“Ilmiy” menejment maktabi XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Amerikada shakllana boshlagan. Bu maktab ibtidosida amerikalik muhandis va ixtirochi F.Teylor (1856-1915) turgan edi. Uning nazariyasi keyinchalik “Teylorizm” degan nom olgan. F.Teylor ta’limotining asosiy mazmuni - yollanma ishchilar mehnatining unumdorligini oshirishda g’oyatda samarador va maqbul usullarni izlash.