“Mumtoz”chilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqtai nazaridan yondoshib, undagi umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarni aniqlashga urinishgan. Maqsad – boshqarishning unversal usullarini yaratish orqali muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi ikki jihatiga e’tiborni qaratishgan:
tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Ular tashkilotni bo’linmalar yoki ishchi gypyhlapga bo’lishni, moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muhim tomonlari deb hisoblashgan;
tashkilotning oqilona tarkibi va ishlovchilarning oqilona boshqarilishiga erishish shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik bo’lishini va ishchi faqat bitta boshliqdan topshiriq olishi va unga bo’ysunishi lozim degan g’oyani ilgari surishgan.