Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo'jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi. Yillik byudjet yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi. Inflyatsiya darajasi 5,6 foizni tashkil qildi, ya'ni prognoz ko'rsatkichlari doirasida bo'ldi.
Xalqaro miqyosda katta nufuzga ega bo'lgan Jahon iqtisodiy forumi reytingiga ko'ra, O'zbekiston 2014-2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017 yillarda iqtisodiy o'sish prognozlari bo'yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgani albatta barchamizga mamnuniyat yetkazadi.”1.
Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari va soliqqa tortish hisobini tartibga soluvchi asosiy hujjat O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan
«Mahsulot(ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risidagi Nizom» bo'lib hisoblanadi.
Ma'lumki, hozirgi turli mulkchilik shakli asosidagi korxonalar faoliyatida nafaqat o'zlarining asosiy ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanishlari, balki, korxonalar o'z asosiy faoliyati tarmog'i faoliyatiga ko'maklashuvchi, qo'shimcha mahsulot turlarini ishlab chiqaruvchi yoki asosiy faoliyatni tashkil etish va unga yordamchi sharoitlarni yaratib beruvchi qo'shimcha faoliyat tarmoqlarini tashkil etgan holda faoliyat ko'rsatmoqdalar. Bundan ko'rinadiki, korxonalar faoliyatining kompleks auditini o'tkazishda, nafaqat, asosiy tarmoqlar faoliyatini o'rganish, balki, korxonaning ishlab chiqarish tarmoqlari faoliyatini ham auditorlik tekshiruvidan o'tkazish talab etiladi. Mazkur mavzuning yana bir dolzarblik jihatlaridan biri shuki, ishlab chiqarish xarajatlari auditini olimlar tomonidan kam o'rganilgan va hozirgi iqtisodiy sharoitda ko'p uchraydigan audit ob'ektlaridan biri ekanligidadir.