Nazorat uchun savollar
Kompaniya rahbariyatining rivojlanishi yo’nalishlarini aniqlash bo’yicha vazifalari.
Missiya mazmuni va uning asosiy savollari.
Missiyani ifodalashga qanday talablar qo’yiladi?
Strategiyani ishlab chiqish bosqichlari nima?
Strategiya qanday darajalarda ishlab chiqiladi?
Strategiyani shalkllantiruvchi omillar.
Strategiyani ishlab chiqishga qanday yondoshuvlar bo’ladi?
3-MAVZU. TARMOQDAGI UMUMIY HOLAT VA UNDAGI RAQOBATNING TAHLILI
3.1. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat tahlilining mazmuni va usullari
3.2. Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar
3.3. Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi
3.4. Raqobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar
3.5. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jihatlari
3.6. Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari
3.7. Soha va raqobat tahlillarini umumlashtirish
3.8. Tajovo’zkor kompaniyalarni aniqlash. Raqiblarning maqsadlari va strategiyalarini turkumlash
3.9. Muvaffaqiyatning kalit omillari. Tarmoqdagi vaziyatni umumiy baholash
Tayanch iboralar:tarmoq, umumiy vaziyat, kompaniyaning kuchli va zaif jixatlari, raqobat, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, raqobat kuchlari, soha va raqobat tahlillari, raqiblarning maqsadlari va strategiyalari, muvaffaqiyatning kaliti, omillar, vaziyat, baholash
3.1. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat tahlilining mazmuni va usullari
Strategiyani ishlab chiqish tahlilga asoslangan ish bo’lib, tahlil 2 yo’nalishda olib boriladi15:
1-Tarmoqdagi vaziyat va undagi raqobatning shartlari.
2-Kompaniya ichidagi vaziyat, uning raqobatbardoshligi.
Tarmoqlar o’zining iqtisodiy ta’rifi, ulardagi raqobat va rivojlanish istiqbollari bo’yicha bir - biridan farq qiladi. Masalan: Ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlari yuqori va past bo’lishi mumkin.Xar bar tarmoq uchun zarur bo’lgan kapital qo’yilmalar xajmi xam xar xil bo’ladi. Bozorlar esa maxalliydan tortib dunyo bozorigacha farqlanadi. Raqobat kuchli yoki zaif bo’ladi. Talab xam o’sib boruvchi yoki kamayib boruvchi bo’ladi.
Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatni tahlil qilishda aloxida usullar qo’llanilib, bu usullar tarmoqda bo’layotgan o’zgarishlar va raqobat kurashini baholash imkonini beradi. Buning uchun quyidagi 7 ta savolga javob topish lozim:
Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar.
Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi.
Raqobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar.
Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jixatlari.
Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari.
Raqobat qaysi yo’nalishda borishini kim belgilaydi?
Foyda olish nuqtai nazaridan tarmoqning jozibadorligi
Vaziyat tahlilining maqsadi kompaniyaning ichki va tashqi muxitiga xos bo’lgan va kompaniyaning strategik yunalishi va imkoniyatlarini eng yorqin ifodalovchi jixatlarni aniqlashdan iboratdir. Bunda asosiy etibor strategiyaga oid bir qator muxim savollarga aniq javoblar topishga qaratiladi. Sungra bu savollar kompaniyadagi strategik vaziyatning aniq manzarasini shakllantirish va uning strategik xatti‑harakatlariga muqobil variantlarni belgilash uchun foydalaniladi.
Yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniyadagi strategik vaziyatni tahlil qilish usullari kelgusida ko’pincha diversiyalangan kompaniyaning strategiyasini tahlil qilishda ham foydalaniladi.
Yakka biznes bilan shug’gullanuvchi kompaniyadagi tashqi vaziyatni (makromuxitni) tahlil qilishda odatda soha va raqobat tahlillaridan foydalaniladi. Vaziyatni tahlil qilishda Korxonaning eng yaqin atrofi (mikromuxiti) o’rganiladi. 6-rasmda yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun strategik tahlilning strukturasi keltirilgan. Kompaniya strategik tahlilining mantiqiy yechimi strategiyani tanlashda muqobil variantlarga baho berishdir. SHunday qilib, ushbu tahlil strategik rejani shakllantirishning dastlabki nuqtasidir.
Dostları ilə paylaş: |