45
reglamentlash va chegaralangan javobgarlikning yo’qligi yangi tashkil
qilinayotgan muassasalar budjeti manbasini aniqlashda anglashilmovchilikka olib
keladi, boshqaruv organlarining budjet mablag’ini ishlatishdagi mas’uliyatini
mavhumlashtirib, aholiga xizmat ko’rsatish sifatining pasayishiga olib keladi.
O`zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
I.A.Karimov
ta'kidlaganlaridek,
hayotimizni erkinlashtirish yo`nalishlarining yana bir muhim yo`li-markaziy va
yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi
tuzilmalariga, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlariga bosqichmabosqich
o`tkaza borishni ta'minlashdir. “Mamlakat budjeti daromad qismining 56 foizini va
xarajat qismining 52 foizini hududiy budjetlar tashkil etmoqda.
Agar barcha boshqaruv masalalari moliyaviy yo`l bilan hal etilishini nazarda
tutadigan bo`lsak, mana shu raqamlar hududiy hokimiyat tuzilmalari va kolatlarini
kengaytirish borasida qilingan ishlar salmog`ini yaqqol ko`rsatib turibdi”
9
.
Mahaliy budjetlar xarajatlarini rejalashtirishda O`zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi rejadagi daromadlaridan kelib chiqadi, hududlar esa o`z
xarajatlarini rejalashtirishda ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Budjet jarayonida
mahalliy budjetlarning eng maqbul xarajatlari rejasi aniqlanadi,
bu reja esa
budjetning daromadlar bazasidan kelib chiqadi. Ba`zi salbiy holatlarni bartaraf
etish maqsadida mahalliy budjetlar xarajatlari me`yor asosida amalga oshiriladi.
Hozirgi bosqichda mahalliy budjetlar xarajatlarini jon boshiga to`g`ri keldigan
me`yorlar asosida sohalar bo`yicha aniqlash, bunda
tuman koeffitsiyentlarini
hisobga olish eng oddiy va alternativ usulga aylandi.
Shuningdek, mahalliy hokimliklarning moliyaviy mustaqilligini kengaytirish
maqsadida “Budjet tizimi to'g`risida”gi qonunning 32-35 moddalariga muvofiq yil
boshida mahalliy budjet hisob raqamida shakllangan erkin qoldiq va choraklar
yakunida daromadlarning rejadan oshirib bajarilgan qismini turli ijtimoiy-iqtisodiy
tadbirlarga yo'naltirish huquqi belgilangan.
Bu esa hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun qilinayotgan
9
Karimov I.A. O`zbekistonda demokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik
jamiyati asoslarini
shakllantirishning asosiy yo`nalishlari. 2002 yil 30 avgust.
46
xarajatlarni imkon qadar mahalliy budjetlar orqali moliyalashtirish borasidagi
tadbirlari natijasidir.
Biz bilamizki, O`zbekistonning mustaqillik yillaridagi islohotlarining
dastlabki bosqichlarida, Respublika byudeti mahalliy budjetlaridan ustun mavqeda
turdi. Mahalliy budjetlar xarajatlarini baholashning
nisbatan asoslangan usuli
ovqatlanish uchun xarajatlarning tibbiy me’yorlarini, ta’lim sohasida uslubiy
materiallar va bitta o’qituvchiga to’g’ri keladigan o’quvchi soni me’yorlarini,
budjet tashkilotlari uchun kommunal xizmatlari xarajatlari bo’yicha limitlarni va
boshqalarni hisobga oluvchi yagona davlat me’yorlari asosida xarajatlarni
moliyalashtirish maydonga chiqadi.
Dostları ilə paylaş: