Korxonani boshqarishni 5ta tashkiliy strukturasi bor:
Chiziqli struktura
Chiziqli-shtabli struktura
Funksional struktura
Chiziqli-funksional struktura
Dasturli-maqsadli struktura
ishchi→brigadir→sex boshlig’i→rahbar
Chiziqli boshqaruv tizimini afzalliklari:
Tashkiliy tizimdagi bo’lim va bosqichlar soni kam bo’ladi;
Yakkaboshchilik prinsipida boshqariladi;
Nazorat qat’iy bo’ladi;
Shaxsiy javobgarlik hissi yuqori bo’ladi;
Bir-biriga zid topshiriqlar berilmaydi.
Salbiy tomonlari:
Bunday tizimda faqatgina barqaror masalalar hal etilishi mumkin;
Rahbarni tezkor masalalarni hal etish uchun imkoniyati chegaralangan bo’ladi;
Rasmiyatchilik nisbatan ko’proq bo’ladi.
Boshqarishning chiziqli-shtabli strukturasida ixtisoslashgan guruh rahbarga qaror qabul qilishda ko’maklashish uchun tashkil etiladi. Bu struktura murakkab muammolarni bartaraf etish uchun o’z dasturini ishlab chiqib, rahbarga tavsiya etadilar. Rahbar bu tavsiya asosida o’z qarorini qabul qiladi.
Bu strukturasining afzalligi: qabul qilingan qarorlar yuqori samara keltiradi. Kamchiligi: chiziqli boshqarishning yakkaboshchilik prinsipi buziladi.
Funksional strukturada boshqaruv apparati ixtisoslashgan funksional bo’limlardan tashkil topadi va har bir yo’nalishdagi qarorni mustaqil amalga oshiradi. Sof holatda funksional struktura uchramaydi.
Chiziqli-funksional strukturaning ijobiy tomonlari:
1) boshqaruv faoliyatining ixtisoslashuvi mutaxassislarni yuqori darajada malakali bo’lishini ta’minlaydi;
2) funksional rahbarlar boshqarish samaradorligini yuqoriroq bo’lishiga erishiladi;