Mehrinoz abbosova men yoshlikman



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix02.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#44427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Mehrinoz Abbosova. Men yoshlikman

TUG‘ILGAN KUNIM

1

Mana bugun mening tug‘ilgan kunim,

Nega, nima uchun qutlaydi barcha.

Axir nima qildim, neni do‘ndirdim,

Tug‘ilganimdan to shu kunimgacha?

O‘tgan kunlarimni qilgancha tahrir,

Ko‘milib boraman tubsiz so‘roqqa.

Nega tushunmaysiz, odamlar, axir

Arzirli nimam bor tabriklamoqqa?

Hali uxloqligim, mudroqligimmi,

Ayting, qanday yaxshi jihatlarim bor?

Yoki o‘ta ketgan qo‘rqoqligimmi,

Siz jimsiz. So‘zimni qilmaysiz inkor.

www.ziyouz.com kutubxonasi




20

Mehrinoz Abbosova

2

Stolda turibdi haqiqat torti,

Biroq uning ta’mi biroz achchiqroq.

Picha adolatning ta’mini totib,

Bir bo‘lak vijdonga uzatdim barmoq.

Avjga chiqdi ziyofatning davomi...

Qadahlar qo‘shig‘i, shampanlar raqsi.

Evoh, xudbinlikning quyuq sharobi

Ko‘ylagimga sachrab ketmadi yaxshi.

3

Eshik taqillatdi Baxt, Quvonch, Shodlik,

Ochsam turar bari tutib quchoq gul.

Kirib keldi yangi hamrohim — YOSHLIK,

Ammo nimagadir ko‘nmasdi ko‘ngil.

Men yangi do‘stlarga qilib iltifot,

Bilmabman u meni o‘ksib kutganin.

Sezmabman, qadrdon bolaligimning

Qachon, qanday uydan chiqib ketganin.

Mana bugun mening tug‘ilgan kunim…

www.ziyouz.com kutubxonasi



21

Men yoshlikman

* * *


Uxloq hislarimni seldek gurlatgan,

Qoshida suyukman, qoshida suyuk.

Kamolim gullatgan, yo‘lim nurlatgan,

Ul BUYUK!

Yurakda yurtimni yashnatishdek ahd,

Meni bag‘ir ochib kutayotgan — Baxt.

Yonimdan sezdirmay o‘tayotgan vaqt

Yuguruk!


O‘ZI yuragimga naqshladi ishonch,

Endi tuyg‘ularim e mas yalong‘och,

Ko‘ksimda childirma chalyapti quvonch:

Duk-duk-duk...

www.ziyouz.com kutubxonasi



22

Mehrinoz Abbosova

* * *


Inson unutuvchi de makdir.

    

“Hadis”dan

Kulsam, yig‘lash tamom chiqadi yoddan,

Yig‘lasam, unutgum nogoh kulguni.

Borligin bildirib turadi, zotan,

Eslolmay qolishdan qo‘rqaman UNI.

Bilishni bilmayman, borlig‘im gumroh,

Dilim qachongacha o‘tar qutquda.

Toki insonlikdan charchadim evoh,

Tezroq shoir bo‘lgim kelyapti juda.

www.ziyouz.com kutubxonasi



23

Men yoshlikman

MAY

Ismin yozib yaproq bag‘riga,

Berkinvolib titroq bag‘riga,

Yomg‘irlardek tuproq bag‘riga

Botib ketayotir may.

Bahor yakun topganligini,

Ko‘klam eshik yopganligini,

Quyosh gulni o‘pganligini

Sotib ketayotir may.

Ortqilab yillarning g‘amini,

Oftobda kuydirib tanini,

Ayriliqning achchiq ta’mini

Totib ketayotir may.

Do‘l, yomg‘ir ham tinib bir pasda,

Bahoroyni yetaklab asta,

Iyunning qo‘liga guldasta

Tutib ketayotir may.

Tirnalgan ko‘ksimni tirnamay,

To‘lsang, to‘kilmasang bunda may,

Hozir yonginamdan indamay

O‘tib ketayotir may.

O‘tib ketayotir may…

www.ziyouz.com kutubxonasi



24

Mehrinoz Abbosova

IYUN

Baliq tilin tishlaydi har choq,

Hamisha osuda, sokindir ummon.

Menga hayqirishning cheklovlari yo‘q,

Axir men insonman, insonman, inson!

To qurib qolishga haqqim yo‘q zinhor!

Hatto jilovini olgum quyunning.

Bag‘riga daryoday to‘lib kirgum bor

Lablari quruqshab qolgan iyunning.

www.ziyouz.com kutubxonasi




25

Men yoshlikman


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin