Milliy innovatsion tizimlar va innovatsion sohaning davlat tomonidan tartibga solinishi Innovatsion faoliyat- bu yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar, texnologiyalar, xizmatlar turlarini yaratish va amaliy foydalanishga (iste'molchiga yetkazishga) qaratilgan faoliyat yoki iqtisodiy yoki boshqa samarani ta'minlaydigan ma'muriy, sanoat, tijorat yoki boshqa xarakterdagi tashkiliy qarorlar.
Milliy innovatsion tizimlar strukturasi va uning asosiy parametrlari. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning innovatsion tizimlarini tashkil etish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekiston Respublikasida innovatsion tizim. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning regulyatorlari tizimida innovatsion siyosat. Innovatsion sohada davlatning funksiyalari. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning bevosita va bilvosita usullari. Davlatning innovatsion siyosati. Ilm-fan va texnologiyalar sohasida davlatning ustuvor yo‘nalishlari. Ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasi siyosatining asoslari. Innovatsion rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi mintaqaviy loyihalar. O‘zbekiston Respublikasida yangi innovatsion mexanizm. Innovatsion dasturlar. Intellektual mulk va uning davlat tomonidan himoya qilinishi. Intellektual mulkni himoya qilishning asosiy turlari: patentlar, mualliflik huquqini beruvchi guvohnomalar va tovar belgilari. Innovatsion faoliyatning huquqiy tartibga solinishi va innovatsiyalarning himoya qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida innovatsiyalarni himoya qilish qonunchiligini rivojlantirish. Mintaqalarning innovatsion rivojlanish dasturlari bilan investitsion rivojlanish dasturlari o‘rtasidagi bog‘liqlik. Innovatsion tashkilotlarga davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar.
Tavakkalchilikni boshqarishni takomillashtirish Tavakkalchilik – kelgusidagi vaziyat noaniq bo‘lgan sharoitda pirovard natija yaxshi bo‘lishiga umid bog‘lab, mol-mulk yoki foydadan mahrum bo‘lish (to‘liq yoki qisman) xavfini o‘z bo‘yniga olib amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidir. Tavakkalchilikdagi xavf darajasini aniqlash, uning oldini olish yo‘llarini izlab topish va oqibatida yuz berishi mumkin bo‘lgan zararlarni pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga oid faoliyatni tavakkalchilikni boshqarish tizimi deb ataladi.
Tadbirkorning tavakkalchilikni boshqarish doirasidagi faoliyati o‘z subyektining daromadligiga tahdid soluvchi tavakkalchiliklarning ta’siridan himoya qilishga yo‘naltirilgan.
Tavakkalchilikni oo‘ilona boshqarish subyektning uzoq muddatli istio‘bolda muvaffao‘iyatga erishish imkoniyatini oshiradi, uning moliyaviy holatining yomonlashish xavfini bir muncha bo‘lsada kamaytiradi.
Tadbirkor uchun paydo bo‘ladigan tavakkalchilikni taxminiy bilish zarurdir, lekin buning o‘zi yetarli emas. Muhimi, tavakkalchilikning aniq turi korxona faoliyatiga o‘anday ta’sir ko‘rsatayotganligi va qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aniqlab, uni to‘g‘ri baholay bilish va shundan so‘ng subyektining iqtisodiy samaradorligiga ta’sirini hisoblab topishdir. Tavakalchilikni boshqarish bir-birini to‘ldirib boruvchi bir nechta bosqichlardan iborat bo‘ladi
Korxonada tavakkalchilikka ega loyihalarni boshqarish bo‘yicha ishlarni tashkil etish modeli. Tavakkalchilikni boshqarish jarayoni. Tavakkalchilikni boshqarish tizimini tashkil etish va rivojlantirish. Korxona yoki tashkilotda tavakkalchilikni boshqarish tizimining boshqa tizimlar bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash. Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan har qanday loyihalarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar omillarini kamaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimi. Turli tavakkalchilik omillarini aniqlash va baholash ko‘rsatkichlari. Korxonalarda tavakkalchilikni boshqarish tizimiga jalb etiladigan xodimlar bilan samarali ishlash usullari. Korxona darajasida boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni. Korxona darajasida boshqaruv qarorlarini qabul qilishda tavakkalchilikning o‘rni. Korxonada tavakkalchilikni boshqarish tizimchasining tuzilishi. Kutiladigan tavakkalchiliklarni aniqlashtirish. Tavakkalchilikni tahlil qilish va baholash.