часть
1
«
Научный импульс
»
Февраль
, 202
3
945
Rasm asosidagi inshoning uch asosiy turi bor
1. Rasm rejasi yoki rasmli reja asosida yozilgan hikoya tarzidagi insho.
2.Syujetli−oʻquvchilarni oʻylashga, faraz qilishga undaydigan bir rasm asosida yozilgan
hikoya tarzidagi insho.
3. Rasmni tasvirlash (tasviriyinsho).
Oʻquvchilar avval rasmlar seriyasi asosida, keyin bir rasm asosida, undan so‘ng tasviriy
insho yozishga oʻrgatiladi.
Insho yozish darsida quyidagi qoidalarga rioya qilinadi:
1. Mavzuni, inshoning vazifasini e’lon qilish (yoki yodga tushirish), uni oʻquvchilar
bilan muhokama qilish.
2. Kuzatish davrida toʻplangan materialni tartibga solish yoki material yigʻish
(masalan, rasmga qarab insho yozish uchun rasmni koʻrish) maqsadida suhbat oʻtkazish.
3. Reja tuzish yoki avvaltuzilgan rejaga aniqlik kiritish.
4. Matnn inutqiy tayyorlash, ya’ni zarur soʻzlarni yozish, soʻz birikmasi, gap yoki
bogʻlanishli matnning ayrim qismini tuzish, imlosi qiyin soʻzlarning yozilishini tushuntirish
va boshqalar.
5.Darsning asosiy qismi boʻlgan inshoni yozish. Bu jarayonda oʻquvchilar inshoni
yozayotganlarida, oʻqituvchi ular ishini kuzatadi, ayrim oʻquvchilarga (boshqalarga xalaqit
bermay, ular e’tiborini chalgʻitmay) individual yordam beradi.
6. Oʻquvchilar yozgan insholarini tekshiradilar, kamchiliklarini toʻldirib, xatolarini
toʻgʻirlaydilar. O‘quvchilar inshoni oqqa koʻchirmaydilar, kerakli tuzatishlarni ehtiyotlik
bilan kiritadilar, bunday tuzatishlar uchun insho bahosi pasaytirilmaydi, aksincha, matnni
yaxshi toʻgʻirlagan oʻquvchi ragʻbatlantiriladi.
7. Oʻquvchilar inshoni oʻqituvchiga tekshirish uchun topshiradilar, oʻqituvchi ikki kun
ichida tekshiradi.
Masalan, rasmlar seriyasi asosida birinchi marta yozdiriladigan insho uchun quyidagi
vazifalar belgilab olinadi:
1.Oʻquvchilarni inshoning yangi turi boʻlgan rasmlar seriyasi asosidagi insho bilan
tanishtirish
2. Rasmli reja asosida matn rejasini tuzish.
3. Reja qismlariga mos ravishda matnni xat boshilarga boʻlish va har birini xat
boshidan yozish.
4. Insho matnini mustaqil tekshirish.
Oʻquvchilarning dunyoqarashi oʻsib borganisayin, inshoga talab ham orta boradi.
2-sinfda oʻquvchilar mazmunli rasmlarga qarab gaplar tuza olish, oʻqituvchi
rahbarligida bolalarning oʻyinlari, taassurotlari asosida hikoya (insho) tuzish koʻnikma va
malakasiga ega boʻlishlari, seriyali rasmlar va mazmunli bir rasm yuzasidan berilgan
savollarga toʻliq javob berishlari va ularni yozishlari talab etiladi.Oʻqituvchi har bir insho turi
uchun oʻquv vazifasini belgilab oladi. . Bu ish quyidagi izchillikda amalga oshiriladi: oʻquvchi
rasm yuzasidan ogʻzaki hikoya tuzishga oʻrganadilar, soʻngra fikrlarini yozma bayon qilishga