35
Men yoshlikman
AVTOBUSDA
Yana ko‘zlarimga singib ketdi tun,
Umrim sahnasida yana oppoq rang.
Shoshilib kelmoqda yana yangi kun,
Yangi tong qo‘shig‘i bermoqda jarang.
Bir chekkada bekat. Moshin to‘la yo‘l.
Jilmaygan ko‘zlarim bitta nuqtada.
So‘lib bitay dedi sabr degan gul,
Axiyri avtobus kelib to‘xtadi.
Orzular eshigi bo‘lgan avtobus
Manzilga shoshadi men bilan birga.
Kecha-kunduz tinim bilmaydi hanuz,
Nuqul tovonini ishqalar yerga.
Ko‘zlarimga to‘lib ketmoqda hayrat
Avtobusdan boqib ketayotgan on.
Bugun boshqacharoq ko‘rindi hayot,
Bugun hamma menga tuyuldi shodon.
Daraxtlar tillorang ro‘molin o‘rab,
Kuzgi izg‘irindan qilmas diydiyo.
Avtobus oynasi ortidan qara-a-ab,
Ustidan kulganim sezmaydi dunyo.
www.ziyouz.com kutubxonasi