5.4.Vertikal integratsiya strategiyasi va raqobat ustunligi
5.5.Boshlovchilikning ustunliklari va kamchiliklari Tayanch iboralar: raqobatning 5 ta umumiy strategiyasi, raqobat ustunligi, hujumkorlik strategiyasi, mudofaa strategiyalari, vertikal integratsiya strategiya, Boshlovchilik, ustunliklar, kamchiliklar. 5.1. Strategik menejmentda raqobat strategiyasi Kompaniyaning raqobat strategiyasi - bu biznesga yondoshuv va mijozlarni jalb qilishga qaratilgan tashabbuslar, kompaniyaning bozordagi pozitsiyani mustaxkamlash uchun olib boradigan kurashidan iborat. Bozordagi raqobatni urushga o’xshatish mumkin. Bu urushda raqiblar yarador bo’lishi, zarar ko’rishi mumkin. Bunda faqat eng yaxshi strategiya galaba qozonadi. Kompaniyaning raqobat strategiyasi xujumkorlik va mudofaa xarakatlarini, qisqa muddatli taktik va o’zoq muddatli xarakatlarni o’z ichiga oladi.
Bozordagi raqobatchilar nechta bo’lsa raqobatchilik strategiyasining variantlari va ko’rinishlari shuncha bo’ladi. Biroq ularning turi qanchalik ko’p bo’lmasin, ularning o’xshashliklari topiladi. Strategiyaga yondoshishning keng tarqalgan 5 ta varianti mavjud bo’lib ular quyida keltirilgan33:
1. Xarajatlar bo’yicha ilgorlik strategiyasi. Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda tula xarajatlarini pasaytirishni ko’zda tutadi. Bu esa ko’p sonli xaridorni jalb qiladi.
2. Keng tabaqalashtirish strategiyasi. Kompaniya tovarlariga raqobatchi Korxonalar tovarlaridan fark qildiradigan o’ziga xos chizgilarni berishga karatilgan. Bu xam xaridorlarni jalb etishga yordam beradi.
3. Optimal xarajatlar strategiyasi. Xaridorlarga past xarajatlar va mahsulotni keng tabaqalashtirishni uygunlashtirish xisobiga kimmatli tovar olish imkoniyatini beradi. Asosiy vazifa uxshash tovarni ishlab chiqaruvchilarga nisbatan optimal xarajat va past baholarni ta’minlashdan iboratdir.
4. Fokuslangan strategiya. Bunda strategiya past xarajatlarga asoslangan bo’lib, xaridorlarning tor segmentiga yunaltiriladi. Bunda Korxona o’z raqobatchilaridan ancha past baholar xisobiga utib ketadi.
5. Ifodalangan strategiya yoki mahsulotni tabaqalashtirishga asoslangan bozor uyasi strategiyasi. Uning maqsadi - tanlangan segmentlar namoyondalarini ularning did va talablariga yanada tularok javob beradigan tovar va xizmatlar bilan ta’minlashdir.