Menejment axborot tizimlari. Reja Menejmentda axborot tushunchasi



Yüklə 34,38 Kb.
səhifə4/6
tarix20.05.2022
ölçüsü34,38 Kb.
#58814
1   2   3   4   5   6
Menejment axborot tizimlari. Reja Menejmentda axborot tushunchas

Iqtisodiy axborot menejmentda asosiy rol o'ynaydi. Axborot tizimlari murakkab axborot tuzilmalari bo‘lib, u turli hujjatlarni, axborot oqimi, aloqa kanallari, texnik vositalar, avtomatlashtirilgan menejment tizimlarini o'z ichiga oladi. Rahbar qabul qilgan boshqaruv qarorlari va uning ma’nosi axborot xizmatlariga bog'liq.
Kommunikatsiya jarayoni - bu ikki va undan ortiq odamlar o'rtasidagi axborot almashish jarayonidir. Kompyuterlar nafaqat ishlab chiqarishni boshqarish uchun, balki iqtisodiyotning barcha jabhalariga kerak.
Nazorat savollari
1. Axborot nima va uning qanday turlari mavjud?
2. Qanday axborotlar ichki va tashqi axborot deyiladi?
3. Axborotlar bilan ishlashda qanday muammolami hal etish lozim?
4. Axborot tizimini loyihalashtirish jarayoni qanday vazifalarni amalga oshiradi?
5. Menejment texnikasi nima?
6. Menejment texnikasining qanday turlari mavjud?

Statistika axborot tizimlari.


Reja

  1. Davlat statistikasi va uning vazifalari

  2. Axborotlarni elektron usulda ishlab chiqish

  3. Axborot xizmati ko‘rsatish vazifalarini yechishni tashkil qilish

  4. Iqtisodiy tahlil vazifalarini yechishni tashkil qilish



Tayanch iboralar: statistikasi, teskari aloqa, turli-tumanligi, ommaviyligi, tarmoqlar statistikasi, Olimp dasturiy vositasi…


Iqtisodiyotni boshqarish tizimida davlat statistikasining vazifalari, ularning xizmatlari va tashkil qilinishi
Davlat statistikasi — mamlakat iqtisodiyotini boshqarish tizimidagi eng muhim bo‘g‘inlardan biri. U jamiyat hayotidagi ommaviy hodisalarni o‘rganish, ularning murakkab o‘zaro aloqalari va hamkorliklarini aniqlash, iqtisodiy faoliyat yuritish hamda rivojlanishga ilmiy asosda baho berishga qaratilgan.
Davlat statistikasining asosiy vazifalari quyidagilar:

  • iqtisodiyotning barcha sohalari va ularga tegishli korxonalarning faoliyati haqidagi statistik axborotlarni yig‘ish, ishlab chiqish va turli foydalanuvchilarga taqdim etish;

  • hozirgi zamonaviy bosqichda jamiyat ehtiyojlari hamda xalqaro andozalarga mos keluvchi ilmiy asoslangan statistik uslubiyotlarni ishlab chiqish;

  • barcha rasmiy statistik axborotlar to‘liqligi va ilmiy asoslanganligini kafolatlash;

  • iqtisodiyotni boshqarish idoralarining statistik faoliyatini muvofiqlashtirish va ular tomonidan sohaviy (muassasaviy) statistik kuzatishlarni o‘tkazishini ta’minlash;

  • barcha foydalanuvchilarga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holati, iqtisodiyotning sohalari va sektorlari haqidagi rasmiy ma’lumotlarni tarqatish yo‘li bilan ochiq statistik axborotlarga teng kirishni taqdim etish. Davlat statistikasi mamlakatda statistik axborot tizimini yaratish uchun baza bo‘lib xizmat qiladi. Davlat statistika idoralari o‘z faoliyatini O‘zbekistonda hisob va statistika tizimida iqtisodiy rivojlanishning davlat tomonidan boshqarilishiga rioya qilgan holda amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi boshqaruv idoralariga iqtisodiyot sohalari hamda ularga qarashli korxonalar va tashkilotlar faoliyati haqidagi barcha zarur statistik axborotlarni bergan holda, ularga nisbatan teskari aloqa vazifasini bajaradi.

Boshqaruv obyektlari deganda, tizimning me’yoriy faoliyat yuritishi uchun muntazam nazorat qilish va tartibga solishni talab qiladigan element tushuniladi. Iqtisodiyotning sohalari, ularning korxonalari va tashkilotlari boshqaruv obyektlari sanaladi.
Obyektlarni boshqarish uchun boshqaruvchi tizim (boshqarish subyekti) yaratiladi. Bu hol ularni o‘z vaqtida me’yoriy faoliyat yuritishga olib kelishni ta’minlaydi. Boshqaruv idoralari boshqarish obyektlariga davlat statistika idoralari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa (vazifalar) va teskari aloqa (hisobot) vositasida ta’sir qiladi.
Davlat statistika idoralari, davlat boshqaruvi idoralarini iqtisodiyot sohalarining faoliyati haqida xabardor qilib, boshqaruvchi axborot qabul qilingani va boshqaruv obyektlarining haqiqiy holatidan kelib chiqqan holda qayd etilgan, mo‘ljallangan harakatlarida aks ettiriluvchi muhim signal vazifalarini bajaradi.
Statistik axborot tizimi murakkab tizimlarning oldiga qo‘yiladigan quyidagi barcha talablariga javob beradi:

  • umumiy maqsadga erishish uchun tizim elementlarining muvofiq o‘zaro hamkorligi nuqtayi nazaridan birligi;

  • katta o‘lchamlilik;

  • holatning murakkabligi va boshqalar.

Davlat statistika idoralari o‘z ishini umumiy tamoyillar, davlat statistikasining yagona uslubiyati va ularni tashkil qilinishi asosida bajaradi. Ularning asosiy vazifasi — mamlakatda hisob va statistika ishiga markazlashtirilgan holda rahbarlik qilishdir. Davlat statistika idoralari mamlakatning barcha ma’muriy-hududiy tuzilmalarida mavjud. Bu idoralar minglab sanoat korxonalari, qurilish, qishloq xo‘jalik korxonalari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, o‘n minglab madaniy, maishiy va boshqa muassasa hamda tashkilotlardan kelib tushgan statistik axborotlarni yig‘adi va qayta ishlab chiqadi. Statistik axborotlar turli-tumanligi, ommaviyligi va kelib tushishining davriyligi bilan farqlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan obyektlardan kelib tushgan barcha statistik hisobotlarni ishlab chiqish yiliga bir necha milliard hisoblash operatsiyalarini bajarishni talab qiladi.
AEICHdan foydalanish, asosan, tizimli xarakterga ega, bu bir qator sabablar bilan belgilanadi:

Yüklə 34,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin