“Menejment” kafedrasi


Maqsadli boshqaruvni (MVO) baholash



Yüklə 354,61 Kb.
səhifə55/58
tarix26.10.2022
ölçüsü354,61 Kb.
#66338
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
“Menejment” kafedrasi-fayllar.org

Maqsadli boshqaruvni (MVO) baholash.

Sterling Mak Leod korporatsiyasining vitse-prezidenti maqsadli boshqaruvni samarali tizim sifatida baholaydi. U uchta omil ahamiyatini quyidagicha ta’riflaydi:

1. Savdo agentlari tomonidan belgilangan maqsadlar, raqamlar orqali ifodalanishi mumkin, bundan esa, uning maqsadiga erishgan yoki erishmaganini aniqlash oson kechadi.

2. Bu tizimda savdo agentlari o’zlariga yuqoridan berilgan majburiyatlarga qaraganda, og’irroq majburiyatlarni olishlari mumkin.

3. Maqsadli boshqaruv tizimi xizmatchilarning ishbilarmonlik tomonlarini o’sishiga imkon beradi, chunki unda yakka shaxs rejasi asosida majburiy punkt sifatida ishchilarning kasb malakasini oshirish maqsadi aks ettirilgan.

Qabul qilingan munosabat tizimi to’g’risida gapirilar ekan, u shuni ta’kidlaydiki, deyarli 75% xizmatchilar unga ongli ravishda munosabatda bo’lib, ulardan talab etiladigan yozma rejalarni rasmiylashtiradilar.


Tashkilotda maqsadli menejmentning samaradorligini aniqlovchi muhim omillardan biri, bu vitse-prezident fikri bo’yicha, sifatli ishlab chiqilgan mahsulotlarni taqdirlash va muvaffaqiyatlarini tan olish tizimi hisoblanadi. Turli shakldagi taqdirlashlar oddiy va ma’naviy turlari va saviyadorligi uchun ishlab chiqilgan. Ammo eng muhim paytda bu har bir odamning o’z saviyasi, imkoniyati qobiliyati bo’yicha ishlaydi va ishdagi muvaffaqiyati evaziga taqdirlanadi. Shunday qilib, har bir xizmatchi jamoaning umumiy maqsadiga o’z hissasini qo’shganini sezadi va xizmati bo’yicha kelajakda ishining samaradorligini ko’radi.


MVO to’rtta boshqaruv tizimida.

MVO 1-tizimda (ekspluatatsion avtoritar).
Ushbu tizimda menejment o’z qo’l ostidagilarga ishonmaydi, qqrqitish, ogohlantirish va jazolar ishlatadi, qarorlar esa faqat yuqori saviyada qabul qilinadi. Boshqaruv saviyalari uchun qarorlar chiqariladi va yuqoridan nazorat qilinib turiladi.
Bunday turdagi tashkilotlarda maqsadlar faqat rahbar tomonidan belgilanadi va avtokrat tavsifiga ega bo’lgan bo’ysunuvchilar o’z maqsadlarini o’zlari belgilash imkoniga ega bo’lmaydilar. Ular firmaning umumiy maqsadlarini yaratishda ham ishtirok etmaydilar. Qoidaga asosan, ular to’g’risida hech qanday ma’lumotlarga ega ham emaslar.

Rahbarlar tomonidan xizmatchilar uchun belgilanadigan yakka shaxs maqsadlari odatda ishlab chiqarish (boshqaruv) vazifalari bajarilishi bilan cheklanadi va shaxsning taraqqiyot toptirish maqsadini ham o’z ichiga oladi. Xizmatchilar MVO dan foyda ko’rmaganliklari sababli, kerakli bo’lgan rejalarni yozma ravishda tuzishga katta qarshilik ko’rsatadilar.




Yüklə 354,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin