O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-www.hozir.org
4.8. Muammolarni aniqlash va ifodalash. Muammolarni aniqlash uchun qo’yiladigan savollar. Kompaniya avvalgi strategiyasini amalga oshira oladimi? Kompaniyaning strategik istiqboli uchun kuchli jixatlar ayniqsa muximdir, chunki ular strategiyaning poydevorini tashkil qiladi, raqobatli ustunliklar ana shu jixatlar asosiga qurilishi lozim. Ayni paytda yaxshi strategiya zaif jixatlarni ko’rib chiqishni xam talab qiladi. Tashkiliy strategiya bajarish mumkin bo’lgan ishlarga yaxshi moslashgan bo’lishi lozim. Kompaniyaning o’ziga xos jixatlarini aniqlash aloxida axamiyat kasb etadi. Bu esa strategiyani shakllantirish uchun muximdir, chunki31:
- noyob imkoniyatlar Korxonaga bozordagi qulay vaziyatlardan foydalanish imkoniyatini beradi;
- bozorda raqobat ustunliklarini vujudga keltiradi;
- potentsial jixatdan strategiyaning asosini tashkil etishi mumkin.
Tarmoqdagi qulay imkoniyatlarni kompaniyaning qulay imkoniyatlaridan farqlash kerak. Tarmoqdagi ustivor va qayta paydo bo’layotgan qulay imkoniyatlar raqobat ustunligiga ega bo’lgan yoki o’sish uchun boshqa imkoniyatlari bo’lgan kompaniyalar uchun ayniqsa mos keladi.
SWOT-tahlil quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi:
- kompaniya o’z strategiyasida o’zining ichki kuchli tomonlaridan yoki ustunliklaridan foydalanadimi? Agar kompaniyaning xech qanday ajralib turuvchi ustunliklari bo’lmasa, uning qanday potentsial kuchli jixatlari ana shu ustunliklarga aylanishi mumkin?
- kompaniyaning zaif jixatlari uning raqobatdagi eng nozik tomonlarimi? Ular ma’lum bir qulay jixatlardan foydalanishga imkon bermaydimi? Strategik jixatdan kelib chiqqan xolda qaysi zaif jixatlarga to’zatish kiritish kerak?
- qanday qulay sharoitlar kompaniyaga muvaffaqiyat qozonishga imkoniyat yaratadi? SHuni qayd qilib utish lozimki, foydalanish usullari bo’lmagan qulay imkoniyatlar sarobdan boshqa narsa emas. Korxonaning kuchli va zaif tomonlari uning boshqa Korxonalarga qaraganda qulay imkoniyatlardan foydalanishga yaxshiroq yoki yomonroq darajada moslashishiga yordam beradi.
- menejerni qaysi taxdidlar ko’proq tashvishlantirishi kerak? U himoyani yaxshi tashkil qilish uchun qaysi strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim?