Men Ortiqov Akobir buxdu biologiya yo’nalishi 9-3 Bios-20 guruh talabasiman. Amaliyotim davomida turli xildagi ochiq maydonlar, dala hamda manzarali o’simliklar mavjud bo’lgan ziyorat va istirohat bo’g’larida bo’ldim


Karamdoshlar (Brassicaceae) oilasi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə3/5
tarix20.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#118357
1   2   3   4   5
Amaliyot hisobot

Karamdoshlar (Brassicaceae) oilasi. Bu oila qabiladagi eng yirik oila bo'lib, Yer yuzida 
keng tarqalgan 380 ta turkumga mansub 3200 tadan ziyod turlarni o'z ichiga oladi. Ular 
Yevrosiyoda keng tarqalgan bir, ikki va ko'p yillik o't, ayrim butacha va past bo'yli butalar
dan tashkil topgan. Barglari oddiy, yonbargchasiz, butun yoki qirqilgan, ketma-ket joylashgan. 
To'pguli siyrak shingilsimon. Gullari odatda to'g'ri (aktinomorf), ba'zan zigomorf, 2 jinsli va qo'sh 
gulqo'rg'onli. Gulkosachabarglari 4 ta, tutashmagan, gultojibarglari 4 ta, qarama- qarshi 
o'rnashgan. Changchisi ko'pincha 6 ta, bulardan 2 tasi qisqa, 4 tasi uzun chang iplariga ega. 
Urug'chisi bitta, 2 ta. Gul formulasi: Ca2+2 Co2+2 Aj+4 G(2). Asosan hasharotlar yordami
da, ba'zan o'z- o'zidan changlanadi. Tugunchasi ustki. Mevalari qo'zoq yoki qo'zoqcha, ba'zan 
yong'oqcha. Urug'i va birinchi yilgi tupi va ildizmevasidan ko'payadi. O'rta Osiyoda oilaning 107 
ta turkumga mansub 431 ta turi, O'zbekistonda 25 ta turkumga oid 193 ta turi o'sadi. Bular orasida 
madaniy o'simliklar sifatida ekiladigan bosh karam (Brassica oleracea), sholg'om (B. campcstris), 
turp (Raphanus sativus), rcdiska (R. Sativa var radicula), o'sma (Isatis tinctoria) kabilar bor. 
Oddiy jag‘-jag‘ jag‘-jag‘ turkumiga oid, bo‘yi 10-30 sm keladigan bir yillik o‘t. Ildiz bo‘g‘izida joylashgan barglari qisqa bandli, patsimon qirqilgan, poyadagilari esa bandsiz. Gullari poyada shingil to‘pgul hosil qiladi. Changchilari 6 ta. Urug‘chisi bitta. Oddiy jag‘-jag‘ mart oyidan boshlab mayning oxirigacha gullaydi va meva (qo‘zoqcha) hosil qiladi. 0 ‘zbekistonda jag‘-jag‘ turkumiga oid faqat bitta tur - oddiy jag‘-jag‘ o‘sadi. Oddiy jag‘-jag‘ tarkibida «C» va «K» darmondorilari, olma va limon kislotalari bor. Erta ko‘klamda to‘pbarglari ovqatga ishlatiladi. Jag‘-jag‘dan ko‘k chuchvara, ko‘k somsa tayyorlanadi. Uning yerustki qismidan tayyorlangan dorilar tabobatda qon ketishini to‘xtatishda ishlatiladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin