47
«belgilangan xarajat yo’nalishlari va hajmlari bo’yicha mablag’larni taqsimlash»ni
ta’minlay olmasligi oqibatida tegishli funksiyasini bajara olmayotir.
Budjet xarajatlarini taxminlashtirish va ijro etish jarayonidagi «davlat
zaruriyati» tufayli respublika budjetidan mahalliy
budjetlar ixtiyoriga yoki
mahalliy budjetlardan respublika budjetiga o’tkaziladigan xarajatlar o’zaro hisob-
kitoblarga qo’yilmoqda.
Xozirgi vaqtda maxalliy xokimiyat organlarining ma’muriy xududlarni
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish yuzasidan huquq va
majburiyatlari tobora ortib
bormoqda. Bu esa ularning moliyaviy bazalarini yanada kengaytirish va
mustaxkamlashini ob’etkiv zururiyatiga aylantirib qo’yadi.
Ikkinchi bob bo`yicha qisqacha xulosa.
O’zbekistonda budjet tizimida taraqiyotining hozirgi bosqichida budjet va
ijtimoiy siyosatning manfaati birligini ta’minlash asosidagi o’ta ma’suliyatli
vazifalarni samarali
boshqarishni talab etadi, bu vazifaning 2 jihatini ajratish
muhim:
- birinchidan, davlat ijtimoiy siyosatning joylardagi ijobiy ijrosi yoki hududiy
iqtisodiyot muomalari keskinlashuvining oldini olish.
- ikkinchidan, mahalliy budjetlar huquq va majburiyatlarining kengayib
borishi sharoitida shunga mos tarzda ular imkoniyatlarini yaxshilash zarurligi. Bu
jihatlarning o’zaro bog’liqlikda olib borilishi sharoitida
shunga mos tarzda ular
imkoniyatlarini yaxshilash zarur.
- Respublika va mahalliy budjetlarning QQS, korxonalar foydasidan
olinadigan soliq, aksiz solig’i kabi asosiy soliqlardan tushumdagi ulushini qonuniy
belgilash lozim.
Mahalliy budjet daromad bazasini ko’paytirish
uchun soliq islohotlarini
yanada chuqurlashtirish lozim. Jumladan:
- Soliq qonunlarini yanada aniqlashtirish, soliq hujjatlarini soddalashtirish
maqsadida uni takomillashtirish.
- Soliqqa tortish bazasini kengaytirish(soliq stavkasini kamaytirish).
48
- Ayrim to’lovchilar bilan bo’ladigan soliq munosabatlarini neytrallash.
- Qonun hujjatlariga rioya qilishda
tezkor nazoratni belgilash, fuqarolar va
tashkilotlarni soliq to’lash bo’yicha ma’suliyatni oshirishdan iborat.
Birinchidan, O’zbekiston Respublikasida mahalliy soliqlarni huquqiy asosi
sifatida Soliq Kodeksiga qadar 1993 yil may oyida qabul qilingan «Mahalliy
soliqlar va yig’imlar» to’g’risidagi Qonun xizmat qilar edi.
Bu qonun Soliq
Kodeksi qabul qiligandan so’ng o’z kuchini yo’qotdi bu qonuning asosiy mazmuni
esa kodeksda o’z aksini topdi. Biroq, qayd etish zarurki, «Mahalliy soliqlar va
yig’imlar to’g’risida»gi Qonunda mahalliy soliqlar bo’yicha
mahalliy
hokimiyatlarni soliq va budjet huquqlari aniq yoritib berilgan edi, ammo, bu holat
Soliq Kodeksida to’liq aks ettirilmagan, ya’ni bunda mahalliy soliqlar va yig’imlar
bo’yicha faqat ularni turlarini ko’rsatish bilan cheklangan va mahalliy
hokimiyatlarning soliq huquqlari mavhum holda qolgan.
Dostları ilə paylaş: