M enejm ent tarixi bo'yicha m a’lumotlar shuni tasdiqlaydi-ki, ilmiy tamoyillarni tashkilotning unumdorligini ko‘tarish uchun ishlatish imkoniyatlari konsepsiyasi m enejm ent ilm sifatida hali boshlang'ich holatdaligida paydo bo'lgan. Ilmiy usulning menej ment muammolariga muntazam ravishda qo'llanilishi ilmiy menej mentning asosi bo‘lgan. Ammo menejment tafakkuri maktabining kelib chiqish tarixi yaqin davrlarga taalluqlidir.
Menejment ilmi Ikkinchi jahon urushi davrida Angliyada olim-lar guruhi fuqarolar mudofaasi va o‘t ochish pozitsiyalari inshoot-larini optimal joylashtirish, kemaga qarshi bombalarni portlatish chuqurligini va transport karvonlarining konvoyini optimizatsiyalash kabi murakkab harbiy masalalarni yechish topshirig‘ini olganda paydo bo'lgan. 50-60-yillarda uslubiyot yangilanib, bir qator o'ziga xos usullarga aylanib, sanoatda muammolarni yechishda va har xil vaziyatlarda qaror qabul qilishda kengroq ishlatila boshlandi. Bu-gungi kunda menejment ilmining model va usullari quyidagi masala larni hal qilishda ishlatiladi: shaharlarda transport oqimlarini boshqarish va aeroportlarda harakat jadvalini optimizatsiyalashda, universitetlarda sinf va auditoriyalar ish jadvallarini tuzishda, su perm arket va univermaglarda g'am langan mollarni boshqarish-da, mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishda, turli xil m ahsulotlarning reklamasiga xarajatlarni taqsimlashda, moddiy ta ’minlashni rejalashtirishda, zavodda turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar va mehnat resurslarini taqsim lashda, mavsumga beysbol bo'yicha oliy liganing o'yin jadvalini tuzishda va h.k.
M enejm ent ilmining markaziy muammosi «tashkilot rahbar-larini tashkilotni bir butun holdagi jarayon sifatida uning manfaat-lari uchun tashkilot tarkibiy qismlarining o‘zaro munosabatlari bi-lan bog‘liq muammolarni hal qilishda ilmiy asos bilan ta ’minlashdan» iborat. Bu hamma tashkilotlar uchun muhimdir, lekin bu tamoyilni yirik tashkilotlarda qo'llash ixtisoslashtirishning yuqori darajasi tufayli qiyin bo‘lishi mumkin. Cherchmen, Akoff va Arnofflarning tasdiqlashicha: «Tashkilotda har bir funksional birlik (bo'linma, bo'lim yoki sektor) umumiy ishning bir qismini bajarishga majbur. Shu har bir qism tashkilotning umumiy maqsadlariga erishish uchun zarurdir. Biroq, m ehnatning bunday taqsimlanishining natijasi har bir funksional bo'linma o'ziga tegishli bo‘lgan maqsadlarni ishlab chiqishidan iborat. Masalan, ishlab chiqarish bo‘limi, odatda, ishlab chiqarish chiqimlarini kam aytirish va ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish bilan shug'ullanadi. M arketing bo'limi sotish hajmi birligi chiqimlarini minimumga keltirish va u hajmni maksimumga chiqarishga harakat qiladi. Moliya bo'limi tashkilotning sarmoya yo‘naltirish siyosatini optimizatsiya qilishga urinadi. Kadrlar bo'limi yaxshi ishchilarni kam xarajat qilish asosida yollash va ularni tash-kilotda ushlab qolishga bor kuchini sarflaydi. Bu maqsadlar har doim ham mohiyati bo'yicha bir-biri bilan kelishmasdan, ko'pincha bir-biriga zid bo'ladi».
Qaror qabul qilishni modellash va munosib usullar bo'yicha idora xizmatlari mutaxassislari maqsadlar farq qilishi munosabati bilan bog'liq bo'lgan murosalarni baholashga harakat qilib, qara-ma-qarshi maqsadlarning balansini ta ’minlab beradigan alternativ qarorlarni aniqlamoqdalar. M enejment ilmi nuqtai nazaridan yon-dashuvni tushunish sizga idora mutaxassislari bilan unumli muomala qilishga va tashkilot muammolarining unumli yechimini aniq ifoda qilishda ular bilan ishlashga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. G’ulomov S.S. Marketing asoslari. O’quv qqllanma./S.S.G’ulomov. – T.: ToshDAU, 2000.–326s.
2. Sharifxqjaev M, Abdullaev Yo. Menejment. Darslik./ M.Sharifxqjaev – T.: O’qituvchi. 2002.
3. Kosimov F.M. Menedjment: Oliy o’quv yurtlari uchun darslik./F.M.Kosimov. – T.: O’zbekiston,
2002.
4. G’ulomov S.S. Menejment: boshqaruv san’ati, nazariyasi va amaliyoti. O’quv qo’llanma./S.S.G’ulomov. – T.: ToshDAU, 2002.–318 s.
5. Kotler F. Marketing. Menedjment.11 izd. (Seriya “Teoriya i praktika menedjmenta”). Uchebnik./F.Kotler. – B.m.: SPB: Piter, 2004. – 800 s.
6. Sabirdjanova D.K. Uchebnoe posobie./D.K.Sabirdjanova. -T.: TFI, 2003. – 210 b.
7. Sabirdjanova D.K. Marketing. Uchebnoe posobie./ D.K.Sabirdjanova. -T.: TFI, 2004. – 186 b.
8. Marketing (O’quv qqllanma)/ Sh.To’laganova, U.Boymatova, B.Sulaymonov. - T.: TMI, 2004. – 154 s.
9. Menejment va marketing asoslari bo’yicha me’yoriy hujjatlar.
10. Fatxutdinov R.A. Innovatsionniy menedjment. Uchebnik 2-e izd./R.A. Fatxutdinov. – M.: Biznes-shkola, Intel-Sintez, 2000.