SHOIRA ZULFIYAXONIMNING
DO‘RMONDAGI UY-MUZEYIDA
Ilhom malaklari darvozangizni
Keng ochdi va meni oldi qarshilab.
Siz paydo bo‘ldingiz go‘yoki birdan,
Duolar qildingiz boshimni silab.
Sergul hovlingizga kirganim zahot
Dimoqqa urildi bahor ifori.
Siz bosgan tuproqni ko‘ryapman nahot,
Hech armonsiz ketgum Namongon sari.
Hozir kuz bo‘lsa-da va lekin nogoh,
O, ayni bahorga xayol obqochdi:
Deraza oldida bir tup oq o‘rik,
Boshimdan yam-yashil she’rlarni sochdi.
Endi fursatlardan o‘zib ketgum bor,
Ketyapman. Tabarruk nomingiz yo‘qlab.
Bu hovlida mangu yashaydi bahor,
Qayta kelaverar sizni so‘roqlab.
Jasur ruhinigizdan topgan jurat-la,
Xat yozdim nomiga abadiyatning.
Ustoz, hatlab qutlug‘ ostonangizdan,
Eshigidan kirdim ADABIYOTning!
www.ziyouz.com kutubxonasi
31
Men yoshlikman
Dostları ilə paylaş: |