Mehnatni muhofaza qilishning zamonaviy texnika texnologiyalari



Yüklə 29,26 Kb.
səhifə3/4
tarix27.12.2023
ölçüsü29,26 Kb.
#199501
1   2   3   4
2-MEHNATNI MUHOFAZA QILISHNING ZAMONAVIY TEXNIKA TEXNOLOGIYALARI

Energetik muvofiqlik deganda, sarflanadigan kuch, quvvat, tezlik va harakat aniqligi nisbatida mashinaning
sensomotor qurilmalari bilan insonning optimal imkoniyat-larini mos kelishi tushuniladi.
Fazoviy-antropometrik muvofiqlik – faoliyat davrida, уa’ni ishni bajarish vaqtida, insonning gavda o‘lchamlarini, tashqi fazoviy imkoniyatlarini, ishchining ish holatidagi gavda joylashuvini hisobga olish demakdir. Bu masalani yechish ish joyi hajmini, ishchining faoliyat davridagi oxirgi ta’sir nuqtasini, boshqarish asboblaridan ishchigacha bo‘1gan masofani aniqlash orqali amalga oshiriladi. Ushbu masala yechimining murakkab tomoni insonning antropometrik ko‘rsatkichlarini turlichaligidadir. Masalan, o‘rtacha bo‘yli kishini qanoatlantirgan o‘tirgich past yoki baland bo‘yli kishilar uchun noqulaylik tug‘dirаdi. Xo‘sh, bunday holatda qanday ish tutmoq lozim? Albatta, bu savolga ergonomika javob beradi.
Texnik-estetik muvofiqlik – mashina va ish texnologiyasini texnik-estetik jihatdan ishchining talabini qanoatlantirishidir. Inson mashinada ish bajarganda yoki asbob va qurilmalardan foydalanganda o‘zida ijobiy hissiyotlar hosil qilishi, уa’ni har qanday mashinaning tashqi ko‘rinishi, shakli, qulayligi, rangi va boshqa ko‘rsatkichlari ham ish jarayoniga, ham ishchining hissiyotiga mos kelishi lozim. Bu masalani yechishda ergonomika konstruktorlar, dizaynerlar, rassomlardan foydalanadi.
Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida baxtsiz hodisa-larni (jaro- hatlanishlar, shikastlanishlar, kasallanishlar, yong‘inlar va b.) kamaytirish muammosini faqatgina muhandislik uslublari orqali hal etib bo‘1maydi. Shu sababli, mehnat xavfsizligi psixologiyasi faoliyat xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Tajribalarning ko‘rsatishicha ishlab chiqarishdagi avariyalar va jarohatlanishlarning ko‘pchiligi mashinalardagi muhandislik-konstruktorlik nuqsonlar yoki texnik-texnologik sabablar orqali emas, balki tashkiliy-psixologik, уa’ni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lmaslik, yetarli darajada o‘qitilmaslik, ishchining bilib-bilmay xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasligi, xavfli ishlarga maxsus o‘qishlardan o‘tmaganlarga ruxsat berish, ishga mutaxassislik bo‘yicha qabul qilmaslik va shu kabi qator sabablar ta’sirida yuz beradi. Shu sababli, ko‘pincha jarohatlanishlarning 60–70 foiziga bevosita jarohatlanuvchi-larning o‘zlari aybdor bo‘ladi.
15 Xavfsizlik psixologiyasi deganda insonning mehnat xavf- sizligini ta’minlashga qaratilgan psixologik bilimlardan foydalanish tushuniladi.
Xavfsizlik psixologiyasi mehnat faoliyati davomida yuz beradigan turli jarayonlarni, xususiyatlarni va holatlarni chuqur o‘rganadi hamda tahlil qiladi. Shunga bog‘liq holda, insonning ruhiy faoliyatini uch xil komponentga ajratish mumkin, уa’ni ruhiy jarayonlar, xususiyatlar va holatlar.

Yüklə 29,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin