2019 yil III- chorak bo’yicha kuzatuvda ishtirok etgan
yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarning
iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishi:
Hududlar kesimida jami kuzatuvda ishtirok etgan yangi tashkil etilgan
mikrofirma va kichik korxonalarning ulushi Andijon shahrida - 40 ta (33,3%), Asaka tumanida - 10 ta (8,3%), Izboskan tumanida - 8 ta (9,6%), Oltinko’l tumanida -4 ta (3,3%), Baliqchi tumanida - 4 ta (4,2%). Jalaquduq tumanida- 8 ta (6,7%), Marhamat tumanida - 9 ta (7,5%), Paxtaobod tumanida - 6 ta (5,0%), Andijon tumanida -4 ta (3,3%), Bo`z tumanida - 3 ta (2,5%), Xo`jabod tumani – 4 ta (3,3%), Shahrixon - 10 ta (8,3%) ni tashkil qildi.
Xulosa
Menejment keng qamrovli fan hisoblanadi. Agar biz har qanday sohaga etibor beradigan bo’lsak u sohani faoliyat olib borishi boshqaruvga asoslanganini ko’rishimiz mumkin. Menejmentni o’rganishdan asosiy maqsad – bu boshqaruv sanati haqida muayyan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishdir. Biz olgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash orqali biz boshqaruvni to’g’ri va ishonchli yo’lga qo’yamiz.
Bozor munosabatlarini shakllantirish bo'yicha iqtisodiy islohotlar ko'p
qirrali iqtisodiyot asoslarini barpo etishga qaratilgan bo'lib, bu jarayonning
muvafaqqiyatli amalga oshirilishi sanoat korxonalarini zamon talablari
darajasida rivojlantirib borishni bevosita o'z ichiga oladi. Chunki dunyo
tajribasida va O'zbekistonda orttirilgan tajribadan ko'rinib turibdiki, hozirgi
zamon iqtisodiy rivojlanishining muhim xususiyatlaridan biri ham mulkning
ommaviy tus olib borayotganligidir. Ma‘lumki, respublikamizda mulkdorlar
tarkibi va soni tubdan o'zgarib, mulkka xo'jayinlik hissining amaliy
mustahkamlanishiga erishmoqda. Korxonalar aksiyalari ochiq savdoga
chiqarilib, mulkdorlar sinfini ko'payishiga, kishilarning aksiyaga ega bo'lish
ishtiyoqining o'sishiga erishilmoqda. Samarali mehnat qilish, ijobiy natijalariga erishishdan ommaviy jonbozlikning ortishi va shu kabi boshqa muhim masalalarni hamda bu boradagi yechimi qiyin bo'lgan masalalar bosqichma bosqich hal etilmoqda. Bu hol boshqaruvning bozor iqtisodiyoti mohiyatiga monand ekanligini to'la-to'kis tasdiqlamoqda. Iqtisodiyotda mulkning bevosita o'z egasini topishi, kishilarning ham mulkdor, ham mehnatkash sifatidagi manfaatlarning uyg'unlashuvini ta‘minlashda rahbar mehnati va boshqaruv funksiyalarining tashkil etilishi muhim rol o'ynaydi.
Biz yuqorida takidlaganimizdek menejment tamoyillari va qonunlari uning
poydevorini tashkil etadi. Bu esa har bir boshqaruvchi menjmentning poydevori yani demokratiya, ierarxiya, yakkahokimlik, rejalashtirish, qayta aloqalar, ilmiylik kabi tamoyillarni bilishimiz va ularga asoslangan holda boshqaruvni tashkil etishimiz lozim. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida jahon bozorlarida ishlab chiqarish korxonalari o’z mavqeyini yo’qotmay kelishiga, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, mahsulotni jahon bozorlarida raqobatbardoshligini taminlash asosan boshqaruv yani menejmentga bog’liq bo’lib qoldi. Har qanday tizimlar o’ziga hos boshqarish usullari va qonun-qoidalari, tamoyillari asosida boshqariladi. Menejment esa ushbu jarayon yani boshqaruv jarayoni haqida turli hil nazariy bilimlar bilan ta'minlashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |