Menejment axborot tizimlari. Reja Menejmentda axborot tushunchas
Menejment texnikasi tushunchasi va tasnifi. Menejment texnikasi - bu aqliy mehnat texnikasi, menejment tizimida axborotni qayta ishlash texnikasidir. Texnika vositalari qanchalik takomillashgan bo'lsa, menejment texnologiyasi, menejment mehnatini tashkil etish va butun menejment jarayoni shunchalik samarali bo'ladi.
Hisoblarga asosan mamlakat iqtisodiyotini maqbul boshqarish uchun yil davomida 10 ta elementar arifmetik operatsiya bajarish zarur bo'lsa, boshqaruv apparati xodimlari 10 ta, ya’ni 10 ming marta kam operatsiya bajarish qobiliyatiga ega ekanlar. Bu muammoni muvaffaqiyatli hal etish uchun menejment mehnatini takomillashtirish, axborot to'plash hamda qayta ishlashni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarur.
Menejment texnikasini faqat hisoblash mashinalari bilangina bog'lash noto'g'ridir. Dastlabki texnika vositalari 100 yil burun paydo bo'lgan ruchka, chizg'ichdan tortib EHM va kompyutergacha bo'lgan texnika vositalarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: orgtexnika va hisoblash mashinalari.
Orgtexnika vositalariga juda turli-tuman uskuna va qurollar (oddiy qurol va vosita, axborot olish va qayta ishlash, ko'chirish, ko'paytirish, aloqa vositalari va axborot uzatish, xizmat ko'rsatish, xizmat xonalari uskunalari) kiradi. Menejment mehnati turli oddiy qurol va uskunalardan (qalam, ruchka, idora daftarlari, jadval, grafik va boshqalar) foydalanishga asoslanadi. Eng so'nggi avloddagi EHM va kompyuterlar oddiy texnika vositalari (qalam va chizg‘ich) o'rnini to‘liq bosa olmaydi. Qulay, oddiy, chidamli bu vositalar texnika vositalari singari juda muhimdir.
Oddiy qurol va uskunalarni axborotni qayta ishlash bosqichlari bo‘yicha guruhlarga ajratish mumkin. Bu, avvalo, yozuv vositalari (qalam, ruchka, mo'yqalam, trafaret), tasvir vositalari (grafik, diagramma, nazorat va nozirlik oynalari, marshrut sxemalari), hujjatlar saqlash vositalari (tokcha, konvert, kartoteka va h.k.), axborot qabul qilish va mustahkamlash vositalari (tarozi, soat, hisob mashinasi, o'lchov vositalari, ko'chiruvchi mashinalar), aloqa vositalari (telefon, AS, rahbar va dispetcher kommutatori, radio aloqa, radiofon, signal uskunalari, ovoz berish uskunalari), axborot uzatuvchilar (ovoz, nur, kartochka, oyna, metall), menejment mashinalarida qo'llaniladigan axborot uzatuvchilar (disklar, qog'oz).
Axborot - menejment uchun zaruriy xabar va m a’lumotlar majmuidir. Axborotsiz menejment bo'lmaydi. Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o'rtasidagi bog'Iiqlik shakllari ishlab chiqarish axborotlaridir.