda bolalar yaxshi yoritilmagan sinfda, yoshiga mos kelmaydigan 
qo’pol, og’ir asboblar bilan ishlasalar, bu ularning ish natijalariga juda yomon 
tahsir ko’rsatadi. Mehnat madaniyati malakalari ko’p marotaba takrorlanadigan 
mashqlar natijasida hosil bo’ladi, bunda mashqlar davomida har bir mashq 
jarayonida o’rnatiladigan tartib va ish harakati izchilligini sistematik suhratda 
tushuntirish berish zaruriyati bilan birga qo’shib olib boriladi. 
Mehnat va politexnik jihatdan tayyorlashning yangi dasturi “taqlid qilish” 
metodikasini mehnat darsidagi ish sistemasi sifatida rad etadi, tajriba shuni 
ko’rsatadiki, bolalar butun buyumni tuzulishini yaxshi tasavvur etsalargina ish 
opreatsiyasi va asboblar bilan ishlash usullarini tezroq va puxtaroq o’qib 
oladilar, o’qituvchi ayniqsa birinchi sinf o’quvchisi o’qituvchiga taqlid qilishga 
intiladi. SHu sababli o’quvchi boshdan boshlaboq faqat to’g’ri usullarni 
ko’rishi va eslab qolishi lozim. Bordi-yu o’qituvchi qo’llamasligi lozim 
bo’lgan noto’g’ri ish usulini har doim tahkidlab ko’rsataversa o’quvchi shuni 
eslab qolishi mumkin, u o’quvchilar ongiga singshib olib, keyin uni tuzitish 
ancha qiyin bo’ladi. 
Mehnat darslarida birinchi sinf o’quvchilarining ishlarini kuzatish 
natijasida 
o’quvchilarni 
topshiriqlarni 
olib, 
buyum 
narsani 
xuddi 
namunadagidek yasash uchun namunani uning qurilishi nuqtai nazardan 
sinchklab qarab chiqib, buyumni yasash yo’llarini qunt bilan izlaydilar. 
Birinchi sinf mehnat darslarida, odatda tayyorlanishi kerak bo’lgan 
buyum narsaning namunasi ko’rsatiladi. Bunda birinchi sinf o’quvchilari 
uchun real, buyum narsa, buyumning namunasi zarurligi nazarda tutiladi, 
bolalar unga qarab mazkur buyum narsa qanday qilinganligini, qanday qilib 
xuddi mana shunday tayyorlash mumiknligini o’ylab oladilar.
O’qituvchi yangi mavzuga metodik jihatdan qanchalik to’g’ri 
yondashmasin, uni suhbat va ko’rsatmada qanchalik tushunarli qilib 
izohlanmasin, baribir bolalar dastlabki vaqtlarda mehnat usullarini har doim 
ham to’g’ri qo’llavermaydilar. O’quvchi ko’p savollarni mustaqil hal qilishi 
kerak. O’quvchilarning hayotga mustaqilligi aktiv fikrlash faoliyatini, 
tashabbusni paydo bo’lishi, uchragan qiyinchiliklarni yengishi, avval hosil 
qilingan mehnat bilimi va malakalarini oqilona va ijodiy qo’llay bilishni 
o’rganish lozim.
Mustaqil mashg’ulot soatida asosiy faol shaxs bolalar. Lekin bunga 
qaramay darsning bu bosqichida ham o’qituvchining vazifasi benihoyat katta 
va mahsuliyatlidir. Bunday mashg’ulotlarda maqsadni aytib, ish usullarini 
ko’rsatib qo’ya qolish kifoya, bolalar erkin ishlashni kerak deb o’ylash katta 
xato bo’ladi. O’qituvchi mumkin qadar kamroq so’zlash, sekin ohista ovoz 
bilan gapirishni odat qilishi, o’quvchilarga sezdirmay ularning xarakterini 
kuzatish, ularni yaqinlashish va uzoqlashishini, o’rniga qo’yib gapirishni yoki 
jim turishni o’rganish lozim. Qoloq o’quvchini yaxshi o’zlashtiralidgan 


27 
o’quvchiga biriktirib qo’yish kerak. Masalan tikishda o’g’il bolalar odatda 
orqada qoladilar ularga qizlar yordamini biriktirib qo’yiladi, aksincha 
texnikaviy modellashda o’quv tajriba hovlisidagi ishlarda bolalar qizlarga 
yordamlashishlari kerak. 
SHu tarzda o’quvchilarda o’rtoqlarcha o’zaro yordam hissi tarbiyalanadi.
O’qituvchi har bir o’quvchining imkoniyatlarini hisobga olib bolalarni 
ruhlantirish lozim. Bolalar mustaqil ishlayotganda o’qituvchining mehnati oson 
emas, balki yanada qiyinroq, biroq ijodiy mehnat singari huzurbaxshdir. 
O’quvchilar mustaqil ishlayotganda o’qituvchi passivdek ko’rinadi, lekin 
aslida o’qituvchi oldida u rahbarlik qilish lozim bo’lgan xilma-xil xususiyatli 
o’ttiz-qirq bola bor. Bahzilarini butun dars davomida bezovta qilmaslik lozim, 
boshqalarga ko’rsatma berish kifoya, qolganlari yordamga muhtojdir. Mustaqil 
mashg’ulot vaqtida bolalar qo’ng’iroqni ham sezmay qoladilar, hatto ishini 
davom ettirishga ruxsat etilsa quvonadigan hollar ham bo’ladi. O’zlariga 
yoqqan ishga sho’ng’ib ketib va tez ishlaydigan o’rtoqlarini ko’rib bolalar bor-
bora o’zlarining ish suhratini tezlashtirishni odat qilib oladilar. Ishni o’z 
vaqtida tekshirmaslik o’quvchining ishga qiziqishini kamaytiradi. Ishni 
tekshirish va baxolashga bolalarning o’zlari jalb qilish kerak bu bilan ular 
mehnatga ongli munosabat, aktivlik va tashabbus rivojlanadi. Mehnat 
natijalarini birgalikda tekshirish va baholash bolalarning xotiralarida mahlum 
bir buyumni tayyorlashning barcha bosqichlari, ayrim usullari tiklanadi. Uyga 
topshiriq berish darsning muhim bosqichidir. Mehnatdan uyga bajarib kelish 
uchun beriladigan vazifani avvalo darsda ishni yaxshi uddalay olmagan 
o’quvchilarga berish zarur.
Dars besh bosqichga bo’linadi: 
1.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin