Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

Mehnat darsining maqsadi – shaxsning turmush tarziga, mehnat 
madaniyatiga qaratilgan barqaror yo’l yo’riqni qaror toptirish, ijodiy mehnat 
qilishga, amaliy, ahloqiy va ruhiy tayyorgarlikni amalga oshirish, o’quvchilarni 
halq xo’jaligidagi muvoffaqiyatli mehnat faoliyatida zarur bo’lgan ijodiy 
qobiliyatlarni, aqliy, jismoniy fazilatlarni rivojlantirishdir. 
Mehnat tahlimi o’zining bosqichlarida bolalar, o’smirlar va yoshlarning 
yoshi, funktsional imkoniyatlarining o’ziga xosligi, ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy 
mavqiega muvofiq ravishda ko’p tomonlama yo’nalishga ega bo’lishi lozim. U 
qo’ydagilarni taqozo etadi. 
-
Mehnatsevarlikni tarbiyalash, mehnat qilishga ehtiyojni, unga ongli, 
ijodiy 
munosabatda 
bo’lishni, 
o’z 
maxoratini 
doimo 
takomillashtirishga intilishni shakllantirish; 
-
Kasbiy 
faoliyati 
uchun 
ahamiyatli 
bo’lgan 
psixo-fizologik 
funktsiyalarini, shaxsning kasb-korlik jihatidan muhim bo’lgan 
umumiy va shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
-
Tanlangan faoliyat sohasiga kasbiy faoliyatni keng politexnik bilim 
doirasi va kasbiy harakatchanlik bilan birga qo’shgan holda 
shakllantirish; 
-
Bunyodkorlik faoliyati jarayonida haqiqiy mehnat munosabatlariga 
kirishi, jamoa mehnatiga ijtimoiy tajriba to’plash; 
-
SHaxsning barcha sohalarida madaniyatni tarbiyalash; 
-
Zamonaviy iqtisodiy bilimlarni egallash, yangicha iqtisodiy 
tafakkurni, omilkorlikni shakllantirish, haqiqiy iqtisodiy faoliyatida 
ishtirok etish; 
-
Mustaqillikni, tashabbuskorlikni tarbiyalash, muammoli vaziyatlarni 
ijodiy ravishda hal qilishga hozirlikni shakllantirish, ishlab 
chiqarishni boshqarishda ongli ravishda va faol ishtirok etish. 
SAVOLLAR. 
 
1.Boshlang’ich sinflarda qanday ish turlari mavjud? 
2.Ish unumini oshirishda nimalarga ehtibor berilishi zarur? 
3.Mustaqil ishlarning bosqichlarini ayting? 
TOPSHIRIQLAR. 
1.
Mehnatga oid maqollardan namunalar keltiring. 
2.
Mehnat tahlimida kasb-hunar tarbiyasiga qaratilgan talablarni ayting. 
ADABIYoTLAR. 
1. R.A.Mavlonova ,O.T.To’raeva , K.M.Xoliqberdiev “Pedagogika” T., 
“O’qituvchi” 1998 yil 


25 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin