Menejer: tipologiyasi va psixologik talablari Yetakchilik nazariyasi va turlari Vaziyatda yetakchilik modellari



Yüklə 132,5 Kb.
səhifə7/7
tarix18.04.2023
ölçüsü132,5 Kb.
#100190
1   2   3   4   5   6   7
Menejer tipologiyasi va psixologik talablari Yetakchilik nazari

Vaziyatda yetakchilik modellari

Yetakchilikning Tannenbaum-Shmidt yetakchilik modeli (xatti-harakati kontiliumi)da yetakchilikning uch faktori munosabati ta’sir kuchiga bog’liq ravishda yetakchi yetti xatti-harakat namunasidan birini tanlab oladi (yetakchining o’zi, uning izdoshlari va yuzaga kelgan sharoit).
Fidlerning sharoitiy yetakchilik modeli. Amerikalik olim, F.Fidler vaziyatdan kelib chiqqan holda yetakchilik qilish nazariyasining asoschisi hisoblanadi. U kamroq afzal ko’radigan ishchi xarakteristikasi shkalasini ishlab chiqdi. Uning modelida yetakchilik muayyan yetakchilik uslubi uchun ma’qul vaziyatlar: rahbar va jamoa a’zolari bilan munosabatlar; ishni muvofiqlashtirish darajasi; mansab vakolatlari (real hokimiyat, rag’batlantirish va jazolash imkoniyati) hisobga olinadi. Bu model bo’yicha ishi kamroq muvaffaqiyat keltiradigan shaxsni aniqlash mumkin.
Xauz va Mitchellning yetakchilik modeli. „Yo’l - maqsad” ham deb ataladigan bu usul asosiga xodimlar kuch-g’ayratlari va mehnat faoliyatlari natijalari kutishni asoslagan, shuningdek, bu natijalarga muvofiq rag’batlantirish o’zaro qat’iy bog’liq degan qoida qo’yilgan (izdoshlarda bo’lgan, yetakchilik samaraliligi darajasi bilan va kutishning asoslangan kuchi darajasi o’rtasida to’g’ri bog’lanish bor). Ana shu ta’minlangan holdagina xodimlar o’z ishlaridan qoniqish hosil qiladilar, degan xulosa chiqariladi.
Stinson-Djonson sharoitiy yetakchilik modeli. Uning mohiyati shundaki, ishga qiziqish darajasi izdoshlarning xarakteristikasi va ular bajarayotgan ishning o’zini xarakteriga bog’liq ravishda aniqlanishi kerak.
Vrum-Iston-Yago sharoitiy modeli. Uning o’ziga xosligi - qo’l ostidagilarning qarorlarini qabul qilishda ishtirok etishga jalb qilishga yo’naltirilganligidir. Yetakchilikni o’rganishning yangicha yondashuvlarini ishlab chiqishga ehtiyoj, yetakchilikni o’rganishga an’anaviy yondashish yetakchining belgilari va xatti-harakati yo u o’zi tanlagan usul sharoitiga zo’r bergani uchun kelib chiqqan edi.
Bundan tashqari oldingi konsepsiyalar yetakchilik va boshqaruv effektini osonlik bilan o’lchash mumkinligiga asoslangan edi, bu esa har doim mumkin emas. Yangi konsepsiyalar yetakchilikning bu ikki tarafini o’zida birlashtirishga harakat qiladi. Hukmdorlikka ehtiyoj ularni yetakchi bo’lishligini asoslab beradi. Yetakchilik qilish xohishi izdoshlarga o’tadi.


Takrorlash uchun savollar

  1. Etakchilik deganda nimani tushunasiz?

  2. Etakchilikning boshqaruvdan farqi nima?

  3. Etakchilik bo’yicha bir nechta ta’riflarni keltira olasizmi?

  4. Etakchilikning paydo bo’lish sabablari nimada?

  5. Etakchilikning salbiy tomonlari bormi?

  6. Hokimiyatning qaysi doiralarida yetakchilik qo’llaniladi?

  7. Menejer va yetakchining asosiy xususiyatlarini taqqoslay olasizmi?

  8. Etakchilikning 5 ta muhim sifatini bilasizmi?

Yüklə 132,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin