Menejment boshqarish shakli sifatida


Korxonalarni boshqarishda boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uslubiyoti



Yüklə 266,83 Kb.
səhifə3/13
tarix05.05.2023
ölçüsü266,83 Kb.
#108042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
MENEJMENT KORXONANI BOSHQARISH SANOATI SIFATIDA

2.Korxonalarni boshqarishda boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uslubiyoti.
Yirik korxonalarning rahbarlari malum bir vazifani bajarsalar-da, bu ular faqat bir ish bilan mashg’ul degani emas. Yirik korxonalarda rahbarlar ishi aniq belgilanibgana qolmay, balki boshqaruv vazifalarining hajmi taqsimlanishi ham kerak. Boshqaruv vazifalari taqsimlashining bir turi ufqiy tavsifga ega: alohida bo’limlarga muayyan rahbarlarni qo’yish (masalan, ko’pchilik korxonalarda rejalashtirish bo’limi, texnik bo’lim, marketing xizmati bo’limi boshliqlari, bosh mexanik mavjud). İshlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun mehnat ufqiy taqsimlangan korxona, o’z faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun ufqiy taqsimlangan boshqaruv vazifalari bir-biriga muvofiqlashtirilgan bo’lishi kerak. Bazi rahbarlarning vaqti o’zidan quyi rahbarlarning ishlarini muvofiqlashtirishga ketadi, ayni paytda bu rahbarlar o’zidan quyi rahbarlarning mehnatini muvofiqlashtiradi. Mehnatning bunday tik taqsimlanishi boshqaruv bosqichlarini anglatadi. Boshqaruvning nechta bosqichi borligidan qatiy nazar, rahbarlar ananaviy ravishda uchta toifaga - quyi bo’g’in, o’rta bo’g’in, yuqori bo’g’in rahbarlariga bo’linadi. T. Parson fikri bo’yicha, quyi bo’g’in rahbarlari (texnikaviy daraja) bevosita ishchilar va boshqa ishlovchilarga rahbarlik qiladi va asosan ishlab chiqarish jamoasi samarali ishlashini taminlash uchun zarur kundalik mehnat jarayonini amalga oshiradilar (bajarilayotgan vazifalar to’g’ri ekanligi haqida axborot bilan taminlash uchun ishlab chiqarish vazifalarining bajarilishini nazorat qiladilar, ularga bo’lib berilgan resurslar — xomashyo va uskunalardan to’g’ri foydalanish uchun javobgardirlar. Usta, navbatma-navbat, bo’lim boshlig’i, katta hamshira, kafedra mudiri quyi bo’g’in rahbarlari qatoriga kiradi. Quyi bo’g’in rahbarining mehnati ancha murakkab va turlituman. Unga tez-tez uzilishlar, bir vazifadan ikkinchisiga o’tish xos. O’rta bo’g’in rahbarlari (boshqaruv bosqichiga ko’ra quyi bo’g’in rahbarlarining faoliyatini uyg’unlashtiradi va nazorat qiladi). Keyingi davrlarda o’rta bo’g’in boshqaruvchilari soni va ahamiyati ortdi. O’rta bo’g’in raxbarlarining eng yorqin namoyondalari - bo’lim boshliqlari (biznesda), dekan, mintaqa bo’yicha savdo bo’limi boshqaruvchisi, shohobcha (tarmoq) direktori, tsex boshlig’i va h.k. Armiyada leytenantdan boshlab polkovnikkacha bo’lgan zobitlar o’z qismlarida o’rta bo’g’in rahbarlaridir. O’rta bo’g’in rahbarlarining faoliyati ham juda turli-tuman. Bazi tashkilotlarda o’rta bo’g’in rahbarlariga katta vakolatlar berilib, natijada ularning faoliyati muammolarni aniqlash, ijodiy tavsiyalar ishlash, boshqaruv qarorlari qabul qilish kabi vazifalarni hal etuvchi oliy bo’g’in rahbarlari faoliyatiga o’xshab ketadi. Masalan, sanoat korxonasidagi ishlab chiqarish bo’limi. Rahbar faoliyati quyi bo’g’in rahbarlarining faoliyatini uyg’unlashtirish va boshqarish, maxsulot ishlab chiqarish to’g’risidagi malumotlarni tahlil etish, muhandis va boshqa yangi mahsulot ishlab chiqaruvchi bo’linmalar rahbarlari bilan o’zaro aloqada bo’lishdan iboratdir. O’rta bo’g’in raxbarlari oliy va quyi bo’g’in rahbarlari o’rtasida vositachi sifatida amal qiladilar. Ular oliy bo’g’in rahbarlari boshqaruv qarorlari qabul qilishlari uchun axborot tayyorlaydilar. o’rta bo’g’in rahbarlari ish vaqtining katta qismi barcha bo’g’in rahbarlari bilan muloqotda bo’lishga sarflanadi. Yuqori bo’g’in rahbarlari — oliy tashkiliy (institutsional) daraja vakillari. Ular uncha ko’p emas, hatto yirik korxonalarda ham bir necha kishidan iborat bo’ladi. Yuqori bo’g’in rahbarlari bo’lib, biznesda-direktorlar kengashining raisi, korporatsiya prezidenti, vitse-prezident, armiyada - general, davlat arboblaridan — vazir, oliy o’quv yurtida — rektor. İnstitutsional darajadagi rahbarlar faoliyati asosan uzoq istiqbolga mo’ljallangan rejalarni ishlash, maqsadlarni belgilashdan iborat. Tashkilotni muhit o’zgarishga moslashtirish. Tashkilot va tashqi muxit, jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni boshqarishdan iboratdir. Ular tashkilot uchun muhim qarorlarni qabul qilishda masuldirlar. Yuqori bo’g’indagi kuchli rahbarlar butun tashkilot faoliyatiga tasir etadi. Muvaffaqiyatli faoliyat yurituvchi yuqori bo’g’in rahbarlari juda qadrlanadi va ular mehnatiga yuqori haq to’lanadi. Lekin ular lavozimning o’z qiyinchiliklari ham mavjud — yuqor bo’g’in rahbarlari kun davomida juda katta surat va hajmda ish bajaradilar, buning asosiy sababi - ular faoliyati aniq bir vaqt bilan chegaralanmaydi. Odatda bunday rahbarning ish haftasi 60-80 soatga teng bo’ladi.
Menejment jamiyat qonunlari tizimiga asoslanadi. Nazariy jixatdan tushunmay va asoslanmagan holda birorta yirik amaliy masala hal etilishi mumkin emas. Nazariya yangilanishning muhim usulidir. Fan esa voqelik xaqida obektiv bilimlarni o’rganish va tartibga solishga qaratilgandir. Bilimlarni tartibga solinishi qonunlarda ifodalanadi. Qonun - falsafa kategoriyasi bo’lib, borliq voqealarning barqaror, takrorlanuvchan aloqasi va munosabatini, hodisalar yuz berishining muayyan tartibda bo’lishiga olib keluvchi tomonlarini aks ettiradi. qonunlarni bilish rivojlanishning obektiv yo’nalishlarini aniqlash, amaliy vazifalarni hal etish imkonini beradi. Shu sababli iqtisodiyotni boshqarish qonunlarni bilish, ularni amalda mohirona qo’llay olishga asoslanishi kerak. Umumiy falsafiy qonunlar modda, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat, sabab, oqibat, shakl, mazmun kabi kategoriyalar vositasida ifodalanadi. İqtisodiy nazariya qonunlari iqtisodiy kategoriyalar vositasi (mulk, ishlab chiqarish, talab, taklif, taqsimt, ayirboshlash, qiymat, narx, foyda, tovar, pul, muvozanatlanish)dan foydalanadi. İqtisodiyotni boshqarishda qonunlardan qanchalik to’liq va izchil foydalanilsa, mehnat sarfi shunchalik samarali bo’ladi. Va, aksincha, boshqarish jarayonida iqtisodiy qonunlarki hisobga olmaslik jamiyat uchun kutilmagan, salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu sababli boshqaruv qonunlarini o’rganishda ularga faqat amal qilishni emas, balki boshqaruv jarayonida ongli ravishda qo’llanilishini ham ko’zda tutish lozim. Boshqaruv qonunlaridan ongli ravishda foydalanish ko’p jihatdan ularni o’rganish bilan bog’liq. Qonunlar qanchalik chuqur o’rganilsa, ulardan amalda to’g’ri foydalanish imkoniyatlari shunchalik ortadi.
Menejment boshqaruv tizimi amal qilishining uzluksiz jarayonini ifodalaydi. U mehnat jarayonining barcha xususiyaglariga ega. Umuman menejment jarayonini texnologiya (qanday amalga oshirilishi), tashkil etish (kim va qanday tartibda) nuqtai nazaridan tavsiflanadi. Boshqaruv jarayonining mazmuni uch jixatdan ajratilishi mumkin: texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy texnikaviy. Yani maxsulot ishlab chiqarish, metall yoki neftni olishni boshqarish; ishlab chiqarishda uni tashkil etish jarayoni, yani bo’linma, tsex, korxonalar o’zaro tasirini boshqarish, iqtisodiy jihatdan — ishlab chiqarish, ish kuchi va butun iqtisodiy munosabatlar tizimiga rahbarlik qilish, ijtimoiy jihatdan — bu mehnat jamoasi ijtimoiy extiyojlarini qondirish, insonni tarbiyalash. Boshqaruv jarayoni texnologiyasi boshqaruv xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiya va amallardan iboratdir. Shunday qilib, menejment jarayoni rahbar va boshqaruv apparatining qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun kishilarning birgaliqdagi faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maqsadli harakat qilishidir. Boshqaruv faoliyatini amalga oshirish tartibiga ko’ra uni quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin: maqsad, vaziyat, muammo, qaror qabul qilish. Har bir tasir etishni amalga oshirishdan avval uning maqsadi aniqlanishi lozim, chunki boshqaruv malum maqsadga erishish uchun amalga oshiriladi. Boshqaruvning keyingi bosqichi boshqaruv jarayonidagi vaziyatni tahlil etishdan iborat. U tizimning holatini baholash, uni yaxshilash yo’llarini izlash yoki undagi salbiy xislatlarni bartaraf qilish bilan bog’liq ishlarni tavsiflaydi. Muammo bosqichida tizimning hozirga holatining uning rivojlantirish maqsadiga nisbatan u qarama-qarshiliklarini aniqlash ko’zda tutiladi. qaror qabul qilish bosqichi rahbarning amalda tashkiliy faoliyatga o’tishini ifodlaydi, bunda qaror qabul qilish bilan boshqariladigan tizimga tasir o’tkazila boshlanadi. Boshqaruv jarayonini, quyidagi davrlarga bo’lish mumkin: maqsad qo’yish, axborot faoliyati, tahliliy faoliyat, boshqaruv tizimida tashkiliy amaliy faoliyat va harakatlar turlarini tanlash.

Boshqaruv jarayonining bosqichlari
Boshqaruv operatsiyalari — rahbar va boshqaruv apparatining oddiy harakatlari bo’lib, ular tartibi va birikishi natijasida boshqaruv jarayoni tashkil topadi. Masalan, tahliliy faoliyati uchun korxonaning yillik va oylik hisobotlarini olish, ular tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni boshqaruv jarayoniga tadbiq qilish lozim. Boshqaruv jarayonini amalga oshirish vositalariga avvalo, axborotni kiritish lozim. Boshqaruv operatsiyalarining katta qismi axborot bilan ishlashdan iboratdir. Boshqaruv apparati ishida keng qo’llanadigan texnikaviy vositalar ham shular jumlasiga kiradi. Bular axborot olish va qayta ishlash vositalari ananaviy orgtexnika vositalaridir. Boshqaruv operatsiyasini amalga oshirish usullari - axborot-tahlil va tashkiliy faoliyatdir. Axborot-tahlil faoliyati axborot yig’ish, saqlash, tarqatish va qayta ishlash; taxlil, hisob-kitob, qaror turlarini ishlashdan iborat; tashkiliy faoliyatga - tushuntirish, ishontirish, rag’batlantirish va vazifalarni taqsimlash usullari, faoliyatni nazorat qilish, majburlash va h.k.lar kiradi. Boshqarish uchun faqat nimani qanday qilishni hal etish emas, balki tashkil etish, qiziqtirish, ishontirish, tushuntirish, nazorat qilish ham zarur. Rahbarning tashkilotchilik faoliyati ayni shu operatsiyalar yig’indisitashkil etadi. Boshqaruv jarayonini tashkil etishda biznes-reja va taminot, moliyalashtirish va biznes-reja; narxni belgilash va kredit berish funktsiyalarini bog’lashni taminlash, boshqaruv tizimi ayrim unsurlari (maqsad-usul, maqsad-kadr, qaror-usul, usul-tarkib) muvofiqlashtirish, boshqaruv kadrlarini tayyorlash, fan-texnika yutuqlarini joriy etishni taminlash zarur. Korxonalarga erkinlik va mustaqillik berilishi bilan hal qilinishi lozim bo’lgan boshqaruv jarayonini tashkil etish bilan bog’liq muhim muammo rasman bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan boshqaruv tashkilotlari o’rtasidagi gorizontal aloqalarni amalga oshirish bo’lib qoldi (masalan, korxona va mahsulot istemolchilari, xomashyo bilan taminlovchilar va korxona o’rtasida va h.k.).
Boshqaruv usullari bu boshqaruv subektining boshqaruv obektiga maksadli yo’naltirilgan tasir o’tkazish usullari, yani boshqaruvchining o’zi boshqarayotgan ishlab chiqarish kollektiviga qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uning faoliyatini uyg’unlashtirishni taminlashdir. Boshqaruv usullari vositasida iktisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish qatnashchilariga moddiy, moliyaviy, energiya, mehnat resurslarini imkoni boricha kam sarf qilib yuqori natijalarga erishish maqsadida tasir etiladi. İshlab chiqarish samaradorligi ko’p jihatdan boshqaruv usullari mukammalligi va to’g’ri shakllanligi bilan uzviy bog’liqtsir. Boshqaruv usullari boshqaruv fanida muhim o’rinni egallab, boshqaruv konun va tamoyillari bilan uzviy bog’liqdir. Mehnat jamoasiga tasir etish usullari orasida boshqaruv mexanizmi uchun bozor iqgisodiyoti sharoitida boshqaruv obektiv qonunlari talablariga muvofiq keluvchilargina eng maqbul va maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, boshqaruv usullari bozor iqtisodiyotiga mansub qonunlar tizimi bilan uzviy bog’liqdir. Boshqaruv usullari tashqi va ichki omillar tasirida o’zgaradi. Tashqi omillarga: tashqi va ichki sharoit o’zgarishi, iqtisodiyotni boshqarishda tub islohotlarni amalga oshirish, xalq xo’jaligining texnikaviy taminlanganlik darajasini boshqarish tizimida o’zgarishlar (iqtisodiy islohotlar, iqtisodiyotni boshqarishning tarmoq tizimidan hududiy tizimiga o’tish va h.k.) kiradi. İchki omillar jumlasiga: yirik ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil etish asosida ishlab chiqarish uyg’unlashuvini amalga oshirish; korxona kattaligi o’zgarishi natijasida uning bir guruhtsan ikkinchisiga o’gkazilishi; ishlab chiqarish ixtisoslashish darajasi o’zgarishi; mehnatning texnika bilan taminlanish darajasi yaxshilanishi; ishlab chiqarishni rejalashtirish va jadal tartibga solishning mavjud usullarini takomillashtirish va yangilarini joriy qilish (tarmoqli rejalashtirish va boshqarish; ishlab chiqarishni uzluksiz tezkor rejalashtirish, ishlab chiqarishni boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimini qo’llash va h.k.) kiritish mumkin. Boshqaruv usullari bevosita ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga tasir etuvchi ishlab chiqarish usuli rivojlanishi va jamiyat ishlab chiqarish kuchlari o’sishi bilan o’zgarib boradi. İqtisodiyot muvaffaqiyatli rivojlanishida boshqaruv usullarini to’g’ri tanlash ham muhim ahamiyatga ega. Boshqaruv usullarini iqtisodiyotning malum aniq sohalarida amal qilishning turli yo’llari orasidagi umumiy hodisa sifatida ajratish mumkin. Masalan, boshqaruv darajalari bo’yicha boshqaruv usullari (davlat sektorini boshqarish usullari, tsex, korxona, birlashma, mintaqani boshqarish usullari), yoki tarmoqlarni boshqarish usullari (sanoat, transport, qishloq xo’jaligini boshqarish usullari) haqida so’z yuritish mumkin. Shuningdek, turli subektlar tomonidan qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin. Davlat boshqaruvi usullari jamoat tashkilotlarini boshqarish usullaridir. YOki iqtisodiyotning ayrim sohalarida qo’llaniladigan boshqaruv usullarini (ishlab chiqarishni, moliyaviy sohani, fan va maorifni boshqarish usullari)ni ham ko’zda tutish lozim. Boshqaruv tashkilotlari tizimi bilan turli-tumanligi bu tashkilotlar faoliyati usullarini ajratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bu erda so’z vazirliklar, assotsiatsiyalar, aktsiyadorlar jamiyati, davlat qo’mitalarini boshqarish usullari haqida so’z boradi. Nihoyat, turli turkumga kiruvchi ishlovchilar boshqaruv faoliyatida menejerlar, direktorlar, bo’limlarning boshliqlari tomonidan qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin. Demak, boshqaruv nazariyasi va amaliyotida turli boshqaruv usullari mavjuddir. Ular boshqaruv usullarining har bir guruhi o’z xususiyatlariga ega bo’lgan tizimni tashkil etgan. Xalq xo’jaligini boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi: iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, ruhiy va xuquqiy. Boshqaruvning bu usullari o’zaro uzviy bog’liqdir, shu sababli ularning birortasiga ortiqcha ahamiyat berilsa butun ishlab chiqarishning meyoriy borishi buzilishiga olib keladi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Boshqaruv uslubi - bu boshliq o'z bilimlari, qiziqishlari, maqsadlari asosida boshqaradigan boshqaruv usullari to'plami. Ushbu uslub shakllanish davrida, ya'ni tashkilotning, uning mehnat jamoasining shakllanishining dastlabki bosqichida, xodimlar maqsadlar va ularga erishish usullarini ko'rish qobiliyatiga ega bo'lmaganda ko'proq talabga ega. Avtoritar uslubning salbiy fazilatlari shundaki, u bo'ysunuvchilarning ijodiy tashabbusini kamaytirishga yordam beradi, ijtimoiy-psixologik iqlimni yomonlashtiradi va kadrlar almashinuviga olib keladi.
Boshqaruv tajribasida qaror qabul qilishda 2 asosiy yondashuv vujudga keldi: individual va guruxli. Individual yondashuvda qaror qabul qilishni markazlashganligi asosiy rol o‘ynaydi. Bunda tashkilotda asosan qarorlar yuqori bo‘g‘inda qabul qilinadi, qoida bo‘yicha bitta yoki bir nechamenejerlar ishtirok etadi. Ya’ni markazlashgan yondashuvdaasosiy urg‘u, qaror yuqori darajada qabul qilinishiga qaratiladi.Guruhli yondashuvda qaror qabul qilish uchun ixtiyoriy boshqaruv darajasidagi menejer xodimlarni jalb etadi. Bunday holatda yuqori boshqaruv darajasidagi menejer mazkur qarorni qabul qilishga javobgar. Bu yondashuv bosh menejerni kundalik kichkina muammolarni yechish bilan o‘ralashib qolishdan saqlaydi. Bu yondashuvning afzal taraflaridan biri, bu javobgarlik va vakolat quyi boshqaruv darajasidagi xodimlarga beriladi. Bu esa qaror qabul qilishdagi samaradorlikni oshiradi. Qaror qabul qilish jarayonini ko‘rib chiqishda 2 asosiy holatni inobatga olmoq darkor: 1) qaror qabul qilish qiyin emas, ammo yaxshi qaror qabul qilish qiyin; 2) qaror qabul qilish — bu ruhiy jarayon, chunki rahbar qaror qabul qilishda ishlatiladigan usullar beixtiyorlikdan to yuqori mantiqiylikgacha variatsiya qilinadi. Bu yerda shuni ta’kidlash mumkinki, qaror qabul qilish jarayonida intuitiv, ya’ni fikrlashga asoslangan hamda ratsional xarakterga egadir.

Yüklə 266,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin