Menejment va marketing


Uchinchi bob bo’yicha xulosa



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/26
tarix22.05.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#119974
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish va uni boshqarishni rivojlantirish

Uchinchi bob bo’yicha xulosa 
 
Uchinchi bob bo’yicha xulosa qilib shuni aytish mumkinki, rivojlangan bozor 
iqtisodiyotiga ega mamlakatlar tajribasiga ko’ra, innovatsiya korxonalari uchun 
rеspublikada qabul qilingan xamda iqtisodiyotning ustuvor sohalarida amal 
qilayotgan barcha imtiyozlarni qo`llash maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, 
ilmiy izlanishlarni bajarayotgan innovatsiya korxonalari tadqiqot ishlari uchun 
ilmiy-tеxnik asbob-uskunalar sotib olgan yilning ozidayoq, 50 foizli amortizatsiya 
xuquqiga, qolgan asosiy mablaq`lar xisobidan esa jadallashgan amortizatsiya 
xuquqiga ega bo`lishlari lozim. 
Innovatsion tadbirkorlik faoliyati uchun kichik korxonalarda yaratilgan 
yangilikni tijorat maqsadida ishlata oladigan bilim va intuitsiyaga ega bo`lgan 
mutaxassis lozim. 
Bundan tashqari, mamlakatda innovatsion tadbirkorlik subyektlari faoliyatini 
kengaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni ko’rish zarur: 
– innovatsion klasterlarni rivojlantirish bo’yicha davlat maqsadli dasturlarini 
ishlab chiqish va amalga oshirish
– respublika va hududiy kichik biznesni rivojlantirish dasturlarini klaster 
loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari bilan uyg’unlashtirish; 
– innovatsion tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash institutlari faoliyatini barcha 
darajada tarmoqlararo va ijrochi organlar bilan kelishilgan holda amalga oshirishni 
ta’minlash. 
Shunday qilib, innovatsion tadbirkorlikni institutsional qo’llab-quvvatlash 
davlat tomonidan tartibga solish vositalari va barcha bozor mexanizmlaridan 
foydalanishga asoslangan chora-tadbirlar majmuasini o’zida aks ettirishi lozim. 
Xususan, innovatsion tadbirkorlik subyektlarini rag’batlantirishga yondashuv 
innovatsion tadbirkorlikning erishgan natijalari, ular faoliyatining tashqi yoki ichki 
bozorga yo’naltirilganligi, uning qaysi tarmoqqa mansubligi, miqdori va 
muddatlari bo’yicha tabaqalashgan bo’lishi zarur. 


59 
XULOSA 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, iqtisodiyotni modernizatsiyalash 
sharoitida innovatsion tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Aynan katta mablag‘ talab etmaydigan va resurslarning o‘sish 
tezligini kafolatlovchi innovatsion tadbirkorlik subyektlari, iqtisodiyotdagi qayta 
tuzilishlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni nisbatan tez va ortiqcha sarf-
harajatsiz yechishga, ichki bozorni moliyaviy resurslar chegaralangan sharoitda 
ham iste’mol mollari bilan to‘ldirishga, jamiyatda o‘rta sinf mulkdorlar qatlamini 
shakllanishiga, turli ijtimoiy guruhlar daromadlari nomutanosibligini silliqlab 
turuvchi iqtisodiy jihatdan faol bo‘lgan aholi ulushini o‘stirishga, nisbatan kam 
mablag‘ sarflab, yangi ish o‘rinlarini qisqa vaqt ichida yaratishga, innovatsion 
texnologiyalarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etishga, bozorda sog‘lom raqobat 
muhitini shakllantirishga, iqtisodiyotning turli sektorlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani 
mustahkamlashga, eng asosiysi esa mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sishida 
rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda ta’kidlash lozimki, kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari muhim va asosiy manbadir.
Bugungi kunda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishda qator muammolar 
yuzaga kelmoqda. Jumladan, huquqiy bazaning to’liq shakllanmaganligi, 
innovatsion tadbirkorga yetarlicha innovatsion muhitning yaratilmaganligi va 
ushbu sohada yetarlicha malakali kadrlarning yetishmasligi. 
Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida tarmog‘ida faoliyat yurituvchi 
innovatsion tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyalashtirishni tashkil etishning 
ilmiy asosi va mexanizmini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish zarurdir. 
Bunda moliyalashtirishning quyidagi manbalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga 
muvofiqdir: taqsimlanmagan foyda; ichki xo‘jalik zaxiralari; bank tizimning va 
kredit mablag‘lari ixtisoslashtirilgan bankka oid bo‘lmagan kredit-moliya 
institutlari; davlat tomonidan markazlashtiriluvchi, investitsiya maqsadlari asosida 
ajratiladigan mablag‘lar; xalqaro tashkilotlar va chet el investorlaridan kredit va 
zayomlar ko‘rinishida olingan mablag‘lar; qimmatli qog‘ozlar emissiyasidan 
olingan mablag‘lar.


60 
Amaldagi qonuniy - huquqiy vositalarni muvofiqlashtirib, davlat tarmog‘ida 
faoliyat yurituvchi kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari faoliyatini 
rivojlantirishda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish va soliq stavkalarini 
maqsadli pasaytirish orqali rag‘batlantirish mumkin. 
Bugungi kunda tarmoqdagi innovatsion korxonalari faoliyatini rivojlantirishda 
qo‘yidagi muammolar: innovatsion muhitni yaxshilash; eksport va import qilish 
jarayonini samarali tashkil etish; moliyalashtirish, soliqqa tortish mexanizmi; 
tayyor mahsulotlarni tashqi va ichki bozorlarga to‘liq realizatsiyasini amalga 
oshirish muammosi mavjudligi aniqlandi. 
Bitiruv malakaviy ishida olib borgan ilmiy tadqiqotlar natijasida quyidagi
amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. 
1. Innovatsion tadbirkorlini rivojlantirishda davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlanish, soliq bo‘yicha imtiyozlar berilishida yagona mezon sifatida olinishi 
munozaralidir. Kichik korxonalarni aniqlashda mezon sifatida ularda faoliyat 
yuritayotgan ishchilar sonidan kelib chiqish, O‘zbekiston uchun dolzarb 
masalalardan bo‘lgan aholi bandligi masalasini holisona hal etishga monelik qilishi 
mumkin. 
2. Mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan yangi tashkil etilgan 
mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini 
kechiktirish tarzidagi soliq imtiyozini haqiqatda korxona faoliyati uchun ijobiy 
ta’sir etishiga erishish maqsadida, kechiktirilgan soliq summasini kechiktirilgan 
oylarda korxona olgan daromadlari hajmiga mutanosib ravishda to‘lash 
mexanizmini joriy etish maqsadga muvofiqdir. 
3. Faoliyat yuritayotgan innovatsion tadbirkorlik subyektlari faoliyatini 
samarali tashkil etish maqsadida rivojlangan mamlakatlar tajribalarida keng 
foydalanib kelinayotgan autsorsing xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalarni 
tashkil etish lozim. 
4. Faoliyat yuritayotgan innovatsion tadbirkorlik subyektlari faoliyatini 
rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni obyektiv va subyektiv omillarga ajratgan 
holda tadqiq etish maqsadga muvofiqdir. 


61 
5. Innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish hamda korxonalarning aylanma 
mablag‘larini ko‘paytirish maqsadida, tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan kichik 
korxonalarni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish borish lozim.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarayotgan 
mahsulotlarini sotish tizimini takomillashtirish maqsadida har bir tuman yoki 
mintaqalar doirasida tarmog‘ida faoliyat qiluvchi kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik subyektlari hamkorligida marketing tadqiqotlarini amalga oshiruvchi 
va sotish bilan shug‘ullanuvchi kooperativ uyushmasi tashkil etish maqsadga 
muvofiq. Bunda maxsulot ishlab chiqaruvchilar hamda xaridorlar manfaatdor 
bo‘ladi. korxonalari ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishi uchun kafolatli bozorga 
ega bo‘lishadi shuningdek qayta ishlash korxonalari xomashyo etishmovchiligi 
muammosini hal etadi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin