Menejment” kafedrasi n. Yo’ldoshev strategik menejment fani bo’yicha ma’ruzalar matni namangan


Strategik rejalashtirish va uning afzalliklari



Yüklə 220,83 Kb.
səhifə8/56
tarix14.12.2023
ölçüsü220,83 Kb.
#178202
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-www.hozir.org

1.5. Strategik rejalashtirish va uning afzalliklari
Strategik rejalashtirish bo’limining roli va vazifalari axborotlar tuplash va ularni ishlash, strategiyani xar yili qayta ko’rib chiqish tizimini yaratish va kelajakda uni boshqarishdan iborat bo’ladi. Direktorlar kengashi muxim strategik yunalishlarni ko’rib chiqadi va yuqori boshqaruv tizimi tavsiya etgan strategik rejalarni rasmiy jixatdan tasdiqlaydi. Mana shu marosim davomida kengash oxir-oqibatda qabo’l qilingan strategiya uchun javobgar bo’ladi.
Direktorlar kengashining vazifasi - bu barcha korxonalar yetarli darajada tahlil qilib va ko’rib chiqilganligiga xamda taklif etilgan strategik chora-tadbirlar mavjud variantlardan eng yaxshisi ekanligiga ishonch xosil qilishdan iboratdir.


Strategik rejalashtirishning afzalliklari5:
1.Ishni tashkil etishni strategiyaning «biz nima qilish uchun xarakat qilayapmiz va nimaga erishyapmiz?» degan asosiy aspektga yunaltirilganligini ta’minlash;
2.Vujudga kelayotgan o’zgarishlar, yangi imkoniyatlar va taxdid solayotgan tendentsiyalarga menejerlarning yanada aniq reaktsiya ko’rsatish zaruriyati;
3.Kapital quyilmalar va personal sonini kengaytirishning muqobil variantlarini baholash, ya’ni resurslarni strategik asoslangan va yuqori rentabelli loyixalarga oqilona yunaltirish imkoniyati;
4.Boshqarishning barcha darajalari raxbarlarini karorlarini birlashtirish imkoniyati;
5.Faol raxbarlikka yaxshi imkoniyatlar yaratadigan va o’zgarishlarga passiv reaktsiya ko’rsatish tendentsiyalariga karshilik qiladigan muxitni yaratish.

1.6. Kompaniyani boshqarishda direktorlar kengashining o’rni va vazifalari
Yuqorida ko’rib o’tilgan strategik boshqarish vazifalarining xar biri doimiy tahlil va qarorlar qabo’l qilishni talab etadi: ishni belgilangan yo’nalishda davom ettirish kerakmi yoki unga o’zgartirishlar kiritish kerakmi? CHunki strategik menejment doimiy xarakatdagi jarayondir.
  1. Bu besh vazifa bir‑biridan ajralgan xolda bo’lmay , ular o’zaro o’zviy boglangan. Masalan, kompaniyaning missiyalariga bogliq masalalar mauyyan maqsadlar bilan jips boglangan;


  2. bu besh vazifa aloxida xolda amalga oshirilmaydi;


  3. strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish ogir jarayon xisoblanadi va menejerlardan turli xil xarakatlarni talab qiladi;


  4. strategik menejmentga doimiy yetarli etibor berish strategiyani takomillashtirish zaruriyati va uni amalga oshirish usullarini yangilash strategiyaning sifati, samaradorligini oshirish uchun xar bir xodimdan talab qilinadi.




Strategik boshqaruvning asosiy bosqichlari6.
Strategik boshqaruvning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Biznes sohasini aniqlash va Korxonaning asosiy maqsadini ishlab chiqish.
2. Korxonaning asl maqsadini aloxida o’zoq muddatli va qisqa muddatli faoliyat maqsadlariga aylantirish.
3. Faoliyat maqsadlariga erishish strategiyasini belgilash.
4. Strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish
5. Faoliyatni baholash, vaziyatni ko’zatib borish va unga to’zatishlar kiritish.

Yüklə 220,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin