Mehnatni muhofaza qilishning zamonaviy texnika texnologiyalari



Yüklə 29,26 Kb.
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü29,26 Kb.
#199501
1   2   3   4
2-MEHNATNI MUHOFAZA QILISHNING ZAMONAVIY TEXNIKA TEXNOLOGIYALARI

Мa’lumotlar muvofiqligi. Murakkab tizimlarda ishchi odatda, bevosita fizik jarayonlarni boshqarmaydi. Chunki ko‘pincha xavflilik nuqtayi nazaridan ishchi, ushbu jarayonning bаjarilish joyidan ma’lum masofada uzoqda bo‘ladi. Boshqarish оbyektlari esa ko‘rinmaydigan, eshitilmaydigan, sezilmaydigan holatda bo‘lishi mumkin. Ishchi faqatgina o‘lchash asboblari va jihozlarining ko‘rsatkichlarini ko‘rishi, signallarni eshitishi va bu orqali jarayon borishini boshqarib, nazorat qilib borishi mumkin. Bu turdagi barcha qurilmalar ma’lumotni aks ettiruvchi vositalar deb yuritiladi. Ayrim hollarda, ishchi boshqarish dastaklaridan, yoqib-o‘chirgichlardan va shu kabi boshqa boshqarish jihozlaridan foydalanishi mumkin. Bunday boshqarish vositalarining birgalikdagi holati sensomotor
qurilmalar deb ataladi. Мa’lumotni aks ettiruvchi vositalar va sensomotor qurilmalar mashinaning axborot modelini tashkil etadi. Ishchi ushbu model orqali eng murakkab tizimlarni ham xavfsiz boshqarishi mumkin bo‘ladi.
Ish davrida mashinaning barcha texnologik va energetik ko‘rsatkichlarini ta’minlaydigan va shu bilan bir vaqtda ishchining xotirasi va fikrini charchatmasdan (zo‘riqtirmasdan) barcha ma’lumotlarni qabul qilish hamda qayta ishlash imkonini beradigan ma’lumot modelini yaratish – ergonomikaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Albatta, bu masala yechimi xavfsizlikni ta’minlash, ishdagi aniqlik, sifat, ish unumdorligi kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli, ma’lumot modeli insonning psixofiziologik imkoniyatlariga mos kelishi zarur.
Biofizik muvofiqlik. Biofizik muvofiqlik deganda, ishchining maqbul ish qobiliyatini va me’yoriy fiziologik holatini ta’min-laydigan mehnat sharoitini yaratish tushuniladi. Mehnat sharoitining asosiy omillarini ruxsat etilgan miqdorlari (REM) standart asosida belgilangan. Lekin ular ko‘pincha ishchining funksional vazifalari bilan bog‘lanmagan bo‘ladi. Shu sababli, mashinalarni ishlab chiqishda (loyihalashda) shovqin, titrash, yoritilganlik, havo muhiti va shu kabi omillami maxsus tadqiqot qilish va ularning miqdorlarini REM bo‘yicha o‘rnatish talab etiladi.
Мa’lumki, insonning kuch va energetik ko‘rsatkichlari ma’lum chegaraga egadir. Sensomotor qurilmalarini harakatga keltirish ko‘р yoki juda kam kuch talab etishi mumkin. Birinchi holda, inson tez charchashi va bu boshqariluvchi tizimda ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ikkinchi holatda esa, ishchi ish dastagi qarshiligini his qilmaganligi sababli ish aniqligi pasayishi mumkin.

Yüklə 29,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin