Mamlakatimizda erkin iqtisodiyotni rivojlanib borishi, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning o'zaro va xalqaro iqtisodiy aloqalarining keng ko'lamda jadallashib borishi, shubhasiz, yukori saviyadagi auditorlik xizmatlariga bo'lgan talabni taqozo etadi. Ma'lumki, xar bir korxona, umuman tadbirkorlik sub'ekti o'zining moliyaviy-xo'jalik faoliyatini vaqti- vaqti bilan o'rganib, tahlil qilib, unga baxo berishi va aniklangan kamchilikni bartaraf etish yo'llarini aniklab, kelgusi ish rejalarini belgilab olishi maqsadga muvofiq xisoblanadi. Bu ishlarni jarayonga oshirishda auditorlik xizmatlarining o'rni alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bozor iqtisodiyoti anik va to'g'ri xisob-kitobni, xar bir so'mni tejab- tergab sarf qilishni talab qiladi. Auditorlik xizmati xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning buxgalteriya xisobi va xisobotini atroflicha tekshirib, yo'l qo'yilgan kamchilik va nuqsonlarni aniklash bilan birga ularni bartaraf etish, maromiga yetkazish bo'yicha tavsiyalar berib, yo'l-yo'riqlarni ko'rsatadi hamda boshqa konstalting xizmatlarini ham bajaradi.
Ma'lumki, “2015 yilda amalga oshirgan keng ko'lamli, uzoqni ko'zlagan islohotlarni hayotga tatbiq etish erkin tadbirkorlikka keng imtiyoz va preferentsiyalar yo'lini ochib berish, investitsiyalar, avvalo, chet el investitsiyalarining hajmini oshirish va joriy etish iqtisodiyotimizning barqaror o'sish sur'atlarini va uning makroiqtisodiy mutanosibligini ta'minlash bo'yicha o'z ijobiy ta'sirini berdi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz.