Menejment va marketing


Auditorlik faoliyatini tashkil etishning maqsadi, iqtisodiyotni rivojlantirishda uning tutgan o’rni va ahamiyati



Yüklə 465,01 Kb.
səhifə7/13
tarix19.02.2023
ölçüsü465,01 Kb.
#84995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Auditorlik nazorati amalga oshirish mexanizmi

Auditorlik faoliyatini tashkil etishning maqsadi, iqtisodiyotni rivojlantirishda uning tutgan o’rni va ahamiyati


Bozor iqtisodiyoti talablaridagi infratuzilmalar faoliyati yo’lga qo’yilganligi xorijiy mamlakatlar sarmoyalarining kirib kelishiga zamin bo’lib ko’plab yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga va ish joylari tashkil etilishiga asos bo’lmoqda. Shu bilan birga, bu kapitalni O’zbekiston iqtisodiyotiga joylashtirmoqchi bo’layotgan xorijiy investorlar oldida ishonchli sherik tanlash va ularning moliyaviy holatini aniq baholash kabi jihatlari muammoli bo’lib turibdi.


Ma’lumki, har qanday voqea, hodisa, buyum qaysi zamonda va makonda paydo bo’lishidan qat’iy nazar ma’lum zaruriyat tufayli yuzaga keladi. Auditga oid manbalarda3 ta’kidlanishicha, uni quyidagi shart-sharoitlar keltirib chiqargan:

      • axborot etkazib beruvchilar (ma’muriyat) bilan axborotlardan foydalanuvchilar (davlat organlari, banklar, aktsiyadorlar, kreditorlar) manfaatlarining mos kelmasligi, natijada, ular o’rtasida ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelganida ma’muriyat tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar berilishi;

      • noto’g’ri axborotlarga asoslangan holda xo’jalik qarorlarining qabul qilinishi natijasida noqulay iqtisodiy ahvolga tushib qolinishi yoki inqirozga yuz tutilishi;

      • iqtisodiy axborotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun zarur maxsus bilimlarga ehtiyoj;

      • axborotlardan foydalanuvchilarda ma’lumotlarni bevosita baholash va sifatini aniqlash uchun maxsus malaka, vaqt va materiallarning etishmasligi kabi masalalardir.

Ushbu muammolarni hal qilishga yordam beradigan auditorlik xizmatlari shakllana boshlagan. Uning asosiy vazifasi axborotlardan foydalanuvchilarga taqdim qilinadigan hisobotlar to’g’risida xolis fikr-mulohazalar bildirishni taqozo etgan. Auditorlar etarli bilim va tajribaga, shuningdek, buxgalteriya hisobi hujjatlari va asoslovchi ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo’lganliklari uchun bu vazifani malakali darajada bajarganlar. Bundan tashqari, ular korxona ma’muriyatiga bo’ysunmaydigan va uning tazyiqlaridan holi faoliyat yuritganlar.
Rivojlangan mamlakatlarda mustaqil auditorlik tashqi moliyaviy nazoratning asosiy shakli bo’lib hisoblanadi va u keng profilli taftishchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Turli mamlakatlarda auditni tashkil qilish bilan bog’liq qoidalarni o’rganish shuni ko’rsatadiki, ularda bir-biriga o’xshashliklar mavjud( 1-chizma)











Korxonalar moliyaviy hisobotlarini majburiy audit nazoratidan o’tkazish;










Auditorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar uchun ma’lum malakaga ega bo’lishi bilan bog’liq talablar;










Auditorlikka faqat shu mamlakat fuqarolarini tayinlash;




Yüklə 465,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin