Menda bir tuyg‘u bor bo‘lmas aytmasam, Buni har yurtdoshim sezsa qaniydi… Dunyoda o‘zbekni bilmaganlar ham Islom Karimovni yaxshi taniydi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə6/10
tarix16.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#181880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Test

Variant 2
1. Ozbek tiliga Davlat tili maqomi qachon berilgan .
A) 1994- yil 24-avgust B)1999 yil 3-avgust C)1989 – yil 21- oktyabr D) 1993- yil 2-sentyabr
2. Qo`shib yoziladigan qo`shma so`z qaysi qatorda berilgan?
A)Hech qachon B) Har qanday C)Bir zumda D) Qo`zi qorin
3. Bog`lovchilar berilgan qatorni toping .
A) Hatto, faqatgina B) Uchun, bilan, biroq C) Aloqa, tarmoq D) Hamda, chunki, biroq
4. Yangi paydo bo`lgan so`zlar qaysi javobda berilgan?
A) Hozirgi yangilik B) Televizor, radio C) Internet, kollej D) Jadval, avtobus
5. Undalmalar gapning qayerida kelishi mumkin ?
A) boshida B) o`rtasida C) turli joyida D) oxirida
6. Eskirgan so`zlar qatorini belgilang .
A) ko`hna, eski B) paranji, qozi C) viloyat, jamoa D) omad, baxt
7. Burun undoshlari ishtirok etgan qatorni toping .
A) b, p, m B) v, f, k C) m, n, ng D) q, g, x
8. Nutq a`zolari berilgan qatorni toping .
A) Burun, o`pka, ko`z B) til, quloq, tish C) un paychalari, o`pka, bo`g`iz D) Yurak, lab, til
9. Qaysi qatordagi so`zlarda nuqtalar o`rniga a xarfi qo`yilishi lozim?
A) z…mon, h …mon B) h..li, h..zir C) k…mil, k…mol D) z…lim, q…drdon
10. O`zbek tilida nechta unli tovush va unli harf bor ?
A) 5 tovush, 5 harf B) 6 tovush, 10 harf C) 6 tovush, 6 harf D) 7 tovush, 6 harf
11. ,,Sayohatnoma” asarining muallifi kim?
A) H. Olimjon B) Muqumiy D) Mirtemir
12. O`. Hoshimovning ,,Dunyoning ishlari“ qissasi kimlarga bag`ishlangan?
A) Onasiga, onalarga B) Do`stlarga D)Otalarga
13. Bolalarga xos bo`lgan ermak Mirtemirning qaysi she`rida ifodalangan?
A) ,,Shudring“ B) ,,Bulut“ D) ,,Baliq ovi“
14. Adabiyotning asosiy quroli nima?
A) so`z B) xat D) harf
15. O`g`rigina bola nimadan qo`rqadi?
A) Uni tanib qolishlaridan B) Bu ishga qo`l urganidan D) oilasidan
16 . F`el-kesim berilgan qatorni toping.
A) Yaxshi niyat–yarim mol B) Jo`jani kuzda sanaydilar C) Jahl - dushman, aql - do`st
D) A va G qatorlarida
17. Qaysi qatordagi so`zlarning oxirida ikkita bir xil undosh tovush ishlatilishi lozim edi?
A) dos…, g`ish.. B) tanqi.., ma`lu… C) gram.., metal.. D) bolajon, makta…
18. Yozilishi va aytilishi bir xil, ma`nosi har xil bo`lgan so`zlarga qanday so`zlar deyiladi ?
A) shakldosh so`zlar B) ma`nodosh so`zlar C) zid ma`noli so`zlar D) paronimlar
19. Uchuvchi yozgan asarni belgilang.
A) ,,Mening o`g`rigina bolam“ B) ,,Bulbul“ C) ,,Kichkina shahzoda“ D) ,,Shudring“
20. ,,Mening o`g`rigina bolam“ hikoyasining muallifi kim?
A) Oybek B) O`. Hoshimo`v D) G`.G`ulom
21 . Sharq adabiyotida didaktik (tarbiyaviy) yo`nalishni kim boshlab bergan?
A) A. Navoiy B) Bobur C) Muqimiy D) Sa`diy Sheroziy
22. Quyidagi parcha Mirtemirning qaysi she`ridan olingan? Yog`ib o`tsang tizza bo`yi o`t bo`lur,
O`t bo`lur, ham sut bo`lur, ham qut bo`lur. A) ,,Baliq ovi“ B) ,,To`rg`ay“
C) ,,Bulut“ D) ,,Handalak“
23. Mirtemirning birinchi she`riy to`plami qanday nomlanadi?
A) ,,Tanburim ovozi“ B) ,,Ko`klam“ D) ,,Hayot varag`i“
24. Bobur nomi qanday ma`noni anglatadi?
A) Dovyurak B) Jasur C) Mard D) Sher
25. ,,Kichkina shahzoda“ asarining muallifi kim?
A) G`.G`ulom B) A. De-Sent Eksyuperi D) Oybek


1. “Bir kishi hamma uchun,hamma bir kishi uchun”. Aleksandr Dyumaning “Uch mushketyor” asari g‘oyasini ifodalovchi yuqoridagi misralar Asqad Muxtorning qaysi she’rida uchraydi?
A) “Hafta” B) “Chin yurakdan” C) “Uch qalb” D) “ Po‘latjon yuz tup ko‘chat ekmoqchi”
2. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping.
A) xushyor, saxiy, mahsulot B) harakat, mahsulot, xulosa
C) xozirjavob, hurmatli, sahiy D) xushyor, saxna, hukm
3. “Ochil dasturxon” qanday ertaklar turkumiga kiradi?
A) adabiy ertaklar B) sehrli ertaklar C) hayotiy – maishiy D) hayvonlar haqidagi ertaklar
4. Qaysi qatordagi ajratilgan so‘zlar o‘zaro shakldosh emas?
A) Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi. – Yaxshilarning etagini tut, adashmaysan.
B) Yoz o‘tmoqda soz. – Dutor – eng yaxshi soz.
C) Arg‘amchiga qil quvvat. – Nomusni yoshlikdan ehtiyot qil.
D) O‘t ishi qovurmoq. – Qalbida ishq o‘ti alangalandi.
5. Qaysi qatordagi gap tarkibida uchta qo‘shma so‘z mavjud?
A) Ochildimi boychechak, Endi har yon gul demak. B) Bu shaharning oti Ko‘kterak ekan.
C) Mehmondo‘st, mehnatsevar, sofdil yoshlar kelajak poydevoridir.
D)Maqsadimiz chuqur bilimli,yuksak ma’naviyatli,hozirjavob yoshlarni tarbiyalashdan iborat.
6. So‘roq olmoshlari bilan ifodalangan so‘roq gap qaysi qatorda berilgan?
A) Senchi, sen kelmaysanmi? B) Kelajakda kim bo‘lasiz? C) Shuni ham berasan-a?
D) Musobaqaga kelasizmi?
7. Berilgan maqollardan buyruq gapni aniqlang.
A) Bilim baxt keltirar. B)Er yigit – elda aziz
C) Bugungi ishni ertaga qo‘yma.
D) Til bilgan – el biladi.
8. Gapning mazmuniy markazini ifodalovchi bo‘lak qaysi?
A) Kesim. B) Ega. C) Aniqlovchi. D) Hol
9. “ Inson koinot gultoji”. Berilgan gapning kesimini toping.
A) Koinot. B) Inson. C) Koinot gultoji. D) Gultoji.
10. Berlgan so‘z birikmalaridan sifatlovchi-aniqlovchilarni toping.
A) Tez yurmoq, olmaning bargi. B) Shahar ko‘chalari, oydin kecha.
C) Chiroyli gul, katta ko‘cha. D) uzoq o‘lka yomg‘irli kun.
11. Talaffuzi bir-biriga juda yaqin so‘zlar nima deb ataladi?
A) shakldosh so‘zlar B) ma’nodosh so‘zlar C) zid ma’noli so‘zlar D) paronimlar
12. “O‘zbekiston” qasidasining hajmini aniqlang
A) har biri15 satrlik 12 band B) har biri10 satrlik14 band
C) har biri12 satrlik 12 band D) har biri 8 satrlik 12 band
13. Nodar Dumbadzening “Kukaracha” qissasi, “Oq bayroqlar”, “Abadiyat qonuni” romanlarini o‘zbek tiliga kim tarjima qilgan?
A) Shodmon Rizayev B) Rahmon Qo‘chqor C) Ibrohim Rahim D) Nizom Komil
14. Otlarning boshqa so‘ziarga tobe bog‘lanishi uchun xizmat qiladigan yordamchilar qanday so‘z turkumi hisoblanadi?
A) bog‘lovchi B) ko‘makchi C) yuklama D) undov va taqlid so‘zlar
15. Muqimiy ijodini jiddiy va samarali o‘rganish qachondan boshlandi va bu xayrli ishning boshida kim turgan edi?
A) 1940-yillarda; Oybek B) 1930-yilarda; G‘.G‘ulom
C) 1940-yillarda; H.Olimjon D) 1930-yillarda; H.Olimjon
16. Mos juftlikni aniqlang. 1.A.Navoiy 2.Ko‘pkari 3.Urush yillari
a) “Mening o‘g‘rigina bolam” b) “Astrobod” d) “Uloqda”
A) 1-A, 2-B, 3-D B) 1-B,2-A, 3-D C) 1-B, 2-D, 3-A D) 1-D, 2-A, 3-B
17. Otlarning boshqa so‘ziarga tobe bog‘lanishi uchun xizmat qiladigan yordamchilar qanday so‘z turkumi hisoblanadi?
A) bog‘lovchi B) ko‘makchi C) yuklama D) undov va taqlid so‘zlar
18. Qaysi qatordagi gapda sifatlovchi- aniqlovchi berilgan?
A) Dangasaning vaji ko‘p. B) Oq oltin hosili mo‘l bo‘ldi.
C) Anvarjon xorijga o‘qishga ketdi. D) Iste’dodli o‘quvchilar taqdirlandi.
19. Tinish belgilari to‘g‘ri qo‘yilgan gapni aniqlang?
A) Dunyoda mamlakat ko‘p, lekin ona yurt yagona. B) Dunyoda mamlakat ko‘p lekin, ona yurt yagona. C) Dunyoda mamlakat ko‘p, lekin, ona yurt yagona. D) Dunyoda mamlakat ko‘p lekin ona yurt yagona.
20. Buxoriy "Al jome’ as-sahih" asarida Alloh taolo nozil qilgan yo‘l-yo‘riqlarga muvofiq hukm qilmaydiganlarni kim deb aytgan?
A) mazlumlar B) zolimlar C) fosiqlar D) kofirlar
21. Tasviriy ifoda nima?
22. Imom Al – Buxoriyning bizgacha qancha asari yetib kelgan?
23. M.Osim tarjima qilgan “Hayot bo‘stoni” qissasi kimning qalamiga mansub?
24. “Sayohatnoma” janri nechta qismdan iborat?
25. Mashhur tarixiy shaxslar va voqealarni madh etuvchi tantanavor uslubdagi she’r qanday ataladi?
26. Ikki unli o‘rtasida talaffuzda y undoshi orttirib aytilsa-da, lekin bu yozuvda aks etmaydigan so‘zlarga 2 namuna yozing?
27. Sintaksis nimani o‘rgatadi?
28. Oybekning “Fanorchi ota” hikoyasida fanorchi otaga “kim endi sindirsa, shuni tutib beramiz” deydi?
29. Besh asirkim nazmiy saroyni, Titratadi zanjirband bir she’r. Ushbu satrlardagi noto‘g‘ri yozilgan so‘z yoki so‘zlarni aniqlang.
30. Buyruq kutib ularning yuz-ko‘zlariga termulib o‘tirishni odat qiling. Ushbu gapdagi juft so‘zga qanday qo‘shimchalar qo‘shilgan?




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin